1. Mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishiga asoslangan moliya bozori
modellari
Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Direktiv
iqtisodiyot pul oqimlari va xalqaro kapitallar bozorlariga integratsiyalashuvi nuqtai
nazaridan yopiq hisoblanadi. Misol tariqasida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin.
Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirishga qaratilgan bo‗lib
quyidagilarni anglatadi: ―moliyaviy barqarorlashtirish‖, ―pul resurslarini
konvertatsiyalash‖, ―spekulyatsiyani yo‗q qilish‖, ―inqirozga yuz tutgan tarmoqlarni
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash‖, ―pul oqimlarini optimallashtirish‖, ―yagona
partiyaning hukmronligi va yo‗lboshchiligi‖. Bulardan asosiy maqsad – davlatga
tegishli ―bo‗yruqbozlik direktiv cho‗qqilarni‖ kuchaytirishdan iborat. Natijada,
markazlashgan iqtisodiyotda davlat mulki, markazlashgan tarzda ho‗jalik qarorlarini
qabul qilish, monobank tizimi hukmron bo‗ladi. Monobank tizimida barcha pul
resurslari va moliya-kredit munosabatlar davlatlash-tiriladi. Umuman olgan
markazlashgan direktiv iqtisodiyotda erkin ―moliya bozori‖ bo‗lmaydi, chunki uni
keragi bo‗lmaydi. Lekin shunga qaramasdan davlatning nobozor obligatsiyalari (uzoq
muddatli, belgilangan narxli, foizli, yutuqli) davlat harajatlari maqsadlarida
muomalaga chiqarilgani bilan, obligatsiyalar bozori to‗g‗risida gapirish mumkin
emas.
48
Iqtisodiy o‗sish pul mablag‗larini markazlashgan tarzda davlat manfaati uchun
qayta taqsimlash, budjet investitsiyalarini taqsimlash, rejali pul emissiyasi va
inflyatsiya evaziga belgilanadi. Barchasi davlatga tegishli bo‗lgan iqtisodiyot
subyektlarining ortiqcha pul mablag‗lari budjet harajatlarini qoplashga yo‗naltiriladi.
Fudamentalistik (diniy) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Bunday
iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisoblanadi (Shu tufayli u
haqda gap yuritamiz). Bu davlat Islom dini ideolo-giyasiga asoslangan
rivojlanishning alohida milliy yo‗liga qaratilgan bo‗lib, jahon bozori va industrial
mamlakatlardan ajralgan holda moliya bozori modelini shakllantirgan va rivojlantirib
kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi.
Bunday iqtisodiyotning moliya sohasida budjet va Markaziy bankning roli
gipertrofirlashgan, ustuvor tarmoqlarni dotatsion kreditlash va budjet tomonidan
moliyalashtirish hukmronlik qiladi, foiz stavklarini subsidiyalash, kredit resurslarini
markazlashgan tarzda taqsimlash, muammoli aktivlar va inflyatsiyani o‗sishi kabi
holatlar hukmronlik qiladi. Natijada moliya bozori bank kreditlari tomonidan ezilib
siqib chiqaril-gan, unda mayda chakana investorlar yo‗q. Umuman olganda moliya
bozori infratuzilmasi rivojlanmagan, hududiy sektorlarga bo‗lingan, kapitaliza-tsiya
darajasi past, risklar darajasi baland, moliya-bank tizimi past darajada rivojlangan.
Diniy e‘tiqod va yopiq iqtisod bo‗lganligi sababli obligatsiya, valyuta va derivativlar
bozorlari yo‗q. Aksiyalar bozorida asosan hukumat agenlari hisoblangan
institutsional investorlar yoki davlat banklari faoliyat yuritadi.
Liberal iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Ma‘lumki, liberal iqtisodiyot
ijtimoiy va iqtisodiy hayotga davlatning cheklangan aralashuvi, bozor munosabatlari
sohasini kengligi, davlat mulkini qisqarishi, bozorlarni raqobat uchun ochiqligi, bozor
faoliyatiga turli cheklashlarni kamligi, narx-navo va foiz stavkalari ustidan
administrativ nazoratni kuchsizligi, bojxona bojlarini pastligi, markazlashgan
dotatsiyalash sohasi va subsidiyalanadigan kreditlarni qisqarishi va h.k. bilan
xarakterlanadi. Liberal iqtisodiyot moliya bozorining turli model-larida mavjud
(anglo-saksonsk, germano-frantsuz, yapon, shved, fin, ispan va h.k.) bo‗lib, ularda
davlatning roli, mulkchilik tizimi tuzilmasi, real sektorni moliyalash-tirish va
49
hakazolar farqlanadi. Bunday sharoitlarda industrial mamlakat-larning moliya
bozorlari ochiqligi, yuqori darajada rivojlanganligi, globalligi bilan xarakterlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari esa rivojlanishning tez
sur‘atlariga erishgan bo‗lsalarda, rivojlangan mamlakatlarning bozorlariga ochiqligi
va globalligi bo‗yicha nisbatan pastroq pog‗onada turadilar. Bunga sabab,
rivojlanayotgan mamla-katlarning yuqorida ko‗rsatilgan rivojlanishi hususiyatlari va
sharoitlaridir.
Ko„pukladli iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Har qanday mamlakat
iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellarning elementlari (unsurlari) mavjud
bo‗lib, ular moliya bozorining roli va funksiyalarini ma‘lum darajada cheklashi yoki
kengaytirishi mumkin. Masala shundaki, qanday model qaysi mamlakatda ustuvorlik
qiladi.
Iqtisodiyotning
ko‗pukladliligi
ayniqsa
o‗tish iqtisodiyotiga mansub
mamlakatlarda (masalan, Markaziy va sharqiy Yevropa va MDH mamlakat-larida,
Mongoliya,
Xitoy
va
jumladan
O‗zbekistonda) namoyon bo‗lgan. Bu
mamlakatlarning iqtisodiyotlari va moliya bozorlari modellarini o‗tish davri
sharoitlarida bir hil bo‗lishi mumkin emasligi aniq. Iqtisodiy modellari eklektikdir.
Bunga sabab, ularda o‗tish davri bilan bog‗liq ko‗p muammolar hanuzgacha
mavjudligi. Masalan, mulkchilik tuzilmasini shakl-lanishi, siyosiy va ideologik
o‗zgarishlarni nihoyasiga etmaganligi, ichki bozorni ochilishida tashqi raqobatning
kuchliligi, bozorni yuqori volatil-ligi va h.k. Unda dominantlar kam namoyon
bo‗lgan, protektsionizm va davlatning roli kuchli, direktivlilikdan ochiq bozor
iqtisodiyotiga o‗tish jarayoni siklik (davriy) xarakterga ega. Bu jarayonda
fundamentalistik va shovinistik g‗oyalarga og‗ishlar, alohida milliy tus berilgan
rivojlanish yo‗lini targ‗ibot qilish, alohidalik kabi risklar va holatlar mavjud bo‗ladi.
Iqtisodiyotning ko‗pukladliligi moliya bozoriga keskish ta‘sir ko‗rsatadi.
Rivojlanayotgan va o„tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga hos moliya
bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari. Bunday modellarda asosan
ko‗pukladli iqtisodiyotga hos muammolar mavjud bo‗ladi. Iqtisod-chilar bu
muammolarni paydo bo‗lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan
50
iqtisodiy islohatlar natijalari va ularga ta‘sir etuvchi ko‗pgina omillar bilan
bog‗laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi – aksiyadorlik kapitalida mulkchilik
tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda aksiyalarning katta paketi
asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, affilior
shaxslari va administratsiyasida mujassamlashib qoladi. Natijada kompaniyaning
korporativ
boshqaruv
mexanizmi,
investitsion
va
emission
siyosatlari
samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko‗proq moliyalashtirishning qarz usulini
ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega bo‗ladi, aksiyalar bozori sust
rivojlanadi.
Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlining ko‗pchiligida moliya bozori
kontinental modelga moslashgan bo‗lib, ularda asosan banklar katta rol o‗ynaydi.
Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash
mavjud.
Moliya bozorining aralash modelini 55-dan ortiq mamlakatda kuzatish
mumkin: Isroil, Iordaniya, Xitoy, Koreya, Livan, Oman, Tayvan, Namibiya,
Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, PolSha, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya,
Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Boliviya, Kayman
Orollari, Urugvay, Chili, Ozerbayjon, Armaniston, Belarussiya, Ukraina,
Kazog‗iston, O‗zbekiston kabilar.
Xorijiy banklarning sho‗ba kompaniyalari ishtirok etuvchi aralash brokerlik
bozorlarga 12 mamlakatni kiritish mumkin: Xindiston, Pokiston, Tailand, Filippin,
JAR, Gretsiya, Ruminiya, Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Peru.
Xorijiy banklarning sho‗ba kompaniyalari ishtirok etmaydigan aralash
brokerlik bozorlarga 15 mamlakatni kiritish mumkin: Quvayt, Baxreyn, Malayziya,
Mongoliya, shri-Lanka, Botsvana, Gana, Kipr, Makedoniya, Bermud Orollari,
Kolumbiya, Salvador, Ekvador, Yamayka.
Dostları ilə paylaş: |