52
esa Islom dini tomonidan ma‘qullanadi va moliyalashtirishning ―Islom‖ shakli
deyiladi.
Moliya bozorini islomiylashtirish
uni soddalashuviga, banklarning rolini
oshishiga, yirik oilaviy investorlarni ko‗payishiga, depressiv holatga tushishiga, ko‗p
sonli chakana va yirik xorijiy investorlarning, derivativlar va foizli obligatsiyalar
segmentlarini yo‗qligiga olib keldi.
Yapon traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Ushbu traditsiya
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
- insonlarni pog‗onalilikka intilishi, o‗zidan yuqori pog‗onada turgan shaxsga
sodiqlik (davlat tuzilmasi yoki biznesda);
- bir kompaniyada o‗tiroqlik (butun hayot mobayniga yollanish tizimi);
- vasiylikka
muhtojlik;
- personal manfaatlarini aksiyadorlarnikidan yuqori qo‗yish («korporatsiya-
oila», sezilarli oshib boruvchi mehnat haqi va ijtimoiy to‗lovlar tamoyili asosida);
- yaqqol kollektivizm, jamiyatga o‗ta tobelik, o‗zini moddiy cheklash («halol
kambag‗allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani dunyodagi alohida missiyasini
oshirish;
- anglo-sakson traditsiyasidan farqli, aholining yuqori darajadagi jamg‗arma
normasi.
Moliya bozorining Yaponmodelini AQSh modelidan keyingi o‗ringa qo‗yish
mumkin.Ularning ikkalasi islomiy moliya bozorlaridan ustun.
Germaniya traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli.
Diniy
e‘tiqodlarning farqliligiga qaramasdan, Germaniya va Yaponiya modellarining
o‗xshash taraflari mavjud. Sabab, bu mamlakatlarda aholining iqtisodiy qarashlari
ko‗p jihatdan mos kelishidir. Germaniya halqi boshqalardan
farqli bir muncha
hususiyatlarga ega bo‗lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- praktisizm, ierarxiklik, o‗ta mehnatkashlik,
ijtimoiy himoyaga, risksizlilikka
va jamg‗armaga moyillik. Anglo-sakson modelida esa mobillikka, ixtirochilikka,
risklilikka, opportunizmga, agressivlikka, o‗zgarishlarga moyillik ko‗proq seziladi;
53
- kompaniya rahbariyati tomonidan personal manfaatlarini aksiyadorlarnikidan
yuqori qo‗yilishi, kompaniya menejmenti niaksiyalar kursini va ular bo‗yicha yuqori
dividendlar to‗lovlarini oshirishga yo‗nalganligi. Bunda
korporativ boshqaruvning
germancha modelida ko‗proq kompaniyaning manfaatlari aksiyadorlarga xizmat
ko‗rsatishdan ustun qo‗yilgan. Korporativ boshqaruvning anglo-sakson modelida esa
korporatsiya va aksiyador tushunchalari, ularning manfaatlari va huquqlari bir biriga
tenglashtirilgan.
Germaniya
modelida
aksiyalar
bozori
ustun
emas,
ko‗proq
qarz
munosabatlarini mujassamlashtiruvchi belgilangan foizli qog‗ozlar va sug‗urta
polislari aholini qiziqtiradi. Germaniya moliya bozorida banklarning o‗rni traditsion
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: