45
bo‗lmagan fond boyligining mavjud-ligi yagona cheklov bo‗lishi mumkin, chunki
faqat birgina fond boyligini mavjudligi holati salbiy (ma‘noga ega emas) hisoblanadi.
Agar indeksni hisoblashning ham ―vaznlashtirish‖ va ham ―dinamika‖
metodikalarini turli usullarga asoslanishi
mumkinligidan kelib chiqilsa, unda
indekslarning soniga cheklovlar yo‗qligi ma‘lum bo‗ladi.
Nechta indeks bo‗lishi kerak degan savol ham soddadir. Chunki hozirda
indekslardan iqtisodiyotda keng foydalanilib kelinishi
obyektiv zarurat va barcha
istemolchilariga ahamiyatli ekanki u doimo kerak bo‗ladi va yashaydi.
Muhimi indeks qanday bo‗lishi lozim? Kim undan norozi bo‗lsa, yoki
qoniqmasa yangisini tanlashga imkoniyati bo‗lishi lozim. Yoki indeksning qaysi
birini tahlil qilish uchun tanlash lozim? Agar yuqorida keltirilgan
fond indekslariga
murojat etilsa, unda bir xil bozorlar holatini aks etuvchi va o‗hShash metodikalarga
asoslangan juda ko‗p indekslarni ko‗rish mumkun.
Korelyatsiyasi birga teng indekslar guruhidan
fakat bittasi muhimdir,
qolganlari ma‘lumot olish nuqtai nazardan ahamiyatga ega emas, ular yo‗q bo‗lib
ketishi mumkun degan farazlar vujudga kelishi mumkin.
Bunda hato qilmaslik va taxlildan muxum bo‗lgan
indikatorni nazardan
qoldirmaslik muhum ahamiyatga ega. Masalan, vaqtning ma‘lum davrlarida Rossiya
fond bozori indekslari NASDAQ indeksi bilan korrelyatsiyalanishi (unga mos
kelishi) holatlari ham bo‗lib turadi. Ammo buning munosabiti bilan RTS indeksidan
voz kyechish lozim degan ma‘no kelib chiqmaydi. shuning uchun indeksni aniq
tanlash uchun uzoq vaqt mobaynidagi davrlarni (muddatlarni) taxlil qilish zarur.
Aytish joizki, ba‘zi indekslar ma‘lum vaqtlarda iste‘molchilar tomonidan talab
qilinadi yoki vaqtinchalik talab qilinmaydi. Bunday
talab fond bozorining qaysi
jihatlarini aks etuvchi indikatorlarga ma‘lum vaqtda iste‘molchilar tomonidan
qiziqish bor yoki yo‗qligiga bog‗liq. Lekin o‗ta rivojlangan
fond bozorlarida barcha
indekslarga hamisha talab mavjud, shuning uchun ham indekslarning turlari va soni
haddan tashqari ko‗p. Bunday holat xar bir iste‘molchiga o‗zining
talabi va
maqsadlariga javob beruvchi indekslarni erkin ravishda topishi va foydalanishi
imkoniyatini beradi.