39
muhim komponentasi hisoblanadi. Ushbu risklarni
va yuqorida aytilgan
ko‗rsatkichlarni hamda ularning xavfsizlik chegaraviy (kritik) qiymatlarini baholash
ekonometrik usullar va finansometrika
9
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda
ko‗p jihatdan iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik indikatorlari tizimi va ularning kritik
qiymatlari (miqdorlari) nazarda tutiladi. Ularning bunday qiymatlarini o‗z vaqtida,
oldindan va to‗g‗ri miqdoriy baholay olmaslik ishlab chiqarish va takroran ishlab
chiqarish jarayonlariga moliya bozori orqali salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi
hodisalarni
keltirib chiqarishi mumkin. shuning uchun moliya tizimi va bozorining xavfsizlik,
barqarorlik, raqobatbardoshlilik, risklilik va jalbdorlilik indikatorlarini bilish va
ularni baholash har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega.
Makroiqtisodiy va makromoliviy (jumladan, finansometrik)
indikatorlar
yordamida yuqorida sanab o‗tilgan sifat ko‗rsatkichlarini miqdoriy baholash, ular
yordamida ifodalanuvchi moliya bozoriga hos jarayonlarni tadqiq qilish, undagi
tendensiyalar
dinamikasini tahlil qilish, bozor monitoringini o‗tkazish va undagi
ijobiy va salbiy hodisalarni prognoz qilish, bularning natijalari asosida paydo bo‗lishi
mumkin bo‗lgan xavflar va disproportsiyalar manbalarini (sabablarini) aniqlash va
o‗z vaqtida ularning iqtisodiyotga va moliya tizimiga salbiy ta‘sirini oldini olish yoki
darajasini oldindan pasaytirish bo‗yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish mumkin.
Moliya tizimi va bozorining xavfsizlik, raqobatbardoshlilik, barqa-rorlilik va
jalbdorlilik darajalarini bevosita va bilvosita miqdoriy
ifodalovchi indikatorlarni
quyidagi besh guruhlarga ajratish mumkin
10
:
1. Makromoliyaviy indikatorlar;
2. Iqtisodiyotda jamg‗armalar va investitsiyalar nisbatini ifodalovchi
indikatorlar;
3. Bank tizimi faoliyatining indikatorlari;
4. Narx-navo indikatorlari;
5.
Moliya
bozorini
(undagi
holat
va
dinamik
jarayonlarni)
ifodalovchiindikatorlar.
9
ШохаъзамийШ.Ш. Секьюриметрика.-Т.: Узбекистонмиллийэнциклопедияси, 2005.-473 с.
10
Мальцева И.Г. Система индикаторов финансовой безопасности как основа для определения уровня
системных рисков национальной финансовой системы.//Вопросы статистики, №5, 2006.-сс.14-24.
40
Har bir guruhga kiruvchi indikatorlar 4-chi ilovada keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan indikatorlar va ularni baholash natijalarini
tizimli qayta ishlab
tahlil qilish asosida moliya bozorini xavfsizlik, raqobatbordoshlilik, barqarorlik va
jalbdorlilik
darajalarini, holati, tendensiyalari va muammolarini, iqtisodiyotdagi roli
va funksiyalari sifatini aniqlash mumkin. Bularning barchasi moliya bozorini
rivojlan-tirish yoki takomillashtirish bo‗yicha istiqbollar va ustuvor yo‗nalishlarni
belgilashga hamda zarur hollarda operativ tarzda regulyativ
chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va bozor faoliyatini muvofiqlashtirishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: