O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Qimmatli qog„ozlarning hayot jarayoni sikli



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

3. Qimmatli qog„ozlarning hayot jarayoni sikli 
Qimmatli qog‗ozning hayot tsikli (davr bosqichlarini o‗z ichiga oluvchi) 
quyidagi jarayonlarni o‗z ichiga oladi: emissiyaga tayyorgarlik (emissiyaoldi), 
emissiya risolasini davlat ro‗yhatidan o‗tkazib chiqarish va joylashtirish (emissiya), 
bozor muomalasi, muomaladan chiqarish (so‗ndirish). Har bir jarayondagi ishlar 
tegishli qonun hujjatlarida belgilanganidek amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich (emissiyaga tayyorgarlik) quyidagi jarayonlardan iborat: 
chiqarilajak qimmatli qog‗ozlarni, ularning hajmini va qiymatini bazisiga 
ekvivalentliligi darajasi asosida maqsadga muvofiqligini, bozor tendensiyasini, 
shartlarini tadqiq qilish va asoslash; emissiya taktikasi va strategiyasini ishlab 
chiqish; uni muhokama qilish va chiqarish to‗g‗risida qaror qabul qilish (vakolatli 
organ tomonidan); emissiya risolasini davlat ro‗yhatidan belgilangan tartibda 
o‗tkazish uchun tayyorlash.
Ikkinchi bosqichda emissiya risolasi davlat ro‗yhatidan o‗tkaziladi, qonunchilik 
hujjatlari va risolada belgilangan tartibda reklama qilinib potensial investorlar 
o‗rtasida joylashtiriladi, emissiya natijalari to‗g‗risida hisobot berib boriladi.
Uchinchi bosqichda joylashtirilgan qimmatli qog‗ozlar ikkilamchi bozorda 
uning konyunkturasiga bog‗liq holda erkin muomalada bo‗ladi, buning uchun emitent 
ularning ekvivalentlilik darajasini uzluksiz ta‘minlab bozordagi kursini monitoring 
qilib boradi. Bunda emitent va bozorning tranparentliligi katta ahamiyatga ega.


33 
To‗rtinchi bosqich qimmatli qog‗ozlarni ularning risolasi shartlariga asosan 
hamda (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda muomaladan 
chiqarish (so‗ndirish).
O‗zbekiston Respublikasining ―Qimmatli qog‗ozlar bozori to‗g‗risidagi‖ 
Qonuni loyihasiga asosan korporativ qimmatli qog‗ozlarning (aksiyadorlik 
jamiyatlari aksiyalari va obligatsiyalari, korxonalarning derivativlari) hayot tsikli 
jarayonlari bunday qog‗ozlar bilan bog‗liq munosbatlarni tartiblashtiruvchi vakolatli 
davlat organi (hozirda qimmatli qog‗ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va 
nazorat qilish Markazi) tomonidan muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi. Bunda 
tijorat banklarining aksiyalarini chiqarilishi Qimmatli qog‗ozlar bozori faoliyatini 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi (keyinggi matnlarda Markaz deb 
yuritiladi) tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan kelishilgan tartibda amalga 
oshiriladi.
Banklarning aktivlari bilan bog‗liq qimmatli qog‗ozlarni Markaziy bank 
tartiblashtiradi.
Veksellarni chiqarilishi Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan 
tartiblashtiriladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlari bozorini vakolatli davlat organlari (qog‗oz turlariga 
qarab Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank) tartiblashtiradi.
Korporativ qimmatli qog‗ozlar chiqarilishida emitentdan davlat budjetiga 
qonunda belgilangan hajmda emission yig‗im olinadi.
Vakolatli davlat organi respublikada davlat ro‗yhatidan o‗tkazilgan qimmatli 
qog‗ozlarning umumiy davlat reestrini yuritadi va ro‗yhatini muntazam e‘lon qilib 
boradi.
Qimmatli qog‗ozlarni davlat ro‗yhatidan o‗tkazmasdan ommaviy axborot 
vositalari orqali reklama qilish ma‘n etiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin