34
Standart qimmatli qog‗ozlarni hayot siklini (emissiyaoldi, chiqarish, joylashtirish,
muomalasi, konvertatsiyasi va so‗ndirish tartibini) me‘yorlaydi. Uning asosida qimmatli
qog‗ozlarni chiqarish va joylashtirish chog‗ida to‗htatish,
haqiqiy emas deb topish va
umumiy davlat reestriga o‗zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini emissiyaoldi ishlari va emissiyasi
Aksiyadorlik jamiyati aksiya chiqarish to‗g‗risida tegishli qaror qabul qiladi.
Buning uchun, avvalambor jamiyatning holati, potensiali va investitsion istiqboli, shu
asosda asiyalar bozori konyunkturasi va risklar tahlil qilinib,
chiqarilajak aksiyalarning
turi, hajmi, soni va chiqarish shartlari, muddati, joylashtirish usullari, tartibi va investorlar
(aksiyadorlar) ko‗lami belgilanadi. Bunda aksiyalar emissiyasining umumiy taktikasi va
strategiyasi aniqlanadi, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan emissiya risolasi
belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Natijada emissiya risolasi davlat ro‗yxatidan o‗tkazish
uchun tayyorlanadi. Hozirda borgan sari amaliyotda IPO (
Initial Public Offering)
usuli
ko‗proq qo‗llanilmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish chog‗ida aksiyalar birlamchi tarzda ta‘sis
hujjatlariga ko‗ra yopiq usulda joylashtirilgan deb hisoblanadi. Bunda aksiyadorlar
o‗zlariga tegishli aksiyalari qiymatining kamida 30 foizini to‗lashlari lozim. Qolgan
qismni esa kamida bir yil davomida to‗lashlari talab etiladi (agar Ustavda boshqa
qisqaroq muddat ko‗rsatilmagan bo‗lsa).
Qo‗shimcha aksiyalar esa ochiq yoki yopiq usulda yoki ikkala usul kombinatsiyasi
asosida joylashtirilishi mumkin.
Yopiq usulda qo‗shimcha chiqarilgan aksiyalar qo‗shimcha
kapital kiritish,
dividend hisobiga, jamiyatning o‗tgan yillarda taqsimlanmagan foydasi evaziga
joylashtirilishi mumkin.
Bunda jamiyat ustav fondini oshirish to‗g‗risida qaror qabul qilinishi vaqtida
(qo‗shimcha kapital kiritilishi holidan tashqari) qo‗shimcha chiqarilgan aksiyalarni yopiq
usulda joylashtirish chog‗ida oshirilgan ustav fondi summasi jamiyatning sof aktivlari va
ustav fondi (rezerv fondini hisobga olgan holda) tafovutidan oshmasligi shart.
Emissiya risolasini ro„yxatdan o„tkazish
Qimmatli qog‗ozlarni chiqarish ularning emissiya risolasini davlat ro‗yhatidan
35
o‗tkazilishini taqazo etadi. Qimmatli qog‗ozlar emissiyasi risolasi vakolatli davlat organi
tomonidan belgilangan muddatda va tartibda ro‗yhatga olinadi (agar emitent tomonidan
taqdim etilgan barcha hujjatlar talab darajasida bo‗lsa),
natijada unga maxsus davlat
raqami biriktiriladi.
Aytilgan tartib obligatsiyalar chiqarish uchun ham taaluqli.
Obligatsiyalar chiqarish faqat jamiyat tuzilishi chog‗ida birlamchi chiqarilgan
aksiyalar to‗liq joylashtirilganidan keyin ruhsat beriladi.
Har bir turdagi qimmatli qog‗ozga Milliy identifakatsiya tartib (nomer) raqami
beriladi.
Emissiya natijalari to„g„risidagi hisobot va ma‟lumotlarni ochib berish
Har bir emitent qimmatli qog‗ozlarini joylashtirilishi to‗g‗risida vakolatli organga
har chorakda va yillik hisobot (belgilangan shakl va muddatlarda) taqdim etishi lozim.
Emitent qimmatli qog‗ozlarini emissiyasi chog‗ida ma‘lum muddatlarda
investorlarga qonun hujjatlarida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarni belgilangan tartibda ochib
berishi talab etiladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlarini Vazirlar Mahkamasining
qarori bilan Moliya
vazirligi va Markaziy bank chiqaradi.
Qimmatli qog„ozlarning bozor muomalasi
Davlat ro‗yhatidan o‗tgan emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlar birlamchi
bozorda joylashtirilgan vaqtdan boshlab ularning ikkilamchi bozor muomalasi
boshlanadi. Ikkilamchi bozorda faqat qimmatli qog‗ozlarning egalari o‗zgaradi va bu
jarayonning maxsus investitsiya institutlari va emitent reestri tomonidan hisobi
yuritiladi.
Qimmatli qog„ozlarni so„ndirish(muomaladan chiqarish)
Qimmatli qog‗ozlar qonunda belgilangan tartibda so‗ndiriladi.
Aksiyalar quyidagi hollarda muomaladan chiqarilishi mumkin:
- aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi qaroriga asosan
emitentning tugatilishi
holida;
- jamiyatning reorganizatsiya (qo‗shilishi, ajralishi, birlashishi, qayta tashkil
etilishi)
qilinishi holida;
36
- qimmatli qog‗ozlarni maydalanishi, yiriklashtirilishi, qaytarib sotib olishishi,
konvertatsiyalanishi hollarida;
- sud qarori bilan jamiyatni tugatilishi holida;
- agar jamiyat Ustavida qimmatli qog‗ozning muomala muddati cheklangan
bo‗lsa.
Emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlarning so‗ndirilishi ularni belgilangan
tartibda annulyatsiya va yo‗q qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlari davlat tomonidan belgilangan tartibda muomaladan
chiqariladi.
Qimmatli qog‗ozlarni so‗ndirilishi to‗g‗risidagi komissiya hujjati asosida ular
davlat reestridan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: