221
7.4 rentabellik (nizom kapitalining foizida foyda, bitta joyga hisob-kitob
qilgandagi foyda, birja tovaraylanmasining foizidagi foyda, bitta bitimga hisob-kitob
qilgandagi foyda);
8. Birja infratuzilmasi
8.1 asosiy fonlar, jami va o‗rtacha bitta birjaga;
8.2 operatsion zal hajmi (maydoni, kv. m), jihozlangan o‗rinlar soni («yama»);
8.3 birjaning axborot-hisoblash asbob-uskunalari bilan ta‘minlanganligi –
umuman va birja xalqasining;
8.4 birja xodimlari soni va tarkibi;
8.5 brokerlik (dilerlik, maklerlik) idoralari soni, ularning xodimlari soni;
8.6 birjaning ombor binolari mavjudlishi, soni va maydoni (sig‗imi).
Statistik hisob-kitoblar uchun axborot manbasi manba bo‗lib quyidagilar
xizmat qiladi: davlat statistika hisobotlari va buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari, hisob-
kitob (hisob) palatasi ma‘lumotlari, kotirovka palatasi ma‘lumotlari (jumladan,
kotirovka byulletenlari), brokerlar hisobotlari (agar u birja kengashi tomonidan
kiritilgan bo‗lsa), birja buyurtmasi bo‗yicha bajarilgan maxsus marketing tadqiqotlari
(jumladan, konyunktura sharhlari va bashoratlar).
Hisob-statistika maqsadlarida namunaviy shartnoma ma‘lumotlari (oldi-sotdi
hajmi, real va fyuchers tovarni yetkazib berish muddati, joyi va sifati), kafolatli bay
puli, bazaviy narx va uning o‗zgarish limitlaridan foydalanish mumkin. Brokerlik
hisobotida odatda, bitimlar ro‗yxatini, jumladan, read tovarli bitim, bitimdan foyda va
zararlar ro‗yxatini qamrab olgan bajarilgan operatsiyalar bo‗yicha oylik hisobotlar
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: