101
ham mavjud: Yevropa banki, Osiyo banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS),
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), IOSCO va h.k.
Xalqaro
darajadagi transmilliy korporatsiyalar, xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari hozirda
sanab o‗tilgan tashkilotlar bilan birga jahon
moliya bozorining asosiy
qatnashchilaridan hisoblanadi. Ularning har biri o‗ziga mos faoliyatni amalga
oshirish maqsadida moliya bozorlarida faoliyat yuritadi.
Xalqaro moliya institutlari faoliyatining maqsadi, vazifalari,
funksiyasi,
faoliyat mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozorlari tarkibida alohida
segment – xalqaro kapitali va xizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi.
Bunda ular davlatlarning kredit-pul, budjet-soliq, investitsiya,
emissiya siyosatlarini
yuritilishida, demak davlat va o‗zlarining hamda boshqa subyektlarning moliyaviy
instrument-lari va resurslari bilan bog‗liq operatsiyalar institutlari va ma‘lum
ma‘noda xalqaro regulyator, xalqaro moliyaviy resurslar va instrumentlar
akkumulyatori va mos ravishda
yirik investitsiyalar manbai, institutsional investor,
professional emitent va vositachi sifatida namoyon bo‗ladi.
Shunday qilib, xalqaro moliya institutlari umuman jahon iqtisodiyotida,
xususan moliya bozorlarida quyidagi rollarni bajaradi:
- jahonda globallashuv jarayonlari rivojlanishini ta‘minlovchi va davlatlarning
bozorlariga tashqi omil sifatida ta‘sir ko‗rsatuvchi institutlar;
- jahon moliya bozori qatnashchilari sifatida valyuta, kredit, boshqa moliyaviy
instrumentlar va resurslar bilan bog‗liq operatsiyalar bo‗yicha
professional tarzda
faoliyat yurituvchi institutlar;
- davlatlar tomonidan mamlakatda monetar (kredit-pul) va budjet-soliq (fiskal)
siyosatlarini xalqaro globallashuv qonuniyatlariga mos iqtisodiy va ijtimoiy o‗sishi
yo‗lida uyg‗unlikda ta‘minlashga yordam beruvchi institutlar;
- xalqaro miqyosda regulyativ normalarni belgilovchi institutlar;
102
- xalqaro darajadagi moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik
xalqaro investitsiyalar manbai;
- xalqaro darajadagi institutsional investor;
- xalqaro qimmatli qog‗ozlar emitenti.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) qimmatli bozorlari
faoliyatini standartlashtirishga oid xalqaro o‗ttizlik guruhi tavsiyalarini (2003 yildan
boshlab ularning soni 1985-yildagi 9-tadan 20-taga etgan) keltirish joiz. Bu tavsiyalar
(quyidagi jadvallarga qaralsin) asosan xalqaro hisob-kitoblarni,
savdo operatsiyalari
va depozitar hisoblarni samaradaorligini oshirishga va ko‗proq standartlashtirishga,
risklar darajasini pasaytirishga yo‗naltirilgan bo‗lib har bir mamlakatda markaziy
depozitariyni bo‗lishini ko‗zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: