3. Moliya bozorlarida investitsiya institutlarining
faoliyati va roli
Umuman olganda, investitsiya instituti – bu moliyaning alohida faoliyat sohasi
bo‗lib, moliya bozorining fond segmentida qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq
operatsiyalar bo‗yicha malakali xizmatlar ko‗rsatuvchi moliyaviy institut hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytilganda, fond (qimmatli qog‗ozlar) bozorida professional faoliyat
qimmatli qog‗ozlarni hayot siklidagi jaryonda sodir (talab) bo‗ladigan xizmatlarni
belgilangan tartibda ko‗rsatish bo‗yicha tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Qimmatli
qog‗ozlar bozorida bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega
bo‗lgan, turli mulkchilik shaklida tuzilgan, maxsus litsenziyaga (ruhsatnomaga) ega
bo‗lgan investitsiya institutlari amalga oshiradi.
88
Investitsiya institutlari faoliyatining mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga
fond bozori infratuzilmasi tarkibida alohida malakali xizmatlar bozori faoliyat
yuritadi va rivojlanadi.
Ko‗rinib turibdiki, investitsiya institutlari banklar va sug‗urta kompaniyalari
bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli
qatnashchilaridan hisoblanadi.
Bu esa moliya bozorining, xususan qimmatli qog‗ozlar bozorining, risksizlilik,
jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy xavfsizlik darajasini ko‗tarishga, samarali
investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, investitsiya institutlari umuman iqtisodiyotda, xususan qimmatli
qog‗ozlar (fond) bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- iqtisodiyot subyektlari va aholiga qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq
operatsiyalar bo‗yicha professional xizmatlar ko‗rsatuvchi institutlar;
- moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik investitsiyalar
manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- qimmatli qog‗ozlar emitenti (belgilangan tartibda).
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi investitsiya institutlari operatsiyalari
jahon fond bozorlarining barcha qismini qamrab olgan.
Qimmatli qog‗ozlar bozori professional qatnashchilarining ijroiya organlari
raxbarlari, shuningdek ularning imzo huquqiga ega xodimlari qimmatli qog‗ozlar
bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan
malaka guvoxnomalariga ega bo‗lishlari kerak. Malaka guvoxnomasining amal qilish
muddati turli mamlakatlarda har hil bo‗ladi, masalan, O‗zbekistonda – uch yil.
Dunyoning turli mamlakatlarida investitsiya institutlarining faoliyat turlari
o‗zgacha nomlanadi, lekin ular mazmunan o‗hShash. Masalan, jahon amaliyotida
faoliyat turlari quyidagicha nomlanishish mumkin: diler, broker, boshqaruvchi
kompaniya, depozitariy, kliring va h.k.
O‗zbekiston qimmatli qog‗ozlar bozorida esa quyidagi professional faoliyat
turlari amalga oshiriladi:
89
- investitsiya vositachisi faoliyati;
- investitsiya maslaxatchisi faoliyati;
- investitsiya fondi faoliyati;
- boshqaruvchi kompaniya faoliyati;
- investitsiya fondlarining investitsiyaviy aktivlarini boshqarish bo‗yicha
faoliyat;
- depozitariy faoliyati;
- hisob-kliring palatasi (tashkiloti) faoliyati;
- transfer-agent faoliyati (litsenziyalanmaydi);
- qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi
faoliyati.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq professional
faoliyatning boshqa turlari ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, nominal
saqlovchi (depozitariy bajaradi).
Qimmatli qog‗ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi
investitsiya fondi faqat ochiq aksionerlik jamiyati shaklida tuziladi.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik
shaxslarni tuzish, faoliyat kursatish va tugatish tartibi, ushbu Qonunning qoidalari
hisobga olingan xolda, qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keltirilgan faoliyat turlariga qisqacha tavsif beramiz.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatiga brokerlik va
dilerlik faoliyatlari kiradi.
TopShiriq shartnomalari yoki vositachilik haqi asosida yoxud bitimlar tuzish
uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib borib, vakolatli shaxs yoki vositachi
sifatida qimmatli qog‗ozlar yuzasidan fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirish
brokerlik faoliyati hisoblanadi.
Brokerlik faoliyatida operatsiyalar asosan mijoz nomidan (topshirig‗iga
binoan) va mijoz hisobidan bajariladi.
Mijozlarning qimmatli qog‗ozlarga sarmoya kiritish uchun brokerga berilgan
pul mablag‗lari, shuningdek broker tomonidan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar
90
asosida amalga oshirilgan bitimlardan olingan pul mablag‗lari broker tomonidan
bankda ochiladigan aloxida bank hisob raqam(lar)ida (maxsus brokerlik hisob
raqamida) saqlanishi kerak.
Agar brokerlik xizmati ko‗rsatish shartnomasida ko‗zda tutilgan bo‗lsa, broker
mijozga uning pul mablag‗lari hisobiga topshiriqlarni bajarish yoki mijoz talabiga
kura ularni qaytarib berishni kafolatlagan xolda, maxsus brokerlik hisob(lar)idagi
mijozlarning pul mablag‗laridan o‗z manfaatlari uchun foydalanish huquqiga ega.
Brokerga o‗z manfaatlari yo‗lida foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul
mablag‗lari, unga o‗z manfaatlari yo‗lida foydalanish huquqini bermagan
mijozlarning pul mablag‗lari saqlanadigan maxsus brokerlik hisob raqam(lar)idan
boshqa maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida saqlanishi kerak.
Broker o‗zining shaxsiy pul mablag‗larini maxsus brokerlik hisob
raqam(lar)iga o‗tkazish huquqiga ega emas, ushbu modda bilan belgilangan tartibda
mijozga qaytarib berish va/yoki unga qarz berish xollari bundan mustasno.
Broker maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan xar bir mijozning pul
mablag‗larining hisobini yuritishga va mijozga hisobot berishga, shuningdek,
topShirig‗i buyicha aksiyasiga egalik qilayotgan shaxs bilan tuzilgan shartnomaga
muvofiq va uning topShirig‗i bilan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha operatsiyalar va
bitimlarni amalga oshirishga majbur.
Maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan mijozlarning pul mablag‗lari
brokerning majburiyatlari yuzasidan undirilishi mumkin emas.
Muayyan qimmatli qog‗ozlarni sotib olish va/yoki sotish narxlarini oshkora
e‘lon qilish hamda ushbu qimmatli qog‗ozlarni e‘lon qilingan narxlari bo‗yicha sotib
olish va/yoki sotish majburiyatini olish yo‗li bilan o‗z nomidan va o‗z hisobidan
qimmatli qog‗ozlarga doir oldi-sotdi bitimlarini tuzish dilerlik faoliyati hisoblanadi.
Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha dilerlik faoliyatini amalga oshiruvchi qimmatli
qog‗ozlar bozorining professional qatnashchisi diler deb nomlanadi.
Narxlardan tashqari diler qimmatli qog‗ozlarning oldi-sotdi shartnomasiga
boshka muxim shartlarni ma‘lum kilish xukukiga ega: olinayotgan/sotilayotgan
qimmatli qog‗ozlarning minimal yoki maksimal miqdori, shuningdek e‘lon qilingan
91
narxlar amal qiladigan muddat. E‘londa boshqa muxim shartlar ko‗rsatilmasa, diler
uz mijozi taklif qilgan muxim shartlar bo‗yicha shartnoma tuzishga majbur. Diler
shartnoma tuzishdan bosh tortishi xollarida, uni shunday shartnoma tuzishga majbur
kilish va/yoki mijozga yetkazilgan zararlarni qoplatish to‗g‗risida da‘vo qo‗zg‗atilishi
mumkin.
Investitsiya vositachisi o‗zining harakatlari yoki harakatsizligi tufayli
mijozlariga etkazilgan zararni qoplashi shart.
Investitsiya vositachisining korxonalari va tashkilotlarini Yagona davlat
reestridan chiqarish faqat uning mijozlariga ajratilgan pul mablag‗lari va qimmatli
qog‗ozlarni qaytarish bilan bog‗liq taomillar bajarilganidan so‗nggina qimmatli
qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organining yozma tasdig‗i
asosida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‗ozlar bozorini va uning ishtirokchilarini taxlil etish va istikbolini
aniklash, moliyaviy vositalarni (moliyaviy majburiyatlarni) ekspertiza kilish, ishlab
chikish va tavsiya etish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatish, qimmatli qog‗ozlar chikarish,
ularni joylashtirish va muomalaga kiritish, mutaxassislarni kayta tayyorlash,
shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya siyosatini amalga oshirishlari
xususida maslaxatlar berish soxasidagi xizmatlar qimmatli qog‗ozlar bozorida
Dostları ilə paylaş: |