85
2. Moliya bozorlarida banklarningfaoliyati va roli
Umuman olganda, bank – bu moliyaning maxsus faoliyat sohasi bo‗lib, moliya
bozori
orqali pul resurslarini jamlab, ularni iqtisodiyotning turli samarali
subyektlariga manfaatli taqsimlaydigan alohida moliyaviy institut hisoblanadi. Bunda
bank pul va moliyaviy instrumentlar yordamida o‗zi bilan bog‗liq shaxslar
(kreditorlar, egalari-investorlar, joriy operatsion xizmatidan foydanuvchi mijozlar,
kredit
oluvchilar, sheriklari) risklarini ma‘lum (kelishilgan) haq evaziga qabul qilib
oladi va jamlangan risklarni manfaatli (foyda olish va foyda bilan ta‘minlash
maqsadida) difersifikatsiyalash asosida professional boshqaradi. Moliya bozorida
bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan turli
mulkchilik shaklida tuzilgan banklar amalga oshiradi. Bunda banklar tijorat
tashkilotlari sifatida ma‘lum risklarga moyil bo‗lganliklari sababli, ular moliya bozori
orqali o‗z risklarini boshqaradilar.
Ko‗rinib
turibdiki, banklar sug‗urta kompaniyalari va investitsiya institutlari
bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli
qatnashchilaridan hisoblanadi.
Aytilgan operatsiyalar negizida davlat (markaziy) banki va tijorat banklari
o‗zaro bog‗liqlikda bank tizimini hosil qilib, markaziy bank boshchiligida moliya
bozori orqali iqtisodiyotda kredit-pul (monetar) siyosatini yuritadi.
Bu esa moliya
bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy xavfsizlik darajasini
ko‗tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib,
banklar umuman iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida
quyidagi rollarni bajaradi:
- monetar siyosatni ta‘minlovchi institutlar;
- iqtisodiyot subyektlariga kredit, pul vositalari bilan bog‗liq operatsiyalar
bo‗yicha professional xizmatlar ko‗rsatuvchi institutlar;
- moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- qimmatli qog‗ozlar chiqaruvchi (belgilangan tartibda);
- fond bozorida professional xizmat ko‗rsatuvchi institut.
86
Aytilganlarni xalqaro bank tizimi rivojlanishi tendensiyalari asosida ko‗rish
mumkin
17
.
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi banklar operatsiyalari va daromadining
80 foiziga yaqin miqdori qimmatli qog‗ozlar bozorida shakllanmoqda. Daromadining
qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan hosil bo‗lmoqda.
Bu holatni
investitsiya banklari faoliyati misolida ko‗rish mumkin.
Investitsiya banki – bu asosan qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalarga
ixtisoslashgan kredit-moliya instituti. Uning maqsadi: moliya bozorlari orqali
qo‗shimcha pul mablag‗larini jalb qilish, o‗z mijozlarini (jumladan davlatni) uzoq
muddatli kreditlash.
Zamonaviy investitsiya banki hozirda na faqat fond bozorlarida qimmatli
qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalarni bajaradi, balki kompaniyalarni birlashtirilishi
(yutib borilishi) va o‗zaro birlashishini tashkillashtirish,
ipotekani va venchur
kapitalini boshqarish bilan ham shug‗ullanadi.
Investitsiya banklari turli mamlakatlarda ma‘lum xususiyatlarga ega. Masalan,
Buyuk Britaniyada –turli profilli investitsiya kompaniyalari, savdo banklari. Bunda
savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksiyadorlik kompaniyalari,
pensiya fondari, sug‗urta kompaniyalari qimmatli qog‗ozlarini boshqarish bilan ham
shug‗ullanadi.
Fransiyada
esa biznes-banklar, investitsiya uylari, Germaniyada – investitsiya
jamiyatlari, Yaponiyada – trast-banklar va shahar banklari misol bo‗la oladi.
Hozirda dunyoning eng yirik investitsiya banklari quyidagilar hisoblanadi
18
:
HSBC Holdings (Buyuk Britaniya),
Chase Manhattan Corp. (AQSh),
Credit Agricole
Group (Fransiya),
Citicorp. (AQSh),
Bank of Tokyo-Mitsubishi(Yaponiya),
Deutsche
Bank (Germaniya),
Bank America Corp. (AQSh),
ABN AMRO Bank (Gollandiya),
Sumitamo Bank (Yaponiya),
Dai-Ichi Konquo Bank (Yaponiya) va h.k.
shunday qilib, banklarning moliya bozoridagi faoliyat turlarini quyidagicha
tizimlashtirish mumkin.
17
Ваҳобов А.В., Жумаев Н.Х, Бурханов У.А. Халқаро молия муносабатлари.-Т.: Шарқ, 2003.-бб.347-370;
Максимо В.Энг, Фрэнсис А.Лис, Лоуренс Дж.Мауер. Мировые финансы.-М.: ИКК «ДеКА», 1998.-736 с.
18
Top 1000. The Banker.-1998.-July.-p.131.
87
1. Banklar moliya bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar:
valyuta, qimmatli qog‗ozlar, pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho
metallar va toshlar (jumladan san‘at asarlari).
2. Ko‗chmas mulk bozorida vositachi, rieltor, ishonchli boshqaruvchi (trast),
ipotekaviy investor sifati faoliyat ko‗rsatadi.
3. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori).
Bunda spot va muddatli bozorlarda ishtirok etadi.
4. Pul-kredit bozorida: pul hisob raqamlari va pul vositalari (cheklar,
kartochkalar va h.k.) bo‗yicha mijozlarga operatsion xizmat ko‗rsatish; kredit berish
va olish; bo‗lak kreditorlarning kredit tranShlari bo‗yicha operator bo‗lish va h.k.
5.
Qimmatli
qog‗ozlar
bozorida:
emitent
(emissiyalanuvchi
va
emissiyalanmaydigan
turlari
bo‗yicha);
institutsional
investor
(o‗zining
investitsiyalarini boshqarish bo‗yicha) va kollektiv investor (mijozlarining
investitsiyalarini boshqarish bo‗yicha); professional institut (broker, trayder, diler,
anderrayter, trast, konsalting, kliring, depozitariy, transfer-agent va h.k.).
Moliya bozorida sanab o‗tilgan faoliyat turlarini universal banklar amalga
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: