O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


Emitent va investorlarning o„zaro bog„liqligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

4. Emitent va investorlarning o„zaro bog„liqligi 
Moliya bozori infratuzilmasining institutsional tarkibiga emitentlar va 
investorlarni kirishini ko‗rish mumkin. Bu institutlar moliya bozoriningboshqa 
institutlari bilan birgalikda bozorning institutsional tarkibini shakllantiradi. 


81 
Institutlarning barchasini (ya‘ni olti unsurini) o‗zaro bog‗liqlikdagi faoliyati moliya 
bozorining samarali funksiyasini ta‘minlaydi va industriyasini ifodalaydi. shundan 
kelib chiqib, emitentlar va investorlarni alohida o‗zaro bog‗liklikda ko‗rib chiqish 
maqsadga muvofiq. Chunki moliya bozorida emitentlar moliyaviy instrumentlarini 
investitsiyalarni jalb qilish maqsadiga alohida ―tovar‖ (moliyaviy yoki fond 
boyliklar) sifatida taklif qiladi, investorlar esa bu ―tovarlarga‖ (kapitalga) talabgor 
bo‗ladilar. Ushbu jarayonda emitent va investorlarning samarali faoliyati boshqa 
institutlar faoliyatiga ham ko‗pdan bog‗liq. O‗z navbatida va shu bilan birga boshqa 
institutlarning samarali faoliyati ham emitent va investorlarning faoliyatiga bog‗liq. 
Shundan kelib chiqib, emitentlar va investorlar moliya bozorida mos ravishda bir-
birlari o‗rtasida moliyaviy instrumentlar va moliyaviy resurslar bo‗yicha o‗zaro 
almashinish jarayonini amalga oshirishda faol qatnashuvchi institutlar rolini bajaradi. 
Bunda moliyaviy resurslar moliyaviy instrumentlar tomon harakat qiladi, agarda 
moliyaviy instrumentlar moliyaviy resurslarni jalb qilish hossasiga ega bo‗lsa. 
Moliya bozori konyunkturasiga bog‗liq holda moliyaviy resurslar va moliyaviy 
instrumentlar bir-biriga qarama-qarShi yo‗nalishda harakat qiladi, bunda moliyaviy 
instrumentlar investorlar qo‗lida bozor kapitaliga (tovariga) aylanadi, moliyaviy 
resurslar esa emitentlar qaramog‗ida ularning real kapitali bo‗lib xizmat qiladi. shu 
yo‗sinda 
emitentlar 
o‗zlari chiqargan moliyaviy instrumentlarini o‗zlari 
qaramog‗idagi real kapitalga (bazisga) va moliya bozori konyunkturasiga bog‗liq 
holda ekvivalentlilik darajasini ta‘minlaydilar. Bir vaqtning o‗zida investorlar esa o‗z 
qo‗llaridagi bozor kapitaliga aylangan moliyaviy instrumentlarini ularning bazisiga 
va moliya bozor konyunkturasiga bog‗liq ravishda ekvivalentlilik darajasini 
ta‘minlaydilar. Bunda emitent va investorlar moliya bozorining boshqa institutlari 
(vositachilari, savdo tizimlari, regulyatorlari, informatsion agentliklar) yordamiga 
tayanadilar.
Aytish joizki, kompaniyalarda emission siyosat investitsion siyosatga asoslananib 
yuritiladi. Investitsion siyosat esa emission siyosatga tayangan holda amalga 
oshiriladi. Ya‘ni emission siyosat o‗zida investitsion siyosatni mujassamlashtiradi
investitsion siyosat esa o‗zida emission siyosatni mujassamlashtiradi. 


82 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin