O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


Emitentlarning siyosati va moliya bozoridagi roli



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

2.Emitentlarning siyosati va moliya bozoridagi roli. 
Emitentlarga qo‗yiladigan asosiy talablar: transparentlilik (informatsion 
shaffoflik), ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, moliyaviy xavfsizlik 
asosida o‗z moliyaviy instrumentlarining likvidlilik, daromadlilik, risksizlilik va 
bazisiga nisbatan ekvivalentlilik darajasini ta‘minlashdan iborat.
Emitentning 
transparentlilik 
darajasi 
(ya‘ni 
adekvat 
informatsion 
transparentililik) uning barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining 
bir-biriga tengligi, o‗zaro adekvatliligi (to‗g‗riligi, aniqligi, o‗z vaqtidaliligi, 
ishonchliligi) bilan belgilanadi.
Bu indikatorni (ya‘ni adekvat informatsion transparentlilikni – A(T)) baholash 
uchun quyidagi mezonni (kriteriyni) qo‗llash mumkin:
min A(T) = A
T
(qonun bilan va moliya bozori tomonidan o‗rnatilgan


74 
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‗paytmasi) – A
R
(emitent tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori 
ko‗paytmasi). 
Bunda informatsiyaning sifat miqdori emitentning moliya bozoridagi imidjini 
tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ 
boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko‗rsatkich-lari asosida baholanishi 
mumkin bo‗lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar 
soni esa emitent tomonidan berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar 
miqdoridan kelib chiqadi. 
Dunyoning barcha mamlakatlari moliya bozorlarida eng asosiy, salmoqli va 
sifatli emitent sifatida vakolatli davlat organlari (Moliya vazirligi, Markaziy bank) 
hisoblanadi. Keyinggi o‗rinda esa mahalliy hokimiyatlar (meriyalar, munitsipalitetlar, 
hokimiyatlar) turadi.
Davlat organlarining professional emitent sifatidagi faoliyatlari davlat 
moliyaviy instrumentlarini (milliy valyutasi va qimmatli qog‗ozlarini) davlatning 
iqtisodiy siyosatini yuritish maqsadida chiqarish orqali amalga oshiriladi. Huddi shu 
maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va professional moliya 
instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar bilan birga vakolatli 
davlat organlari moliya bozorini tartiblashtirishni (muvofiqlashtirish va nazorat 
qilishni) amalga oshiradi.
Emitentlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarini chiqaruvchi va ularni 
real bazisiga bo‗lgan ekvivalentlilik darajasini ta‘minlovchi institutlar rolini bajaradi. 
Boshqacha qilib aytganda, emitentlar o‗zlarining moliyaviy instrumentlari sifat 
ko‗rsatkichlarini aks ettiruvchi biznes kapitali rolini bajaradi.
Qimmatli qog‗ozlar emissiyasidagi majburiyatlar bo‗yicha javobgarlik 
emitentlarning zimmasidadir. 


75 
Emitentlar qonunchilikka muvofiq investorlar oldida ularga yetkazilgan zarar 
uchun quyidagi holatlar bo‗yicha mulkiy javbogar: 
- investorlar talabiga asosan qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar 
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan ma‘lumotlarni 
taqdim qilmaslik yoki noto‗g‗ri ma‘lumotlar taqdim qilish; 
- qimmatli qog‗ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish; 
- qimmatli qog‗ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli 
qog‗ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilmagan 
chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada bo‗lishi qonun bilan taqiqlangan 
qimmatli qog‗ozlarning reklamasi uchun; 
- investorlar bilan ularning qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini 
himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini 
cheklaydigan, emitentlarning javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish; 
- aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‗ozlar bozoridagi 
boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar, qimmatli qog‗ozlarning 
emitentlari, qimmatli qog‗ozlarga doir narxlar to‗g‗risida, shu jumladan reklamada 
qasddan buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yo‗li bilan investorlarni qimmatli 
qog‗ozlarni sotib olish va sotishga da‘vat qilganlik uchun; 
- investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmagan-lik yoki lozim 
darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd 
etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin