65
boriladi. Foizlarni yiliga m (m > 1) marotaba hisoblanib borilishi holatini ko‗ramiz.
Vaqtning har bir davriga (yarim yilga, chorakka, oyga) j foizlar hisoblanib boriladi.
Ixtiyoriy davrga hisoblanib boriladigan foiz stavkasini
real foiz stavkasi deb
nomlaymiz. Bizning holda j-real foiz stavkasi.
Turli
investitsion
loyihalarni
bir-biri
bilan
solishtirishda
ularning
daromadliligini o‗zaro solishtirish lozim bo‗ladi, lekin bunday solishtirish uchun
avvalam bor daromadlarni (foiz stavkalarni) bir vaqt davriga keltirish kerak.
Ko‗pincha foiz stavkalarni bir yillik davrga keltiriladi. Bunda foizlarni hisoblash
borishning turli sxemalari qo‗llanilishi mumkin. Odiiy
foiz stavkalari sxemasi
bo‗yicha hisoblab borilsa, nominal foiz stavkasi deb nomlanadi. Yillik foiz stavkasi
murakkab foizlar sxemasi bo‗yicha
hisoblanib borilsa, effektiv foiz stavkasi deyiladi.
3. Pul oqimlarini diskontlash
Umumiy tushunchalar va terminologiya
Agar qimmatli qog‗ozlar daromadliliklarini solishtirishda alternativa sifatida
bankdagi depozit qo‗yilma
daromadliligi tanlansa, unda daromadlilikning alternativ
metodini hozirgi vaqtgacha keng qo‗llanib kelayotgan pul oqimlarini diskontlash
metodi bilan mos kelishini ko‗rish mumkin. Bunda quyidagi savollarga javob topish
lozim
15
:
• bazaviy sifatda qabul qilingan tijorat banklarining
depozit stavkasi miqdori
to‗g‗risida;
• bankda pullarni oddiy yoki murakkab foiz stavkalarda hisoblab borish sxemasi
to‗g‗risida.
Birinchi savolga javobni odatda quyidagicha ifodalaydilar: ―bazaviy sifatda
ishonchli va barqaror ishlayotgan bank stavkasini tanlash lozim‖. Ba‘zan bazaviy
stavka sifatida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi olinadi. Lekin bu
stavka o‗zining bozor
tomonidan belgilanmasligi, balki Markaziy bank tomonidan
15
Килячков А.А., Чалдаева Л.А. Рынок ценных бумаг и биржевое дело.-М.: Экономистъ, 2005.-687 с.
66
bozorga ta‘siri ko‗rsatish uchun qo‗llanishi bilan qoniqtirmaydi. Ammo ko‗p
masalalarni yechishda yordamga maxsus belgilanadigan
bank stavkasi kelishi
tufayli, uni baza sifatida olish lozim.
Ikkinchi savolga javob topish yengilroq ko‗chadi, chunki foiz stavkasining
ikala metodi ham ko‗riladi. Lekin odatda ko‗pincha murakkab foiz stavkasi
sxemasiga moyillik seziladi, chunki unda daromad ham boshlang‗ich summaga, ham
hisoblab borilgan daromad foiziga qo‗shib hisoblanadi.
Oddiy foiz stavkasida esa
faqat boshlang‗ich summaga foiz daromad hisoblanib borilib, asosiy summa ohirida
qaytarilib beriladi. Murakkab foizlar sxemasida investor o‗zing depozitga qo‗ygan
puli va foiz daromadi summalarini bankdan qaytarib olmaydi deb qabul qilinadi. Bu
esa investor uchun sezilarli risklarni keltirib chiqaradi. Lekin ushbu sxema investor
uchun oddiy foizlar sxemasiga qaraganda nisbatan kattaroq daromad keltiradi.
Murakkab foizlar sxemasi bo‗yicha bunday daromad investorning katta riskiga
qo‗shimcha haq sifatida qaraladi.
Pul oqimlarini diskontlash asosida qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗-liq
operatsiyalar parametrlarini miqdoriy baholash metodi uchun alohida tushunchalar va
terminologiya kiritilgan bo‗lib, ularni qisqacha keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: