O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


tanishadi;   investorlar, ularning siyosati va moliya bozoridagi rolini o`rganadi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

tanishadi; 

investorlar, ularning siyosati va moliya bozoridagi rolini o`rganadi; 

emitent va investorlarning o„zaro bog„liqligi haqida batafsil bilib oladi. 
1. Emitentlarning mohiyati va maqsadi. 
 
Emitentlar – bu qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy instrumentlarni 
investitsiyalar (moliyaviy resurslar) jalb qilish maqsadida moliya bozoriga 
chiqaruvchi tashkilotlar. Keng ma‘noda emitent bo‗lishi mumkin tashkilotlarga 
quyidagilar kiradi: davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari, xalqaro moliyaviy 
tashkilotlar, yuridik shaxslar. Bu tashkilotlarning barcha moliyaviy instrumentlarni 
chiqarishga vakolatli yoki maxsus huquq va majburiyatlarga ega bo‗lishi lozim.
Moliyaviy resurslarni moliya bozori imkoniyatlaridan foydalangan holda jalb 
qilish emitentlarning eng asosiy maqsadiy vazifasi hisoblanadi. Uning boshqa 
vazifasi – o‗z faoliyati jarayonida moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va samarali 


71 
boshqarish asosida jalb qilingan investitsiyalar daromadliligi va qiymatini oshirib 
borishdir. Bunda moliya bozori emitentning vazifalarini va emission siyosatini 
samarali amalga oshirishida, kerakli imidjga (obro‗-e‘tiborga) ega bo‗lishida katta rol 
o‗ynaydi va muhim funksiya bajaradi.
Emitentlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‗yicha: davlat organi, turli mulkchilik asosidagi 
yuridik shaxs. 
2. Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha: davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy 
institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.
3. Moliyaviy instrumentlari bo‗yicha: davlat, munitsipal, xalqaro va nodavlat 
(korporativ) instrumentlar chiqaruvchi tashkilotlar.
4. Emission siyosati bo‗yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (mone-tar, budjet-
soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi 
tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan) 
yurituvchi tashkilotlar.
5. Milliyligi bo‗yicha: rezidentlar va norezidentlar.
6. Emission potensiali bo‗yicha: katta, o‗rta va kichik hajmda moliyaviy 
instrumentlarni chiqaruvchi tashkilotlar.
7. Imidji va riski bo‗yicha: yuqori, o‗rta va kam nufuzli va riskli tashkilotlar.
8. Moliyaviy instrumentlarining jalbdorliligi bo‗yicha: yuqori, o‗rtacha va kam 
jalbdor emitentlar. Masalan, fond bozorida emitentlar o‗zlarining qimmatli qog‗ozlari 
jalbdorliligi bo‗yicha quyidagicha tasniflanishi va tavsiflanishi mumkin:
―Zangori fishkalar‖ sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar – bozorda barqaror va 
yuqori kreditlik imkoniyatiga ega yirik kompaniyalar chiqaradi.


72 
―Ikkinchi eshelon aksiyalari‖ sarasiga kiruvchi aksiyalar – yosh lekin 
yetarlicha yirik kompaniyalar chiqaradi.
―Markaziy‖ sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar – tarmoqda yetakchi o‗ringa 
ega va tarmoqdagi boshqa kompaniyalar aksiyalari bahosiga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
emitentlar chiqaradi.
―Himoyalanuvchi aksiyalar‖ sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar – yuqori 
dividendlar to‗lovchi va salbiy kotirovka miqdoriga yo‗l qo‗ymaydigan yirik 
kompaniyalar.
―Dastur asosi‖ (―Gvozd programmi‖) sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar – 
qimmatli qog‗ozlarining yuqori likvidlilik darajasini ta‘minlovchi emitentlar.
―Rag‗batli aksiyalar‖ sarasiga kiruvchi aksiyalar – kurs narxi (kotirovkasi) 
bo‗yicha yuqori o‗rinni egallagan kompaniyalar.
―Yoqimdor aksiyalar‖ sarasiga kiruvchi aksiyalar – daromadliligi bo‗yicha 
―rag‗batli aksiyalar‖ toifasiga yaqin va kurs tafovutini tez oshib borishini 
ta‘minlovchi yosh kompaniyalar. 
―Davriy aksiyalar‖ – aksiyalarning daromadliligini o‗zining faolligi bilan 
bog‗liq tarzda sinxron o‗zgarishi asosida ta‘minlovchi kompaniyalar.
―Uxlab yotgan aksiyalar‖ – bozorni hali egallamagan, lekin o‗sishning katta 
potensialiga ega aksiyalarni chiqaruvchi kompaniyalar.
―Ishirilgan aksiyalar‖ – aksiyalari haddan tashqari yuqori baholangan 
kompaniyalar.
―Spekulyativ aksiyalar‖ – bozorda yaqinda paydo bo‗lgan aksiyalarni 
chiqaruvchi kompaniyalar (ularni imidji va tarixi yo‗q). 
―Faol bo‗lmagan aksiyalar‖ – investorlar nuqtai nazaridan nolikvid va qiziqarli 
bo‗lmagan aksiyalar emitentlari.


73 
Yuridik shaxs bo‗lan emitentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizasiya qilinadi va tugatiladi.
Ma‘lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan 
emitentlar o‗sha mamlakatda o‗rnatilgan qonunlar doirasida emission faoliyat 
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni 
(investitsiyalarni) jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning 
ahvoliga va turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo‗lishi 
mumkin.
Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari mamlakat qonunlari bilan 
o‗rnatilgan vakolatlar, maqsad, vazifa va funksiyalar doirasida emission faoliyat 
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni 
(investitsiyalarni) jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning 
ahvoliga, turiga va vakolatiga qarab makromoliyaviy, territorial va tarmoqiy bo‗lishi 
mumkin. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin