O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg‗arma hajmi va investitsiyalar likvidliligi 
ko‗paytmasi) – PI (investitsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan 
investitsiyalar hajmi ko‗paytmasi). 
Dunyoning turli mamlakatlari moliya bozorlarida investorlarning salmog‗i va 
faolliligi har hil darajaga ega bo‗lib, bu ko‗rsatkichlar asosan investitsion muhitga 
ta‘sir etuvchi ichki va tashqi omillarga bog‗liq.
Davlat organlarining investitsion faoliyati ularning mamlakatda iqtisodiy 
siyosatini yuritish maqsadida monetar va fiskal siyosatlari asosida amalga oshiriladi. 
Huddi shu maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va 
professional moliya instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar 
bilan 
birga 
vakolatli 
davlat 
organlari 
moliya 
bozorini 
tartiblashtirishni 
(muvofiqlashtirish va nazorat qilishni) amalga oshiradi.
Investorlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarga investitsiyalar qiluvchi 
va ularni real bazisiga bo‗lgan ekvivalentlilik darajasini obyektiv belgilovchi shaxs 
va institutlar rolini bajaradi. O‗z navbatida bir vaqtning o‗zida investitsiyalar ularni 
amalga oshiruvchi investorning biznes sifatini aks ettiruvchi bozor kapitali rolini 
bajaradi.
Investitsiyalar 
obyektini, 
shakli va miqdorini tanlash mas‘uliyati 
(tavakkalchiligi) investorning o‗z zimmasida bo‗ladi, shunga muvofiq moliyaviy 
instrumentlarga, shu jumladan aksiyalarga qilingan o‗z investitsiyalarini himoyalash 
uchun pirovard mas‘uliyat (tavakkal) ham investorning (aksiyadorning) zimmasida 
bo‗ladi. 


79 
Jahon moliya bozorining eng faol investorlaridan portfelli investorlar 
hisoblanib, ularning asosiy faoliyati investitsiyalar portfelini samarali shakllantirish 
va boshqarishdir.
Investitsiyalar portfeli – ma‘lum bir maqsadli investitsion siyosat talabiga 
javob berish asosida shakllantirilgan moliyaviy instrumentlar to‗plami. Umuman 
olganda, investitsiyalar portfeli na faqat moliyaviy instrumentlardan, balki 
aktivlarning boshqa turlaridan ham iborat bo‗lishi mumkin, masalan, ko‗chmas 
mulklardan, kreditlardan, polislardan, zakazlardan va h.k. Portfellar jamg‗arma va 
kapitalni jamlash vositasi sifatida namoyon bo‗ladi. Investitsiyalar portfelining 
asosiy maqsadi – investorlar mablag‗ini investitsion obyektlarga (jumladan 
moliyaviy instrumentlarga) yo‗naltirish asosida rejalashtirilgan daromadni past 
(yuqori) risklarda olish.
Portfelli investorlar – investitsiyalar portfelini shakllantirib boshqaruvchi 
investorlar.
Yuqorida keltirilgan tasnifda ko‗rsatilganidek, portfelli investorlar strategik-
portfelli i spekulyativ-portfelli bo‗lishi mumkin.
Strategik-portfelli investorlar o‗z mablag‗larini uzoq strategik istiqbolga qarab 
ko‗proq bazaviy qimmatli qog‗ozlarning yirik paketlariga yo‗naltirsalar, strategik-
portfelli investorlar strategiyasi esa bozorda vujudga keluvchi arbitraj imkoniyatlari 
asosida shakllantiriladi (ya‘ni, bozor konyunkturasi bo‗yicha kurslar tafovutida 
spekulyativ operatsiyalar bajarish evaziga). Strategik-portfelli investorlar asosan 
ma‘lum bir tarmoqdagi kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‗lib, bu 
tarmoq doirasida o‗zlarining strategik investitsion manfaatlari asosida strategiyalarini 
yuritadilar. Bundaylarga, masalan, aralash xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari, TNK 
va h.k. kiradi.
Har ikkala turdagi portfelli investor ham investitsion mablag‗lar, kapital 
akkumulyatori bo‗lib, iqtisodiyotning real sektorini investitsiyalar uchun samarali 


80 
raqobat asosida rivojlantirish masalasi yechimini ta‘minlaydi. Bunda har 
ikkalasining strategiyalari bozor indikatorlariga bog‗liq holda amalga oshiriladi.
Spekulyativ-portfelli investorlarga investitsiya, pensiya, sug‗urta fondlari, 
moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklar kiradi. Ularning maqsad va 
manfaatlari moliya bozorini rivojlantirish bo‗yicha jamiyat manfaatlari bilan 
obyektiv mos keladi, bozor risklari va bunda jamiyat istaklarini adekvat aks 
etadi. Bunda ular asosan portfellari bo‗yicha yuqori daromadlilik va likvidlilikni 
ta‘minlaydilar, mos ravishda quyidagilar bilannamoyon bo‗luvchi rolni bajaradi:
- emitentlar holatining obyektiv ―barometri‖, demak, iqtisodiyotning real 
sektorini ham;
- moliya bozori orqali real sektor investitsion loyihalarini moliyalashtirishning 
arzon va samarali manbai;
- moliya bozori orqali iqtisodiyotning tarmoqlari bo‗ylab investitsion 
resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayoni regulyatori.
Umuman olganda, portfelli investorlar o‗z kapitalini moliya bozor-lari (fond 
bozorlari) orqali yo‗naltirib, milliy iqtisodiyotni obyektiv baholaydi va raqobatli 
kreditlaydi. shu bilan ular mablag‗larini bir loyihaga to‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiya 
qiluvchi investorlardan (qisqacha – to‗g‗ri investorlar) farqlanadi. To‗g‗ri investor 
uchun investitsion loyiha tarixi va kredit oluvchi kompaniya bilan sheriklik 
hissiyoti katta ahamiyatga ega bo‗lib, portfelli investor (strategik-portfelli 
investorlardan 
tashqari, 
chunki 
ular 
tarmoq 
kompaniyalariga 
bozor 
konyunkturasiga 
qarab 
ko‗pincha 
o‗zlarining 
rivojlanish 
tartiblarini 
majburlaydilar) uchun esa bu masalalar unchalik ahamiyat kasb etmaydi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin