99
Davlat moliya institutlari faoliyatining maqsadi, vazifalari, funksiyasi, faoliyat
mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment –
davlat kapitali va xizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular kredit-
pul, budjet-soliq, investitsiya, emissiya
siyosatlarini yurituvchi, demak davlatning
moliyaviy instrumentlari va resurslari bilan bog‗liq operatsiyalar institutlari va davlat
regulyatori, davlatning moliyaviy resurslari va instrumentlari akkumulyatori va mos
ravishda yirik investitsiyalar manbai,
institutsional investor, professional emitent va
vositachi sifatida namoyon bo‗ladi.
Ko‗rinib turibdiki, davlatning bo‗nday moliya institutlari banklar, sug‗urta
kompaniyalari va investitsiya institutlari bilan birga
moliya bozorining professional,
o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli na faqat qatnashchilaridan, balki regulyatori
hisoblanadi.
Shunday qilib, davlatning vakolatli moliya institutlari umuman iqtisodiyotda,
xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- monetar (kredit-pul) va budjet-soliq (fiskal)
siyosatlarini mamlakatning
iqtisodiy va ijtimoiy o‗sishi yo‗lida uyg‗unlikda ta‘minlovchi regulyativ institutlar;
- davlat ehtiyojlari va iqtisodiyot subyektlari uchun pul, valyuta, kredit, boshqa
moliyaviy instrumentlar va resurslar bilan bog‗liq operatsiyalar bo‗yicha professional
tarzda faoliyat yurituvchi institutlar;
- moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik investitsiyalar
manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- pul (faqat Markaziy bank) va davlat qimmatli qog‗ozlari emitenti
(belgilangan tartibda);
- vakolatli davlat kompaniyalari (masalan,
Markaziy depozitariysi, budjetdan
tashqari fondlari va h.k. kompaniyalari) va tashkilotlari (Davlat mulki Qo‗mitasi,
Davlat soliq va bojxona Qo‗mitalari, tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi va h.k.) orqali
moliya bozoriga regulyativ ta‘sir qiluvchi va professional xizmat ko‗rsatuvchi institut
va h.k.
100
Moliya bozorida davlat o‗zining qimmatli qog‗ozlari emitenti va zarur
obyektlarni moliyalashtiruvchi sifatida quyidagi maqsadlarni ko‗zlaydi:
- joriy budjet defitsitini (kamamadini) moliyalashtirish;
- avval chiqarilgan qarz majburiyatlarini so‗ndirish;
- davlat budjetining kassa ijrosini ta‘minlash;
- soliq to‗lovlarining notekis tushumini tekislash;
- tijorat banklarini likvid rezerv aktivlar bilan ta‘minlash;
- davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan
amalga oshirilayotgan
maqsadli loyiha dasturlarini moliyalashtirish;
- ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilot va muassasalarni qo‗llab-quvvatlash va h.k.
Aytish joizki, pul emissiyasi ham davlat siyosatining instrumenti (soliqqa
tortish darajasi va davlat haridlari singari) hisoblanadi. Ushbu funksiyani Markaziy
bank amalga oshiradi. Bunda u quyidagi regulyativ instrumentlarda foydalanadi:
ochiq moliya bozorlaridagi operatsiyalar, banklar uchun
majburiy rezerv miqdorini
belgilash, qayta moliyalashtirish stavkasini o‗rnatish.
Umuman olganda, davlat o‗z harajatlarini moliya bozori orqali quyidagi uch
usul bilan moliyalashtirishi mumkin: soliq tushumlarini oshirish, aholidan qarz
mablag‗larini jalb qilish, qo‗shimcha pul chiqarish (inflyatsiya xavfini hisobga olgan
holda).
Dostları ilə paylaş: