96
-qimmatli qog‗ozlarni begonalashtiruvchidan (sotib oluvchidan) olingan
hujjatlarni tekShirish, ro‗yxatga olish va
hisobga olish;
-mijozlardan olingan hujjatlarni ro‗yxatga olish va hisobga olish;
-qimmatli
qog‗ozlarni
begonalashtiruvchiga
xizmat
ko‗rsatayotgan
depozitariyga qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha huquqlarning o‗tishiga asos hisoblanuvchi
hujjatlarni yyetkazib berish va taqdim etish;
-imzolar taqdim etilgan hujjatlarda ko‗rsatilgan shaxslar (ularning vakillari)
tomonidan qo‗yilganligini kafolatlash;
-operatsiyalar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni qabul qilish;
-begonalashtiruvchining
(sotib
oluvchining)
xizmat
ko‗rsatuvchi
depozitariydan
shartnomaga
muvofiq
olingan
qimmatli
qog‗ozlarni
begonalashtiruvchiga (sotib oluvchiga) yyetkazib berish va taqdim etish.
Begonalashtiruvchi (sotib oluvchi)ning qimmatli qog‗ozlar transfer-agenti
bilan munosabatlari shartnoma asosida tartibga solinadi.
Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining
faoliyati deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda
qatnashish imkoniyatini beruvchi arizalar
qabul qilish punktlari, maxsus kompyuter
savdo tizimlaridan foydalanishning belgilangan qoidalari bo‗yicha qimmatli
qog‗ozlar savdosini tashkil qilish faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari savdolar tashkil kilish, shuningdek birjadan tashqari listinglar
qoidalari qimmatli qog‗ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi tomonidan
qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi bilan
kelishgan xolda belgilanadi.
Birjadan tashqari listing - qimmatli qog‗ozlarning
birjadan tashqari savdoga
ularni birjadan tashqari byulleteniga kiritgan xolda, savdoga qo‗yishdir.
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‗rnatilgan tartibda
o‗tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta‘minlashi lozim.
Qimmatli qog„ozlarni nominal saqlovchi
97
Qimmatli qog‗ozlarni
nominal saqlovchi – qimmatli qog‗ozlarning egasi
bo‗lmagani holda, boshqa shaxsning (qimmatli qog‗ozlar egasi yoki vakil qilingan
shaxsning) topShirig‗iga muvofiq qimmatli qog‗ozlarni saqlash,
hisobga olish va
ularga bo‗lgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi reestr yuritish tizimida
ro‗yxatga olingan depozitariy.
Qimmatli qog‗ozlarni nominal saqlovchi mijozlarining qimmatli qog‗ozlari
uning kreditorlari foydasiga undirib olinishi mumkin emas.
Nominal saqlovchi markaziy registratorning talabiga binoan o‗zi nominal
saqlovchi hisoblangan qimmatli qog‗ozlar egalari to‗g‗risidagi qimmatli qog‗ozlar
egalari reystrini shakllantirish uchun zarur ma‘lumotlarni belgilangan sanaga qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishga majbur.
Nominal saqlovchi o‗zida hisobi yuritilayotgan qimmatli qog‗ozlar va ularning
emitentlari rekvizitlariga markaziy registratordan olingan ma‘lumotlar asosida
o‗zgartirishlar kiritadi.
Nominal saqlovchi reystr yuritish tizimiga taalluqli axborotlarning
ishonchliligi, to‗laligi va o‗z vaqtida markaziy registratorga taqdim etilishi yuzasidan
javobgarlikka ega.
Qimmatli qog„ozlar bozoriga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Qimmatli qog‗ozlar bozoriga oid qonun hujjatlarining
buzilishida aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‗ladilar.
Qimmatli qog„ozlar bozori professional ishtirokchilari emitentlar bilan ishlagan
chog„idagi javobgarligi
Qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq
investorlar oldida ularga etkazilgan zarar uchun quyidagi holatlar bo‗yicha mulkiy
javbogar:
- investorlar talabiga asosan qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan ma‘lumotlarni
taqdim qilmaslik yoki noto‗g‗ri ma‘lumotlar
taqdim qilish;
- qimmatli qog‗ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish;
98
- qimmatli qog‗ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli
qog‗ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilmagan
chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada bo‗lishi qonun bilan taqiqlangan
qimmatli qog‗ozlarning reklamasi uchun;
- investorlar bilan ularning qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini
himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan huquqlarini
cheklaydigan,
emitentlar
va
qimmatli
qog‗ozlar
bozori
professional
ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;
- aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‗ozlar bozoridagi
boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar, qimmatli qog‗ozlarning
emitentlari, qimmatli qog‗ozlarga doir narxlar to‗g‗risida, shu jumladan reklamada
qasddan buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yo‗li bilan investorlarni qimmatli
qog‗ozlarni sotib olish va sotishga da‘vat qilganlik uchun;
- investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan
tuzilgan shartnomada qayd
etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.
Dostları ilə paylaş: