O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


moliya bozorlarida banklarningfaoliyati tasnifi va tavsifini keltira oladi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

moliya bozorlarida banklarningfaoliyati tasnifi va tavsifini keltira oladi; 

moliya bozorlarida sug„urta tashkilotlarining faoliyati bilib oladi; 

moliya bozorlarida investitsiya institutlarining faoliyatini farqlay oladi; 
1. Moliya bozorlarida sug„urta tashkilotlarining faoliyati va roli 
Umuman olganda, sug‗urta – bu moliyaning alohida shakli bo‗lib, hayotda va 
bozor iqtisodiyotida ma‘lum bo‗lgan risklarni kelishilgan haq evaziga qabul qilib 
kompensatsiyalashdan iborat moliyaviy faoliyat turi hisoblanadi. Moliya bozorida 
bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan turli 
mulkchilik shaklida tuzilgan sug‗urta tashkilotlari (kompaniyalari) amalga oshiradi. 
Bunda sug‗urta kompaniyalari tijorat tashkilotlari sifatida ma‘lum risklarga moyil 
bo‗lganliklari sababli, ular o‗zlariga qabul qilgan risklarni boshqa o‗hShash, lekin 
yirik va nufuzli, sug‗urta kompaniyalari yordamida qayta sug‗urtalaydilar.


84 
Sug‗urta kompaniyalari faoliyatining hossa va xususiyatlari evaziga moliya 
bozori tarkibida alohida segment – integrallashgan sug‗urta xizmatlari bozori faoliyat 
yuritadi va rivojlanadi.
Agar sug‗urta kompaniyalari aksiyadorlik kapitali asosida tuzilgan bo‗lsa, unda 
ular aksiyalar emitenti sifatida ham namoyon bo‗ladi. Fond bozoridagi emission 
faoliyati doirasida ular boshqa turdagi qimmatli qog‗ozlarni ham belgilangan tartibda 
chiqarishga haqli.
Ko‗rinib turibdiki, sug‗urta kompaniyalari banklar va investitsiya institutlari 
bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli 
qatnashchilaridan hisoblanadi.
Bu esa moliya bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy 
xavfsizlik darajasini ko‗tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini 
oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, sug‗urta kompaniyalari umuman hayotda va iqtisodiyotda, 
xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- risksizlikni (sug‗urta turlari klassifikatori bo‗yicha) ta‘minlovchi moliyaviy 
institutlar;
- moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
-institutsional investor (belgilangan tartibda);
- qimmatli qog‗ozlar emitenti (belgilangan tartibda).
Aytilganlarni xalqaro sug‗urta bozori va sug‗urta operatsiyalari rivojlanishi 
tendensiyalari asosida ko‗rish mumkin
16
.
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi sug‗urta kompaniyalari operatsiyalari va 
daromadining 60-80 foiziga orasidagi miqdori qimmatli qog‗ozlar bozorida 
shakllanmoqda (ilova 2). Daromadining qolgan qismi esa traditsion sug‗urta 
operatsiyalaridan hosil bo‗lmoqda. O‗zbekistonda ham shunga o‗hShash tendensiyani 
ko‗rish mumkin 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin