O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 O„zbekiston moliya bozorining modeli



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

4. O„zbekiston moliya bozorining modeli 
O‗zbekistonning moliya bozori mamlakatda jadal sur‘atlarda keng ko‗lamli va 
bosqichma-bosqich amalga oshiralayotgan islohatlarning mahsuli sifatida namoyon 
bo‗lgan reallik hisoblanib, o‗zining takomillashish va rivojlanish yo‗liga ega. Uni 
rivojlanishi qonuniyatlari va hususiyatlari o‗tish davriga mansub bo‗lgan 
O‗zbekistonning tanlagan rivojlanish mode-liga asoslangan. Hozirda har qanday 
o‗tish iqtisodiyotiga mansub mamlakat-lar singari O‗zbekiston uchun asosiy 
muammolar – ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalab 
qilish va industrial o‗sishni ta‘minlashdir
12
. Bu muammolarni yechishda milliy 
moliya bozorining roli va funksiyalari katta ahamiyatga ega. Chunki, jahon 
amaliyotidan ma‘lumki, aynan moliya bozori milliy iqtisodiyotning xalqaro miqyosda 
raqobatbardoshligi, xavfsizligi va barqarorligini ta‘minlash uchun investitsiyalarni 
jalb qilish, real sektorni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda va umuman 
iqtisodiyotda o‗sishni rag‗batlantirish maqsadida moliyaviy resurslarni jalb qilishning 
samarali mexanizmidir.
12
―Ишлаб чиқаришни модернизациялаштириш, техник ва технологик қайта жиҳозлаштиришни 
рағбатлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ Ўзбекистон Республикаси Президенти 
Фармони, 2007 йил 14 март, №УП-114; ―Қимматли қоғозлар бозорини янада ривожлантириш чора-
тадбирлари тўғрисида‖ Ўзбекистон Республикаси Президенти Қарори, 2006 йил 27 сентябр, №ПП-
475.


54 
Aytish joizki, moliya bozorining ochiqligi, jalbdorligigi, barqarorligi, umuman 
yuqori darajada tashkillashganligi va rivojlanganligi milliy iqtisodiyotning xalqaro 
miqyosda 
raqobatbardoshiligi 
va 
samaradorliligini 
ifodalaydi. 
Barcha 
mamlakatlarning shunday hossalarga ega bo‗lgan moliya bozorlari investitsiyalar 
maqsadida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va savdo faolligini ta‘minlash 
imkoniyatiga ega bo‗lish uchun o‗zaro raqobatlashadilar. Bunday raqobatda 
O‗zbekiston moliya bozorining hozircha kichik bo‗lsada ham o‗ziga xos o‗rni bor 
bo‗lib, bosqichma-bosqich jahon moliya bozorlarini erishgan hossalari darajasi tomon 
takomillashib va rivojlanib bormoqda. Tabiiyki, ko‗pchilik rivojlanayotgan (o‗tish 
iqtisodiyotiga mansub) mamlakatlarning moliya bozorlari ham O‗zbekiston singari 
investitsiyalar maqsadida moliya resurslari uchun kuchli raqobat sharoitlarini 
boshidan kechirmoqda.
O‗zbekistonda moliya bozori modeli aralash (gibrid, qo‗shma) modelga 
mansub bo‗lib, o‗zida anglo-sakson, kontinental va Yapon modellari elementlarini 
ma‘lum darajada mujassamlashtirgan (3.3 paranrafga qaralsin). Uning hususiyati 
shundaki, unda hozircha na banklarning, na moliya institutlarining (investitsiya 
institutlari, sug‗urta tashkilotlari, fondlar), na institutsional investorlarning, na mayda 
chakana investorlarning alohida ustunligi kuzatilmaydi. Alohida segmentlarga (pul, 
valyutalar, korporativ va davlat qimmatli qog‗ozlari, sug‗urta instrumentlari, kredit 
va banklarning boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo‗lib, ular hozirda bir-biri 
bilan to‗liq bog‗liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida 
tartiblashtiriladi (muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi). Bunday organlarga 
Makaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish Qo‗mitasi huzuridagi 
qimmatli qog‗ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi 
kiradi. Moliya bozorida antimonopol siyosatni ko‗rsatib o‗tilgan organlar bilan 
birgalikda monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish va tadbirkorlikni 
qo‗llab-quvvatlash Davlat Qo‗mitasi amalga oshiradi.
Hozirda O‗zbekiston moliya bozorining infratuzilmasi ma‘lum darajada 
shakllanganligi va unda turli moliyaviy instrumentlar mavjudligi, iqtisodiyotda 
muhim, lekin muammoli ahamiyatga ega ekanligi bilan ajratib turadi. Uning 


55 
muammosi shundan iboratki, hozircha O‗zbekiston uchun yuqorida keltirilgan 
muammolarni hal qilishda faolligi kam sezilmoqda. Bunga sabab, uning rivojlanishi 
hozircha 3.1 paragrafda keltirilgan indikatorlar mezonining ijobiy miqdoriy 
ko‗rsatkichlariga to‗liq erishmaganida. Chunki moliya bozori qatnashchilarining 
faolligi sust, muomaladagi moliyaviy instrumentlarining turi kam, riskliligi va 
volatillik darajasi baland, kapitalizatsiyasi va likvidliligi past, hajmi kam, oboroti 
sekin, tartiblashtirish mexanizmi takomil emas va h.k. Bular-ning barchasi 
vaqtinchalik holat bo‗lib, kelajakda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya 
bozorlari singari raqobatbardoshlik darajasiga erishishi muqarrar.
Hozirda (2007-yilning boshi holatiga ko‗ra) moliya bozorining operatsion 
tuzilmasida uch yuzdan ziyod investitsiya institutlari, beshta birja (Respublika 
Valyuta Birjasi, ―Toshkent‖ Respublika Fond Birjasi, Respublika tovar-hom ashyo 
Birjasi, Respublika ko‗chmas mulk Birjasi, Agrosanoat Birjasi), ikkita birjadan 
tashqari elektron savdo tizimi (Banklararo savdo tizimi, ―Elsis-savdo‖ elektron savdo 
tizimi), ikki mingdan ortiq aksiyadorlik jamiyati, 28 tijorat banki (ulardan 12-tasi 
aralash mulkchilik shakligaga asoslangan banklar, 10-tasi xususiy bank, 5-tasi xorijiy 
kapital ishtirokidagi bank, 3-tasi davlat banki), 25-dan ziyod kredit ittifoqlari, 25-dan 
ziyod sug‗urta tashkilotlari, budjetdan tashqari fondlar (bandlik, pensiya, yo‗l, 
fermerlar fondari va h.k.), 1,1 milliondan ziyod aksiyador bo‗lgan ichki va xorijiy 
investorlar (ulardan 1,0 jismoniy shaxslar), budjetdan tashqari fondlar, banklar, kredit 
ittifoqlari va sug‗urta tashkilotlarining ko‗p millionli mijozlari faoliyat ko‗rsatmoqda. 
Bunda aksiyadorlik jamiyatlarining jami ustav fondi tahminan 3,0 trln. so‗mni tashkil 
etib, unga mos ravishda taxminan 3,0 mlrd. donaga yaqin aksiyalar chiqarilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida, ko‗pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda singari, 
aksiyalarning katta paketlari egalari tashkil etgan, natijada anglo-sakson modelidan, 
ya‘niShareholder capitalism” (aksiyadorlar kapitalizmi), farqli ―stakeholder 
capitalism” (―kontrol paket egalari‖ kapitalizmi) holati yuzaga kelgan. Ularda 
korporativ boshqaruv mexanizmi germancha (ikki pog‗onali, insayderlar) modelga 
asoslangan.Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion 
siyosatlarida nomutanosibliklarni kuzatish mumkin. Banklar, kompaniyalar va 


56 
sug‗urta tashkilotlarining moliyaviy holati qoniqarli va barqaror emas, risklilik 
darajasi yuqori.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida hozircha muddatli instrumentlar (derivativlar), 
munitsipal, ipoteka va boshqa turdagi tijorat qog‗ozlari (jumladan veksellar) 
segmentlari to‗liq shakllanmagan. Davlat qimmatli qog‗ozlari muomalasi Respublika 
Valyuta birjasida amalga oshiriladi. Pul, valyuta va banklararo kreditlar bozorlari 
banklar sektorida faoliyat ko‗rsatadi.
Qimmatli qog‗ozlar bozori hajmining YaIMga nisbati (kapitalizatsiya sur‘ati) 
kichik bo‗lib (1-3 foiz oralig‗ida), uning darajasi yalpi ichki investitsiyalar hajmidan 
ancha kam (tahminan 15-17 barobarga). Real sektorning pul resurslariga bo‗lgan 
talabi asosiy kapitalga qilingan ichki investitsiya-lar (masalan, 2005-yilda 3012,9 
mlrd. so‗mni tashkil etdi) hisobiga qondi-rilmoqda. Aksiyalar bo‗yicha dividendlar 
foizi va obligatsiyalar bo‗yicha foiz stavkasi yildan yilga pasayish tendensiyasiga 
ega. Aksiyalarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarining nisbati tahminan bir-biriga 
yaqin. Aksiyalar va obligatsiyalarning ikkilamchi bozorlari spekulyativ xarakterga 
ega emas. Spekulyativ portfel investorlar shakllanmagan bo‗lib, asosan strategik 
portfel investorlar mavjud.
Asosiy indikatorlar bo‗yicha O‗zbekiston moliya bozori Rossiya moliya 
bozori bir-biri bilan sezilarli farqlanadi. Masalan, Rossiyaning qimmatli qog‗ozlar 
bozori hajmi va likvidliligi 2000-2005 yillar davomida tahminan 5 barobarga oshgan. 
Bunda aksiyalar bozorining hajmi 510 mlrd. dollardan, kapitalizatsiya sur‘ati 
(YaIMga nisbatan) darajasi tahminan 50 foizdan oshgan. O‗zbekistonda aksiyalar 
bozori hajmi 2006-yilning natijasi bo‗yicha 330 mlrd. so‗mdan (ya‘ni 264 mln.doll.) 
oshdi.
Aytish mumkinki, o‗rta va uzoq muddatda O‗zbekiston moliya bozorining 
keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo‗ladi. Buning uchun unda barcha imkoniyatlar 
mavjud. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin