O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishiga asoslangan moliya bozori



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

1. Mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishiga asoslangan moliya bozori 
modellari 
Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Direktiv 
iqtisodiyot pul oqimlari va xalqaro kapitallar bozorlariga integratsiyalashuvi nuqtai 
nazaridan yopiq hisoblanadi. Misol tariqasida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. 
Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirishga qaratilgan bo‗lib 
quyidagilarni anglatadi: ―moliyaviy barqarorlashtirish‖, ―pul resurslarini 
konvertatsiyalash‖, ―spekulyatsiyani yo‗q qilish‖, ―inqirozga yuz tutgan tarmoqlarni 
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash‖, ―pul oqimlarini optimallashtirish‖, ―yagona 
partiyaning hukmronligi va yo‗lboshchiligi‖. Bulardan asosiy maqsad – davlatga 
tegishli ―bo‗yruqbozlik direktiv cho‗qqilarni‖ kuchaytirishdan iborat. Natijada, 
markazlashgan iqtisodiyotda davlat mulki, markazlashgan tarzda ho‗jalik qarorlarini 
qabul qilish, monobank tizimi hukmron bo‗ladi. Monobank tizimida barcha pul 
resurslari va moliya-kredit munosabatlar davlatlash-tiriladi. Umuman olgan 
markazlashgan direktiv iqtisodiyotda erkin ―moliya bozori‖ bo‗lmaydi, chunki uni 
keragi bo‗lmaydi. Lekin shunga qaramasdan davlatning nobozor obligatsiyalari (uzoq 
muddatli, belgilangan narxli, foizli, yutuqli) davlat harajatlari maqsadlarida 
muomalaga chiqarilgani bilan, obligatsiyalar bozori to‗g‗risida gapirish mumkin 
emas.


48 
Iqtisodiy o‗sish pul mablag‗larini markazlashgan tarzda davlat manfaati uchun 
qayta taqsimlash, budjet investitsiyalarini taqsimlash, rejali pul emissiyasi va 
inflyatsiya evaziga belgilanadi. Barchasi davlatga tegishli bo‗lgan iqtisodiyot 
subyektlarining ortiqcha pul mablag‗lari budjet harajatlarini qoplashga yo‗naltiriladi.
Fudamentalistik (diniy) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Bunday 
iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisoblanadi (Shu tufayli u 
haqda gap yuritamiz). Bu davlat Islom dini ideolo-giyasiga asoslangan 
rivojlanishning alohida milliy yo‗liga qaratilgan bo‗lib, jahon bozori va industrial 
mamlakatlardan ajralgan holda moliya bozori modelini shakllantirgan va rivojlantirib 
kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi.
Bunday iqtisodiyotning moliya sohasida budjet va Markaziy bankning roli 
gipertrofirlashgan, ustuvor tarmoqlarni dotatsion kreditlash va budjet tomonidan 
moliyalashtirish hukmronlik qiladi, foiz stavklarini subsidiyalash, kredit resurslarini 
markazlashgan tarzda taqsimlash, muammoli aktivlar va inflyatsiyani o‗sishi kabi 
holatlar hukmronlik qiladi. Natijada moliya bozori bank kreditlari tomonidan ezilib 
siqib chiqaril-gan, unda mayda chakana investorlar yo‗q. Umuman olganda moliya 
bozori infratuzilmasi rivojlanmagan, hududiy sektorlarga bo‗lingan, kapitaliza-tsiya 
darajasi past, risklar darajasi baland, moliya-bank tizimi past darajada rivojlangan. 
Diniy e‘tiqod va yopiq iqtisod bo‗lganligi sababli obligatsiya, valyuta va derivativlar 
bozorlari yo‗q. Aksiyalar bozorida asosan hukumat agenlari hisoblangan 
institutsional investorlar yoki davlat banklari faoliyat yuritadi.
Liberal iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Ma‘lumki, liberal iqtisodiyot 
ijtimoiy va iqtisodiy hayotga davlatning cheklangan aralashuvi, bozor munosabatlari 
sohasini kengligi, davlat mulkini qisqarishi, bozorlarni raqobat uchun ochiqligi, bozor 
faoliyatiga turli cheklashlarni kamligi, narx-navo va foiz stavkalari ustidan 
administrativ nazoratni kuchsizligi, bojxona bojlarini pastligi, markazlashgan 
dotatsiyalash sohasi va subsidiyalanadigan kreditlarni qisqarishi va h.k. bilan 
xarakterlanadi. Liberal iqtisodiyot moliya bozorining turli model-larida mavjud 
(anglo-saksonsk, germano-frantsuz, yapon, shved, fin, ispan va h.k.) bo‗lib, ularda 
davlatning roli, mulkchilik tizimi tuzilmasi, real sektorni moliyalash-tirish va 


49 
hakazolar farqlanadi. Bunday sharoitlarda industrial mamlakat-larning moliya 
bozorlari ochiqligi, yuqori darajada rivojlanganligi, globalligi bilan xarakterlanadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari esa rivojlanishning tez 
sur‘atlariga erishgan bo‗lsalarda, rivojlangan mamlakatlarning bozorlariga ochiqligi 
va globalligi bo‗yicha nisbatan pastroq pog‗onada turadilar. Bunga sabab, 
rivojlanayotgan mamla-katlarning yuqorida ko‗rsatilgan rivojlanishi hususiyatlari va 
sharoitlaridir.
Ko„pukladli iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Har qanday mamlakat 
iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellarning elementlari (unsurlari) mavjud 
bo‗lib, ular moliya bozorining roli va funksiyalarini ma‘lum darajada cheklashi yoki 
kengaytirishi mumkin. Masala shundaki, qanday model qaysi mamlakatda ustuvorlik 
qiladi.
Iqtisodiyotning 
ko‗pukladliligi 
ayniqsa 
o‗tish iqtisodiyotiga mansub 
mamlakatlarda (masalan, Markaziy va sharqiy Yevropa va MDH mamlakat-larida, 
Mongoliya, 
Xitoy 
va 
jumladan 
O‗zbekistonda) namoyon bo‗lgan. Bu 
mamlakatlarning iqtisodiyotlari va moliya bozorlari modellarini o‗tish davri 
sharoitlarida bir hil bo‗lishi mumkin emasligi aniq. Iqtisodiy modellari eklektikdir. 
Bunga sabab, ularda o‗tish davri bilan bog‗liq ko‗p muammolar hanuzgacha 
mavjudligi. Masalan, mulkchilik tuzilmasini shakl-lanishi, siyosiy va ideologik 
o‗zgarishlarni nihoyasiga etmaganligi, ichki bozorni ochilishida tashqi raqobatning 
kuchliligi, bozorni yuqori volatil-ligi va h.k. Unda dominantlar kam namoyon 
bo‗lgan, protektsionizm va davlatning roli kuchli, direktivlilikdan ochiq bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish jarayoni siklik (davriy) xarakterga ega. Bu jarayonda 
fundamentalistik va shovinistik g‗oyalarga og‗ishlar, alohida milliy tus berilgan 
rivojlanish yo‗lini targ‗ibot qilish, alohidalik kabi risklar va holatlar mavjud bo‗ladi. 
Iqtisodiyotning ko‗pukladliligi moliya bozoriga keskish ta‘sir ko‗rsatadi.
Rivojlanayotgan va o„tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga hos moliya 
bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari. Bunday modellarda asosan 
ko‗pukladli iqtisodiyotga hos muammolar mavjud bo‗ladi. Iqtisod-chilar bu 
muammolarni paydo bo‗lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan 


50 
iqtisodiy islohatlar natijalari va ularga ta‘sir etuvchi ko‗pgina omillar bilan 
bog‗laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi – aksiyadorlik kapitalida mulkchilik 
tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda aksiyalarning katta paketi 
asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, affilior 
shaxslari va administratsiyasida mujassamlashib qoladi. Natijada kompaniyaning 
korporativ 
boshqaruv 
mexanizmi, 
investitsion 
va 
emission 
siyosatlari 
samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko‗proq moliyalashtirishning qarz usulini 
ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega bo‗ladi, aksiyalar bozori sust 
rivojlanadi.
Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlining ko‗pchiligida moliya bozori 
kontinental modelga moslashgan bo‗lib, ularda asosan banklar katta rol o‗ynaydi. 
Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash 
mavjud.
Moliya bozorining aralash modelini 55-dan ortiq mamlakatda kuzatish 
mumkin: Isroil, Iordaniya, Xitoy, Koreya, Livan, Oman, Tayvan, Namibiya, 
Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, PolSha, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, 
Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Boliviya, Kayman 
Orollari, Urugvay, Chili, Ozerbayjon, Armaniston, Belarussiya, Ukraina, 
Kazog‗iston, O‗zbekiston kabilar.
Xorijiy banklarning sho‗ba kompaniyalari ishtirok etuvchi aralash brokerlik 
bozorlarga 12 mamlakatni kiritish mumkin: Xindiston, Pokiston, Tailand, Filippin, 
JAR, Gretsiya, Ruminiya, Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Peru.
Xorijiy banklarning sho‗ba kompaniyalari ishtirok etmaydigan aralash 
brokerlik bozorlarga 15 mamlakatni kiritish mumkin: Quvayt, Baxreyn, Malayziya, 
Mongoliya, shri-Lanka, Botsvana, Gana, Kipr, Makedoniya, Bermud Orollari, 
Kolumbiya, Salvador, Ekvador, Yamayka.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin