O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


Indekslarni hisoblash metodologiyasi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

Indekslarni hisoblash metodologiyasi 
Qimmatli qog‗ozlar bozori indekslarini hisoblash metodologiyasini ko‗rishda 
quyidagi savollarga javob topish lozim:
- fond indekslari qaysi formulalar yordamida hisoblanib topiladi;
- fond indekslarini hisoblashda foydalaniladigan informatsiya qanday 
talablarga javob beradi;
- informatsiya tarkibi o‗zgarganda yoki qandaydir korporativ voqealar sodir 
bo‗lganda fond indekslarini hisoblash formulalariga qanday qilib tuzatishlar kiritiladi.
Indeks ―modelini‖ qurishning umumiy va tan olingan metodikasi quyidagicha: 
1. Bozor tanlab olinadi. Bozor sifatida odatda alohida olingan savdo 
maydonchasi (tizimi) yoki qandaydir region (mamlakat) bozorida muomalada 
bo‗lgan qimmatli qog‗ozlar to‗plami qabul qilinadi.
2. Indeks listingiga kiritish uchun qimmatli qog‗ozlar saralab olinadi. Indeks 
egasi bo‗lgan indeks-kompaniya bozorning nufuzliligini (reprezentativliligini) 
ifodalovchi ahamiyatga sazovor bo‗lgan qimmatli qog‗ozlarni saralab olishni maqsad 
qilib qo‗yadi. Bunda qimmatli qog‗ozlarning boshqa parametrlari ham hisobga 
olinadi, masalan, ularning ichida eng asosiysi saralangan qog‗ozlarning likvidliligi 
darajasi. Odatda tanlab olingan savdo tizimining indeksi listingiga ushbu savdo 
maydonchasida muomalada bo‗luvchi barcha qog‗ozlar kiritiladi.
3. Indeksni hisoblash uchun kerak bo‗lgan parametrlarni yyetkazib beruvchi 
informatsion sheriklar tanlanadi. Odatda savdo maydonchalari yoki real bitimlar 
bo‗yicha axborot agentliklarining ma‘lumotlari ishlatiladi.
4. U yoki u qimmatli qog‗ozlarni indeksga qilgan ta‘sirini aniqlash uchun 
qimmatli qog‗ozlarni ―mutanosib vaznlashtiriladi‖. Odatda metodika sifatida bozor 
kapitalizatsiyasining mutanosiblik tamoyili (printsipi) qo‗llaniladi. Bu printsipga 
asosan, qimmatli qog‗oz bozor uchun shunchalik ahamiyatliki, qachonki uning jami 
bozor kapitalazatsiyasi darajasi yuqori bo‗lsa, va aksincha – past bo‗lsa.
5. Indeksni bevosita ikki metodikaga asosan hisoblash mumkin.
1) ―Bevosita hisoblash metodikasi‖. Ushbu metodika bo‗yicha indeks vaqtning 
har bir davridagi (momentidagi) kotirovkalardan shu vaqtning momentida (davrida) 


44 
kelib chiqqan funksiyaning natijasiga teng. Masalan, bazaviy formula sifatida 
o‗rtacha vaznlashtirilgan arifmetik qiymat tanlab olinsa, vaqtning har bir 
momentidagi indeks = summa RxV/summa V. Bunda: R – indeks listingiga kiritilgan 
barcha aksiyalar narxi; V – ularning (aksiyalarning) vazn koeffitsienti; x – 
ko‗paytiruv belgisi; / - bo‗luv belgisi.
Agar vazn koeffitsientlari 1 (birga) teng bo‗lsa, unda Dou Djons indekslarini 
hisoblash bilan bog‗liq holatni ko‗rishimiz mumkin, ya‘ni bunda indeks listingga 
kiritilgan barcha aksiyalar narxlari summasini listingdagi aksiyalar soniga bo‗lgan 
bo‗linmasiga teng. Indeks hisoblanganidan keyin ko‗pincha uni muvofiqlashtiruvchi 
koeffitsientga ko‗paytiriladi (yoki bo‗linadi).
2) ―Indeksli hisoblash metodikasi‖. Ushbu metodika bo‗yicha vaqtning har bir 
davridagi (momentidagi) virtual portfelning jami bahosi aksiyalar kotirovkalaridan 
shu vaqtning momentida (davrida) kelib chiqqan funksiyasi deb hisoblanadi. Olingan 
qiymatni shunga o‗hShab indeksni hisoblashning boshlang‗ich vaqtiga bo‗lgan 
davrga olingan virtual portfel bahosiga bo‗linadi va uni oldinggi qiymatiga 
ko‗paytiriladi (yoki portfelning oldingi qiymatiga bo‗linadi va indeksning oldingi 
qiymatiga ko‗paytiriladi). Indeksning qiymatini muvofiqlashtirish uchun shunga 
o‗xShash metodika qo‗llaniladi. 
Indikator qaysi metodika bo‗yicha hisoblanishidan qat‘iy nazar, agar u mavjud 
fond indekslari ta‘riflarga to‗g‗ri kelsa, unda u fond indeksi deb nomlanishi lozim. 
Shunday qilib, hozirgi vaqtda shakllangan indeks hisoblanishining umumiy 
metodikasi uning boshlanishida taklif etilgan metodikadan kam farqlanadi. Biroq 
barcha indekslar o‗zlariga xos bo‗lgan xususiyatlarga ega.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin