O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozorining jahon amaliyotidagi modellari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

3. Moliya bozorining jahon amaliyotidagi modellari 
Jahon amaliyotida moliya bozorining anglo-sakson, kontinental (“Reyn 
kapitalizmi”), ularni gibridi, islom modellarini ajratish mumkin. Bu modellarning 
barchasi ushbukitobning I-chi bobida keltirilgan moliya bozorining nazariy-
konseptual modellariga asoslanadi. Ma‘lumki, ular qaysi mamlakatga oid ekanligi, 
uni rivojlanganligi darajasi, undagijamiyat tomonidan tanlangan ijtimoiy-iqtisodiy 
model va mavjud mentalitetga (traditsiyalarga) hamda ulardagi omillarning (ichki va 
tashqi) ta‘siri qonuniyatlari va darajasi hamda boshqa belgilarga qarab farqlanadi. 
Lekin modellarning barchasi qaysi mamlakatda bo‗lishidan qat‘iy nazar o‗zlarining 
iqtisodiyotdagi va globallashuv sharoitlaridagi roli va funksiyalarini ma‘lum darajada 
bajaradi. Masalan, industrial mamlakatlarda moliya bozorining asosan anglo-sakson 
va (yoki) kontinental modellari bo‗yicha tuzilganini, ko‗pchilik rivojlanayotgan 
mamlakatlarda esa gibrid yoki anglo-sakson yoki kontinental (germancha) modelni, 
musulmon davlatlarida – islom modelini ko‗rish mumkin. Jumladan o‗tish 
iqtisodiyotiga mansub davlatlarda ko‗proq gibrid modelni kuzatish mumkin, ammo 
ularning infratuzilmasi samaradorligi bo‗yicha industrial mamlakatlar model-lariga 
hozircha tenglasha olmaydi. Bunda aytish joizki, bu mamlakatlarda moliya 
bozorlarining shakllanishi hususiyatlari ko‗p jihatdan ulardagi ta‘sir etuvchi 
omillarga
11
va mavjud rivojlanish sharoitlariga bog‗liqligini kuzatish mumkin.
Umuman olganda har qanday mamlakatning moliya bozori modeli unda tashkil 
topgan mulkchilik tizimi tuzilmasi va ta‘sir etuvchi fundamental omillar asosida 
shakllangan va rivojlanib boradi.
Hozirda mavjud modellarning ichida eng rivojlanagan, hajmli va mukammali 
anglo-sakson modeli hisoblanadi.
Moliya bozori modellarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) 
moliyalashtirishning 
qarz 
usulini 
(qarz 
munosabatlarini 
o‗zida 
mujassamlashtiruvchi moliyaviy instrumentlar yordamida) ulush kiritish usulidan 
11
Миркин Я.М. Рынок ценных бумаг России: воздействие фундаментальных факторов, прогноз и 
политика развития.-М.: Альпина Паблишер, 2002.-с.144-168.


47 
(aksiyadorlik kapitalini ifodalovchi qimmatli qog‗ozlar) ustunligi bilan tavsiflanuvchi 
model (bunda yirik institutsional investorlar ustun);
2) moliyalashtirishning ulush kiritish usulini qarz usulidan ustun-ligi bilan 
tavsiflanuvchi model (bunda aksiyalar bozori tarmoqiy tuzilmaga ega, chakana 
mayda investorlar ustun). 
Moliya bozori modellarini nazariyan quyidagi belgilar negizida ajratish 
mumkin:
- mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishi;
- mamlakat aholisining traditsion ma‘naviy boyliklari ukladi. 
Har ikkala belgi asosida modellar tavsifini alohida ko‗rib chiqamiz. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin