126
Risklarni vaqt omili bo‗yicha retrospektiv (o‗tmishdagi tarixiy), joriy vaqtdagi
va kelajakda sodir bo‗ladigan risklarga ajratish mumkin. Retrospektiv risklarni
baholash joriy vaqtdagi va kelajakdagi risklarni aniqroq progno qilishga yordam
beradi.
Risklarni boshqarilishi bo‗yicha ularni tashqi va ichki boshqarishga ajratish
mumkin. Risklarni tashqi faktorlarini nazorat qilish ichkisidan mushkulroq
hisoblanadi.
Sodir bo‗lish omillari bo‗yicha risklar tabiiy (abiogen, biogen),
antropogen
(texnogen, biogen), iqtisodiy va siyosiy bo‗lishi mumkin.
Siyosiy risklar – siyosiy holatni o‗zgaruvchanligi bilan belgilanadigan risklar.
Iqtisodiy (tijorat) risklari – iqtisodiyotdagi nohush o‗zgarishlar bilan
belgilanadigan risklar.
O‗z navbatida siyosiy va iqtisodiy risklar ichki va tashqi bo‗lishi mumkin.
Qamrovi bo‗yicha risklar quyidagi turlarga ajraladi:
xalqaro doirada;
mamlakat doirasida;
regional doirada;
tarmoq ichida;
korxona risklari.
Moliya bozori risklariga quyidagilarni kiritish mumkin:investitsion risk (8.3
paragrafga qaralsin), tizimli risk, tizimsiz risk, selektiv risk.
Tizimli risk – moliya bozorining qandaydir segmentidagi inqirozli holat bilan
bog‗liq risk bo‗lib, unga inflyatsion risk, qonunchilik hujjatlarini o‗zgarishi riski, foiz
stavkasi riski, ―buqalar‖ va ―ayiqlar‖ bozoridagi risk, harbiy konfliktlar riski kiradi.
Bu riskni tahlili moliya bozori segmentlaridagi holatning o‗rganib (kuzatib) sifatiy
baholash bilan bog‗liq. Lekin uning natijalari risk darajasini pasayishiga ta‘sir
ko‗rsatmaydi. Bu riskni diversifikatsiyalanmaydigan
risk ham deyiladi, investitsion
qarorlar qabul qilinishiga bog‗liq emas.
Tizimsiz risk – agregirlashgan tushuncha bo‗lib, o‗zida moliya bozori
risklarining barcha turlarini mujassamlashtiradi. Bu risk moliya instrumentlarining u
127
yoki bu turini konkret shar-Sharoitlardan kelib chiqib tanlash asosida
diversifikatsiyalanishi, pasaytirilishi mumkin. Bunday riska quyidagilar kiradi:
mamlakatdagi risk, tarmoqdagi risk,
regiondagi risk, investitsiyalash obyektlari
risklari (vaqt riski, portfel riski, to‗lov va kliring riski, operatsion risk, yyetkazib
berish riski, pul ko‗chirish riski,
biznes-risk, moliya riski, korxona riski, katastrofik
risk, boshqaruv riski,
likvidlilik riski, kredit riski, valyuta riski, sanoat riski,
konvertatsiyalanuvchi risk, dividend to‗lanmasligi riski).
Tizimli va tizimsiz risklar mazmunini mavjud adabiyotdan
20
chuqurroq
o‗rganish tavsiya etiladi.
Selektiv risk – portfel shakllantirilishi chog‗ida
moliyaviy instrumentlarni
noto‗g‗ri tanlash bilanbog‗liq risk.
Dostları ilə paylaş: