ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019
2. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o„zaro bog„liqlikdagi faoliyati Tartiblashtirish institutlari tizimi Turli mamlakatlarda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun
bosh va eng asosiy institutlar bo‗lib faqat davlat moliya organlari va yoki hukumat
tomonidan vakolat berilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Masalan, Germaniya,
Avstraliya, Kanada, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va
Ispaniyada hukumat organlari yoki qonun bilan nazarda tutilgan muassasalar.
Xususan, Kanadada qimmatli qog‗ozlar bozori provintsiyalar organlari tomonidan
tartiblashtiriladi, Yaponiyada esa avval Moliya vazirligida bo‗lgan, hozirda alohida
bo‗lgan moliyaviy xizmatlar Agentligi (makroregulyator funksiyasini bajaradi va
unga qimmatli qog‗ozlar va birja savdolari ustidan nazorat bo‗yicha Komissiya
bo‗ysunadi), AQShda qimmatli qog‗ozlar va birjalar bo‗yicha Komissiya,
Avstraliyada – qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha Komissiya, Belgiyada - bank va moliya
Komissiyasi, O‗zbekistonda – Davlat mulki Qo‗mitasi qoshidagi qimmatli qog‗ozlar
bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va h.k.
Boshqa bir mamlakatlarda esa vakolatli maxsus davlat tartiblashtirish organlari
bilan birga moliya bozori professional qatnashchilari-ning ihtiyoriy tarzda birlashgan
nodavlat notijorat tashkilotlari bo‗lgan o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar
(O‗O‗M) namoyon bo‗ladi. Lekin bunday mamlakatlarda O‗O‗M tashkilotlar moliya
bozorida ma‘lum bir tartiblashtirish funksiyalarini bajarish uchun vakolatli davlat
tartib-lashtiruvchi organi tomonidan akkreditatsiyalanib ruhsat beriladi.
AQSh misolida O‗O‗M tashkilotlar na faqat o‗zini o‗zi muvofiq-lashtiruvchi
funksiyalarni, balki bozorni tashkillashtirish funksiyasini ham bajaradi. Xususan,
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha dilerlarning Milliy assotsiatsiyasi O‗O‗M tashkilot
sifatida tuzilgan bo‗lib, unga birjadan tashqari bozor va uning elektron savdo
tizimlari (masalan, NASDAK) biriktirilgan. AQSh fond birjalari esa O‗O‗M
tashkilotlari maqomini olganlar. Bunday model Rossiyada ham qabul qilingan
(quyidagi juftliklar misolida: MMVB – NFA, RTS – NAUFOR).