O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o„zaro



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o„zaro 
bog„liqlikdagi faoliyati bilib oladi; 

muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jahon amaliyotidagi usullarni 
farqlay oladi; 
1. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish konsepsiyalari 
Umuman olganda, bozorni tartiblashtirish tushunchasi keng ma‘noda bo‗lib, 
bozorning funksional va operatsion tarkiblarini uyg‗unlikdagi faoliyatini, undagi 
barcha qatnashchilarning bozor tovari bilan bog‗liq iqtisodiy-huquqiy, ijtimoiy, 
siyosiy munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida vakolatli 
tashkilotlar tomonidan o‗rnatilgan aniq me‘yorlar majmuasiga mos ravishda 
muvofiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayonini anglatadi.
Moliya bozorini tartiblashtirish tushunchasiga mos ravishda, qimmatli 
qog„ozlar bozorini tartiblashtirish – uning funksional va operatsion tarkiblarini 
uyg‗unlikdagi faoliyatini, undagi barcha qatnashchilarning qimmatli qog‗ozlar bilan 


140 
bog‗liq barcha munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida 
vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan o‗rnatilgan 
unga oid me‘yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning 
tartibli jarayonini. Vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtirish institutlari ushbu 
bobning 2 paragrafida yoritilgan.
Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish – moliya bozori-ning 
rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari 
faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‗rnalilgan qonununchilik 
me‘yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni. 
Bu jarayonga davlat o‗zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi 
maqsad va vazifalariga mos ravishda me‘yoriy tartiblashtiruvchi ta‘sir ko‗rsatish 
asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi.
Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, 
informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi.
Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi.
Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali 
tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat 
moliya bozori orqali:
-iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni 
va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi;
-davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi; 
- moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi;
- moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.
Strategik nuqtai nazaridan sanab o‗tilgan maqsadlarga erishish milliy 
manfaatlarga qaratilgan bo‗lganligi uchun moliya bozorini tartibli rivojlantirish na 
faqat vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha 
qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. Shu sababli moliya bozorini davlat 
tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha 
qatnashchilarning, bunda ko‗p jihatdan investorlarning ishonchini ta‘minlashdan 
iboratdir.


141 
Moliya bozorini yuqorida ta‘kidlab ko‗rsatilgan tartiblashtirish jarayonida 
davlatning bosh vazifasi – milliy manfaat va milliy g‗oya doirasida moliya bozori 
faoliyatining yuqori samarali mexanizmini yaratish va unga bozorning barcha 
qatnashchilari tomonidan so‗zsiz bevosita rioya qilinishi asosida rivojlanishini 
ta‘minlashdan iboratdir. Asosiy vazifasi - investorlarning huquqlarini himoyalash va 
qonuniy manfaatlarini ta‘minlash; bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va 
shaffofliligini qonunchilik bilan belgilangan tartibda, usullarda va shakllarda 
ta‘minlash; risklarni samarali boshqarilishini ta‘minlash.
Yuqorida aytilganlar qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiyalarning Xalqaro 
tashkiloti (International Organization of Securities Comissions - IOSCO) tomonidan 
1998-yil sentabr oyida qabul qilingan ―qimmatli qog‗ozlar sohasida tartiblashtirish 
maqsadlari va tamoyillari‖ nomli bazaviy hujjatida keltirilgan maqsadlar bilan 
umuman olganda hamohang. Xususan, ushbu hujjat bilan quyidagi o‗rnatilgan: 
―tartiblashtirish ho‗ja-liklarda kapitallarni shakllanishiga va iqtisodiy o‗sishga 
ko‗maklashishi 
zarur‖, 
buning 
asosida 
qimmatli 
qog‗ozlar 
bozorini 
tartiblashtirishning uch maqsadi qo‗yilgan:
1. Investorlarni himoyalash (manipulyatsiya, tovlamachilik va insayderlik 
hollardan).
2. Bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligi (bozorda 
qatnashchilar tengligi, informatsiyaga teng va keng ega bo‗lish). 
3. Tizimli riskni pasaytirish (qimmatli qog‗ozlar industriyasida risklarni 
samarali boshqarish). 
Vakolatli tartiblashtiruvchi institutlar qonun va qonunosti hujjatlarni 
amaliyotga joriy qilib moliya bozori tomonidan ularga rioya qilinishini ta‘minlaydi. 
Bu 
hujjatlarning 
ishlashi 
chog‗ida 
vakolatli 
institutlarning 
vazifasi 
qonunbuzarliklarni aniqlash, profilaktikasini olib borish, o‗rnatilgan me‘yorlar 
doirasida tekShiruvlar o‗tkazish, ulardan og‗ishlarni aniqlab belgilangan tartibda 
choralar ko‗rish.


142 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin