O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Investitsion portfelni baholash va boshqarish asoslari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

5. Investitsion portfelni baholash va boshqarish asoslari 
Portfelni baholash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
Bozor narxini (bahosini) aniqlash (fixing):
- birja narxlarini (yopilishi bo‗yicha); 
- birjadan tashqari bozor operatorlarining narxlarini;
- bozor animatorlari (market-meykerlar) yoki brokerlarning narxlari:
- minimum 5 manbadan; 
- oddiy o‗rtachalari; 
- o‗rtacha kvotirlanib vaznlashtirilganlari.
Portfellarni boshqarishda ularni monitoringini o‗tkazish katta ahamiyatga ega. 
Uni o‗tkazishning tartibi quyidagilardan iborat:
1. Professional institut (boshqaruvchi) bilan monitoring o‗tkazish 
to‗g‗risidashartnoma tuzish. 
Portfelni aktiv (faol) boshqarish bo‗yicha monitoring shartnomasi katta 
harajatli 
bo‗lib, 
portfelni 
boshqaruvchi 
hisobidan 
tahliliyshakllantirib 
boshqarishni o‗z ichiga oladi.
Portfelni passiv boshqarish bo‗yicha monitoring shartnomasi o‗z ichiga 
mijoz topShirig‗iga assosan va hisobidan portfelni tahliliy shakllantirib 
boshqarishni oladi. uchun komission rag‗bat pulini mijoz bilan kelishilgan 
miqdorida oladi. 
2. Uzluksiz tahlilni quyidagilar bo‗yicha amalga oshirish:
• fondbozorini, uning segmentlarini va rivojlanish tendensiyalarini; 
• emitentlarning moliyaviy-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini; 


137 
• qimmatli qog‗ozlarning investitsion sifatlarini. 
Monitoringning maqsadi– qabul qilingan portfel turiga mos keluvchi 
investitsion hossali qimmatli qog‗ozlarni tanlash. 
Monitoring – portfelni aktiv va passiv kuzatish, tahlil qilish va shakllantirib 
boshqarishning asosi, investitsion daromadlarni prognoz qilish, qimmatli 
qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalarni jadallashtirish 
3. Monitoring natijalari va portfel turiga ko‗ra boshqarish taktikasini 
(strategiyasini) tanlash. Samarali taktikani tanlash ko‗pdan menejerning san‘atiga 
bog‗liq.
4. Monitoring to‗g‗risidagi shartnoma bo‗yicha hisobot tayyorlash va 
monitoring tahlil natijalari bo‗yicha takliflar berish.
Fond bozorining tez o‗zgaruvchanligi va turli omillarga ta‘sirchanligi sababli 
portfelni boshqarishda uni optimallashtirish katta ahamiyatga ega. Portfel tuzilmasini 
yaxShiilash bo‗yicha likvidlilik, daromadlilik va risk darajasi o‗rtasidagi chegarani 
topishda optimallashtirish qo‗llaniladi. Hozirda portfelni optimallashtirish uchun turli 
modellar qo‗llaniladi, masalan, Markovitts, Sharp, Blek-Shouls, ART va 
boshqalari
22
.
Optimal portfelni tanlash ketma-ketligi quyidagilar:
1) Portfelni optimallashtirish bo‗yicha monitoring to‗g‗risida shartnoma tuzish.
2) Monitoringo‗tkazish. 
3) Optimallashtirish modelini tanlash. 
4) Portfelni boshqarish bo‗yicha qaror qabul qilish maqsadida monitoring 
natijalari bo‗yicha portfel tarkibini optimallashtirish.
5) 8.5.1-8.5.4 formulalar yordamida portfelni qayta ko‗rib chiqish (―Changini 
qoqish‖, kerakli qismini yangilash). 
6) Yangilangan portfelni qayta monitoringini o‗tkazish va boshqatdan 
(yangidan) optimallashtirish (portfelni boshqarish bo‗yicha navbatdagi qarorni qabul 
qilish). 
7) Monitoring shartnomasi muddatining tugashi bilan hisobot tayyorlab taqdim etish. 
22
Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж. Инвестиции: Пер.с англ.-М.: Инфра М, 1999.-1028 с. 


138 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin