O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozori makroregulyatori konsepsiyasi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

5. Moliya bozori makroregulyatori konsepsiyasi 
Eslatish joizki, boshqa ilmiy manbalardagilardan farqli, biz ―megaregulyator‖ 
termini o‗rniga ―makroregulyator‖ so‗zini qo‗llaymiz. Chunki, bu so‗z, bizningcha, 
shaklan va mazmunan barchaga singib ketgan, tabiiy bo‗lib qolgan ―makroiqtisod‖, 
―makroindikator‖, ―makromodel‖ va h.k. kabi tushunchalar bilan ko‗proq 
uyg‗unlashib mos keladi. ―Megaregulyator‖ termini esa ko‗proq ―megapolis‖ 
24
Objectives and Principles of Securities Regulation. A Report of IOSCO, September 1998, http://www.iosco.org.; 
А.Рот, 
А.Захаров, 
Б.Златкис, 
Я.Миркин, 
Б.Борн, 
Р.Бернард, 
П.Баренбойм, 
А.Хит. 
Основыгосударственногорегулированияфинансовогорынка.-М.: ЮридическийДом «Юстицинформ», 2003.-
бб.277-280. 


149 
tushunchasining shakli va mazmuniga mosroq kelishi mumkin. Agar, har qanday 
milliy moliya bozorni faqat alohida olingan shahar yoki rayon megapolisi ichida 
emas, balki bir butun mamlakat doirasida, o‗ta rivojlangan moliya bozorlarini esa 
jahon miqyosida faoliyat yuritishini hisobga olsak, unda mos ravishda 
―makroregulyator‖ va ―metaregulyator‖ terminlari va tushunchalarini qo‗llanilishi 
to‗g‗riroq ekanini payqab olish qiyin emas. Ammo, ta‘kidlash o‗rinliki, fikrimizcha, 
mavjud ilmiy manbalarda milliy moliya bozorlariga nisbatan qo‗llanilgan 
―megaregulyator‖ tushunchasi 
mazmunan qo‗llanilishi 
bo‗yicha 
bizning 
―makroregulyator‖ terminimiz bilan bir hil ma‘noni anglatadi.
Makroregulyator – milliy moliya bozorini tartiblashtirishning alohida 
ko‗rinishda tuzilgan tashkiliy-huquqiy shakli bo‗lib, moliya bozorini samarali 
muvozanatlashtiruvchi mexanizm sifatida faoliyat yurituvchi murakkab siyosiy-
iqtisodiy-huquqiy-ijtimoiy bozor mexanizmi bilan ta‘minlangan moliya bozorini 
umummiliy darajada kompleks tartiblashtirilishini va rivojlanishini ta‘minlovchi 
murakkab tuzilmali tizimdir.
Jahon amaliyotida mavjud makroregulyatorlarni shartli ravishda ikki katta 
guruhga ajratish mumkin:
- faqat (yoki ko‗proq) nazorat funksiyalarini bajaruvchi makroregulyatorlar. 
Masalan, bundaylari Yaponiyada 1998-yildan (Financial Supervisory Agency), 
Janubiy Koreyada 1998-yildan (Financial Supervisory Comission);
- ham nazorat, ham me‘yorlashtiruvchi (tartib-qoidalarni o‗rnatuvchi) 
funksiyalarni bir vaqtning o‗ziga amalga oshiruvchi makroregulyatorlar. Masalan, 
bundaylari Buyuk Britaniyada 1997-yilda (Financial Services Autority), Avstraliyada 
1998-yilda (Australian Securities and Investments Comission, Australian Prudential 
Regulation Autority). 
Makroregulyator tendensiyasini paydo bo‗lishi munosabati bilan moliya 
bozorini tartiblashtirishning kamida ikkita modelini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Bularning har bir ma‘lum bir ijobiy tomonlarga va kamchiliklarga ega. 
Makroregulyatorlarning bir-biridan farq qilishi esa dunyoda hanuzgacha 
absolyut bir hil bo‗lgan moliya bozorining davlat tartiblashtirish tizimi yo‗qligi bilan 


150 
belgilanadi. Lekin bu holat barcha mamlakatlarda makroregulyator konsepsiyasini 
qo‗llash mumkin emas degan fikrga olib kelmasligi lozim. Ammo, bunda barcha 
makroregulyatorlarni 
o‗zaro 
garmonizatsiyalashtirish 
muammosini 
esdan 
chiqarmaslik zarur
25
.
O‗zbekistonda makroregulyatorni tuzish kelajakda moliyaviy globallashuv 
jarayonlariga osonroq va to‗liq qo‗shilish imkonini berishi mumkin bo‗lib, jahonda 
rivoj topib borayotgan quyidagi iqtisodiy tendensiyalar va nazariy konsepsiyalar bilan 
belgilanadi:
- moliya institutlar va ular instrumentlarining universallashuvi;
- moliya bozorlarining turli segmentlarida faoliyat yurituvchi moliyaviy 
konglomeratlarni tashkil topishi;
- moliya institutlarining bir-birlari o‗rtasida o‗zaro moliyaviy instrumentlar 
bilanalmashinishi; 
- milliy regulyativ normalarning o‗zaro unifikatsiyalashuvi, standartalashuvi va 
moslashuvi yo‗li bilan milliy moliya bozorlarning internatsionallashuvi va 
globallashuvi, 
moliya 
bozorlari 
qatnashchilari 
faoliyatining 
informatsion 
transparentliligi va risksizlilik darajalarini ortib borishi;
-moliyaviy instrumentlarning diversifikatsiyalanishida Internet-moliyaviy 
biznesni jadal rivojlanishi;
- moliya bozorlari industriyasi sifatini boshqarishning kompleks tizimlarini 
shakllanishi
26
;
- moliya sohasida finansometrika (sekyurimetrika)
27
va moliya injiniringini 
jadal 
rivojlanishi
28

ularning 
asosida 
banklarnikiga 
o‗hShash moliyaviy 
mahsulotlarning va sekyuritizatsiyalashgan aktivlarning hajmini tez oshib borishi;
- umuman olganda umumjahon miqyosida globallashuv jarayonlarini 
jadallashuvi bilan bog‗liq boshqa hodisa va voqeliklar.
25
Davies Howard, Chairman, Financial Services Authority. The Single Financial Market in Five Years Time: How Will 
Regulation Work?//Brussels: Speech 20 March, 2000.
26
Шохаъзамий Ш.Ш. Качество индустрии рынков: финансового и ценных бумаг.-Т.: ТФИ, 2004.-138 
с. 
27
Шохаъзамий Ш.Ш. Основы секьюриметрики.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-376 с. 
28
Шохаъзамий Ш.Ш. Основы финансового инжиниринга.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-264 с.


151 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin