147
muddatda (kunda va yilda)
tugamaydi, balki har birining vakolat muddati
boshqalarinikiga nisbatan bir yil oraliq bilan yilning 5 iyunida tugaydi, ya‘ni 5 yil
o‗tishi bilanoq (ohirgi yilning 5 iyunida) bir a‘zoning vakolati tugaydi.
Komissiyaning uch a‘zosidan ko‗pi bir siyosiy partiyaga taaluqli bo‗lishi mumkin
emas. Komissiyaning shtati bo‗lim va boshqarmalardan (jumladan, 11
regional va
okrug boshqarmalaridan) iborat bo‗lib, boshliqlari Rais tomonidan tayinlanadi. shtab-
kvartirasi Vashingtonda joylashgan.
Yaponiya qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish tajribasi
1948-yilda ―Qimmatli qog‗ozlar va birjalar to‗g‗risidagi‖ qonunga binoan
AQSh modeliga o‗xshash Moliya vazirligi huzurida, lekin ma‘lum darajada undan
holis va hukumat organi maqomiga ega bo‗lgan ―Qimmatli qog‗ozlar
va birjalar
bo‗yicha Komissi‖ tashkil etilgan.
1964-yilda komissiya negizida Moliya vazirligi tarkibida maxsus Byuro
tashkil etilib, uning ichiga quyidagi olti bo‗lim kirgan: Muvofiqlashtiruvchi,
kapitallar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, qimmatli qog‗ozlar
savdosi
bozorlari, fond faoliyati, nazorat bo‗limlari. Bulardan tashqari Byuro tarkibida
nisbatan mustaqil bo‗lgan quyidagi tuzilmalar faoliyat yuritgan: fond bozori bo‗yicha
Kengash, buxgalterlik hisob bo‗yicha Kengash, sertifikatsion davlat imtihoni
Komissiyasi.
Joylarda nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi 9
moliyaviy byuro, 40 moliya
bo‗limlari va Okinavani rivojlantirish Agentligining umumiy byurosi bo‗lgan.
1992-yilda Byuroning o‗rniga makroregulyator sifatida moliyaviy xizmatlar
bo‗yicha Agentlik tuzilgan.
Germaniya qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish tajribasi
1995-yilda ―Moliya bozorini rivojlantirishga ko‗maklashish to‗g‗risidagi‖
qonunga binoan federal regulyativ organ bo‗lgan ―Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha
Komissiya‖ tuzilgan. Bu organga parallel holda Frankfurt fond birjasida ―Stats-
komissariat‖ tashkil etilgan bo‗lib (bu organni stats-komissar boshqaradi), bu organ
birjalar faoliyatini tartiblashiradi (Shunga o‗hShash organ Lyuksemburgda ―Birjaviy
148
kuzatuv kengash‖ bo‗lib, u yagona va bosh regulyator hisoblanadi). Bunga
qaramasdan, Komissiya rasmiy ravishda bosh regulyator hisoblanadi.
Ammo, Germaniyada bozorning professional qatnashchilari banklar bo‗lgani
uchun, bozorni tartiblashtirishda asosiy rolni ―Banklar
ustidan Federal nazorat
palatasi‖ o‗ynaydi. Aynan shu federal organ fond bozorining barcha qatnashchilari
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. shunga o‗hShash banklarning
regulyativ organi (Bank inspeksiyasi) shvetsiyada mavjud bo‗lib, bu organ qimmatli
qog‗ozlar bozorida yagona va bosh regulyator hisoblanadi.
Shunday qilib, Germaniyada biramasiga bir nechta regulyator mavjud.
Hozirda AQSh, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Yaponiya va ba‘zi boshqa
davlatlarning qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish organlari vakillari
tomonidan qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalar ustidan nazorat qilish
bo‗yicha millatlararo organ tuzish masalasi ko‗rilmoqda, ajab
emas yaqin kelajakda
bunday xalqaro regulyator paydo bo‗ladi.
Bu borada xalqaro tashkilotlarning xizmati katta (6.5 paragrafga qaralsin).
Misol tariqasida MVF, Jahon banki, XMK, IOSCO, IHRT (6.5 paragrafdagi Xalqaro
o‗ttizlik guruhi tavsiyalariga qaralsin).
Bunda IOSCO tashkiloti tomonidan tavsiya qilingan regulyatorlarning
ikkilamchi bozorlarga nisbatan qo‗yiladigan talablarini keltirish o‗rinli24.
Ko‗rinib turibdiki, bu talablarning barchasi savdo tizimlarida transparentlik,
samaralilik, ishonchlilik va risksizlilik darajasini oshirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: