ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019
3. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish modellari Tartiblashtirish tizimlarini yana quyidagi belgilar bilan ham tasniflash
mumkin:
Pog„onalariga ko‗ra tartiblashtirish global ko‗p (5) pog‗onali (bir-biri bilan
bog‗liq tartiblashtirishning xalqaro, milliy, regionallararo, regional va munitsipal
pog‗onalari) va milliy ko‗p pog‗onali (federal, regional, munitsipal pog‗onalar)
muvofiqlashtirish va nazorat qilish modeli ko‗rinishida bo‗lishi mumkin.
Tartiblashtirish usullari bo‗yicha – administrativ, indikativ (makroiqtisodiy),
makroregulyatorli (9.5 paragrafga qaralsin) va gibrid (aralash) usullariga asoslangan
modellar. Bu modellarda moliya bozoriga umumiqtisodiy darajadagi bilvosita
(kredit-pul, budjet-soliq, ijtimoiy, valyuta, xususiylashtirish va h.k. siyosatlar
negizida) va bevosita (administrativ) ta‘sir ko‗rsatishga asoslangan bo‗lishi mumkin.
Tartiblashtirishning milliy tizimini tashkillashtirishda qabul qilingan
yondashuvlari bo‗yicha – hukumat tomonidan to‗g‗ridan to‗g‗ri tartiblashtirish
(masalan, Irlandiya, Niderlandi, Portugaliya), moliya va bank tizimlarini
regulyatorlari bo‗lmish organlar tomonidan tartiblashtirish (masalan, Belgiya,
Daniya, Yaponiya, Qozog‗iston), maxsus tuzilgan vakolatli davlat tashkiloti
tomonidan tartiblashtirish (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya,
Ispaniya va h.k.), vakolatli davlat organlari va O‗O‗M tashkilotlari bilan birgalikda
tartiblashtirish modellari.
Manfatlarni himoyalanishi bo‗yicha – davlat manfaatlariga (Pokiston, Eron),
yirik (strategik) investorlar manfaatiga (Germaniya, Fransiya, Belgiya va h.k.),
minoritar (mayda) investorlar manfaatlariga (anglo-sakson), aralash manfaatlarga
qaratilgan tartiblashtirish modellari.
Iqtisodiy tuzum shakli bo‗yicha – ochiq (barcha industrial hamda ko‗pchilik
rivojlanayotgan mamlakatlar) va yopiq (Eron, Pokiston va shu kabi yopiq ravishda
rivojlanayotgan davlatlar) iqtisodiyot modellariga asoslangan tartiblashtirish
modellari.
Moliya bozori modellari bo‗yicha – mumtoz (anglo-sakson), kontinental
(asosan germancha), yaponcha-koreyscha, islomiy (Indonezii, Malayziya, Pokiston
146
va h.k.), aralash modellarga (3.3 va 3.4 paragraflarga qaralsin) asoslangan
tartiblashtirish modellari.
Jahon
amaliyotidagi
moliya
bozorlarini
tartiblashtirish
modellari
samaradorliligini 1-chi, 2-chi va 3-chi ilovalarda keltirilgan natijaviy analitik
ma‘lumotlardan ko‗rish mumkin. Aytish mumkinki, ushbu ma‘lumotlar asosida turli
mamlakatlarda qabul qilingan tartiblashtirish modeli faoiyati sifatiga baho berish
mumkin.