165
banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi, hukumatning "bankchisi" vazifasini
o‗taydigan va pul muomalasini tartibga solib turuvchi, "banklar banki" bo‗lgan
Markaziy bank boshqarib turadi (birinchi pog‗ona). Tijorat banklari xo‗jalik
yurituvchi subyektlarga kredit – hisob – kitob yuritish xizmatlarini ko‗rsatadi, ular
passiv (o‗z shaxsiy resurslarini shakllantirish bilan bog‗liq bo‗lgan), aktiv
(omonatlarni joylashtirish operatsiyalari) hamda vositachilik (kredit bilan bog‗liq
bo‗lmagan) operatsiyalarini amalga oshiradi (ikkinchi pog‗ona).
Banklarning qimmatli qog‗ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan
iboratki, ular boshqa xo‗jalik yurituvchi
subyektlardan farqli ravishda, ushbu bozor
qatnashchisi sifatida bir yilning o‗zida bir necha vazifalarda, xususan: aksiyalar,
depozitlar va omonat (jamg‗arma) sertifikatlar hamda bank veksellari emitentlari
sifatida; boshqa xo‗jalik yurituvchi subyektlar va davlat qimmatli qog‗ozlarini sotib
oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‗z mijozlariga
maslaxatlar beradigan, depozitar
operatsiyalarini bajaruvchi, qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalar qilish uchun ularga
berilgan qimmatli qog‗ozlar va pul mablag‗larini boshqarish bo‗yicha xizmatlar
ko‗rsatadigan investitsiya muassasalari va x.k. sifatida qatnashishi mumkin. Ayni
yilda tijorat banklari fond bozori umumiy infratuzilmasining unsuridir va bu vazifada
ularning roli nihoyatda katta, chunki amalda qimmatli qog‗ozlar
bozorining xar bir
ishtirokchisi bankning xizmatisiz ish tutolmaydi, chunki u hisob – kitob raqami va
boshqa hisobraqamlarini ochadi, ularda pul mablaklarini, jumladan qimmatli
qog‗ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun ishlatiladigan mablag‗larini
saqlaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank
mijozi tomonidan veksel
yozilayotgan yilda veksel topshiriqnomasi (aval)ni berish yo‗li bilan veksel
muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit va omonat sertifikatlari va
bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish, muomaladan chiqarish uchun
javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida fond bozorini tartibga solish
tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi.
Banklarning qimmatli qog‗ozlar bozorida tutgan o‗rni turli davlatlarda
turlichadir. AQSHda banklarning qimmatli qog‗ozlar bozorida to‗g‗ridan–to‗g‗ri
operatsiyalarni amalga oshirishi va fond birjalariga a‘zo bo‗lishi taqiqlangan. 1933-
166
yilgi qonunga muvofiq tijorat banklari sanoat kompaniyalari aksiyalari va
obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etishda qatnasha olmaydi. Banklar o‗z
mablag‗larini sanoat kompaniyalari aksiyalariga investitsiya
qilishi man etilgan
bo‗lib, qarz oluvchimijozning to‗lovga noqobilligi bilan bog‗liq bo‗lgan
yo‗qotishlarning oldini olish maqsadida qilinadigan investitsiyalar bundan mustasno.
Ammo ushbu taqiq banklar tomonidan katga hajmlardagi trast operatsiyalarini
bajarish (qimmatli qog‗ozlarni mijozlarning topshiriqlari bo‗yicha boshqarish) bilan
qoplanadi, mazkur amerikacha o‗ziga xoslik banklar sanoat kompaniyalari
aksiyalariga amalda egalik qilishini ko‗zda tutadi, qonun banklarga davlat qimmatli
qog‗ozlari, munitsipal obligatsiyalarni chiqarish, turli idoralar va xalqaro tashkilotlar
tomonidan amalga oshiriladigan qarz majburiyatlarini tashkil etish, shuningdek,
mijozlar hisobidan va ularning topshiririga ko‗ra qimmatli qog‗ozlarni sotib olish
hamda sotish bo‗yicha ayrim vositachilik (brokerlik) funksiyalarini bajarish uchun
ruxsat beradi.
Bir qancha davlatlar qonunchiligida (YAponiya, Buyuk Britaniya, Kanada,
Fransiya) so‗nggi yillargacha banklarga fond birjalari ishida bevosita qatnashish man
etilar edi. Biroq hozirgi paytda ushbu mamlakatlar qonunchiligida banklarning
birjalarda ishtirok etish imkoniyatini beradigan jiddiy o‗zgarishlar ko‗zatilmoqda.
Buning aksi sifatida qimmatli qog‗ozlar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalarda banklarning faol qatnashishiga Germaniya misol bo‗la oladi, bu erda
faqat tijorat banklariga qimmatli qog‗ozlar bilan barcha
turdagi operatsiyalarni
amalga oshirish uchun ruxsat berilgan. Germaniyada sof ko‗rinishdagi brokerlik
firmalari yo‗q. Odatda, investitsiya institutlari amalga oshiradigan barcha vazifalarni
Germaniyada banklar bajaradi. Bu erda banklar eng ko‗p miqdorda obligatsiyalar
chiqaradi, ular eng yirik sarmoyadorlar hisoblanadi, davlat qimmatli qog‗ozlarining
anderrayterlari sifatida chiqadi. Banklar, shuningdek, mijozlarning hisobidan va
ularning topshirini bo‗yicha hamda o‗z shaxsiy hisobidan
bitimlarni amalga oshirar
ekan, fond bozorida vositachilik operatsiyalarini ham bajaradi. Ko‗pgina hollarda
ayni shu banklar fond birjalari a‘zolarining umumiy tarkibini shakllantiradi.
167
Ko‗pgina banklar o‗zlarining tadqiqot bo‗limlariga ega, ular mijozlarning
topshiriqlari bo‗yicha qimmatli qog‗ozlar bozori dagi vaziyatni tahlil qiladi, birja va
birjadan tashqari bozorlar konyunkturasini tadqiq etadi. Bunda iqtisodiy, siyosiy va
boshqa axborotlardan keng miqyosda foydalanadi. Ushbu tadqiqotlar asosida
investitsion taktik va strategik maslahatlarga muxtoj bo‗lgan ko‗p sonli mijozlarning
konsaltingi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: