O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Tijorat banklarining investitsiya muassasalari sifatidagi faoliyati



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

3. Tijorat banklarining investitsiya muassasalari sifatidagi faoliyati 
Bu vazifalar banklarga juda azaldan berilgan va mustaxkamlanib, hozirgi yilda 
ham saqlanib qolgan. O‗zbekiston fond bozori shakllanishi davri (1991–1994 
yillar)da ko‗pgina tijorat banklari ayni mana shu vazifaga katta e‘tibor berishgan. 
Banklar brokerlik idoralariga ega bo‗lib, ular (mijoz hisobidan va uning topshirig‗i 
bo‗yicha) fond birjasida hamda birjadan tashqari aksiyalar bozorida dilerlik va 
brokerlik operatsiyalarini amalga oshirib, buning uchun vositachilik xaqi olishgan. 
Tijorat banklari uchun korporativ qimmatli qog‗ozlar bilan savdo qilish oddiy kredit 
berishga nisbatan katta xatar bilan bog‗liqdir. SHu sababli O‗zbekistondagi ko‗pgina 
tijorat banklari, ayniqsa 1993–1995 yillarda korporativ qimmatli qotozlar bozorida 
o‗zlarini nixoyatda extiyotlik bilan tugdilar. Lekin 2000-yil boshiga kelib, 
O‗zbekistondagi banklar ushbu bozorda o‗zlarini ancha dadil his qildilar. 1996-yil 


173 
martidan boshlab kredit muassasalari davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) 
bilan dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshira boshladilar. Buning ustiga 
vositachilik xizmatlari ko‗rsatish bozorida banklar umuman olganda anchagana 
foydali holatda bo‗ldilar, chunki hozirgi yilga qadar ham DQMO bozorida faqat 
tijorat banklarigagina yo‗l ochiq. Banklarning vositachilik operatsiyalari tarkibida 
vositachilik xaqi evaziga qimmatli qog‗ozlar bilan bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish 
vazifasini alohida ajratish mumkin. Bitim yagona hisob yuritish ro‗yxati (registri)da 
qayd etiladi va bitim qatnashchilari – bank mijozlari (qimmatli qog‗ozlarni xarid 
qiluvchi va sotuvchi) ro‗yxatdan utish to‗g‗risida qayd etilgan shartnomani oladilar. 
Ro‗yxatdan o‗tkazilgan barcha bitimlar to‗g‗risidagi axborotni banklar qimmatli 
qog‗ozlar bozorini tartibga soluvchi organga davriy ravishda topshirib turadilar. 
Agar bank brokerlik operatsiyalarini amalga oshiradigan bo‗lsa, u xar bir mijoz 
uchun hisobraqam ochishi va mijozning qimmatli qog‗ozlari bilan amalga oshirilgan 
barcha operatsiyalarga doir ma‘lumotlarni yozib borishi, bunda qimmatli
qog‗ozlarning turi, operatsiyalar sanasi, sotilgan va xarid qilingan qimmatli qog‗ozlar 
ning narxi va sonini ko‗rsatishi shart. 
Ko‗pgina hollarda banklarning fond bozoridagi faoliyatini investitsiya 
kompaniyalari ish–faoliyati bilan tenglashtirish mumkin. Banklar aksiyalar, 
obligatsiyalar, depozit va jamg‗arma (omonat) sertifikatlarini chiqaradi, shu tarzda 
mablag‗larni jalb etib, resurslar yaratib, keyinchalik bu resruslarni korporativ va 
davlat 
qimmatli 
qokozlariga 
investitsiya 
qilib 
hamda 
to‗g‗ridan–to‗g‗ri 
investitsiyalarni amalga oshirib, ulardan foydalanadi. O‗zbekistonda tijorat 
banklariga anderrayting bilan shug‗ulanish man etilmagan. SHunday qilib, tijorat 
banklari investitsiya kompaniyalari vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. 
G‗arb davlatlarida banklar qimmatli qog‗ozlarni birlamchi tarqatish yilida 
qimmatli qoyuzlarni chiqarish va ularni birlamchi joylashtirishni tashkil etishda 
vositachilar sifatida faol ish olib boradi. Banklarning qimmatli qog‗ozlarni xususiy 
joylashtirish bo‗yicha vazifasi (matbuotda e‘lon qilmasdan va obunachilar keng 
qatlamining ishtirokisiz) keng tarqaldi. Rossiya Federatsiyasida, masalan, investitsiya 
banklari mavjud bo‗lmagani tufayli, tijorat banklari emitentlar uchun hujjatlarni va 


174 
qimmatli qog‗ozlar chiqarish shartlarini ishlab chiqadi, fond bozorini tartibga 
soluvchi organda qimmatli qog‗ozlar chiqarishning ro‗yxatdan o‗tkazilishini 
ko‗zatadi, sarmoyadorlarni qidirib topish bilan shurullanadi, birlamchi tarqatishni 
amalga oshiradi, qog‗ozlarni chiqarish yakuni to‗g‗risida hisobot tuzadi, qimmatli 
qog‗ozlarning sotilishini kafolatlaydi va x.k 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin