175
Markaziy banklar "banklar banki" bo‗lib, tijorat banklarining ish–faoliyatini,
xususan ularning qimmatli qog‗ozlarni sotib olish uchun ssudalar berish bilan bog‗liq
faoliyatini tartibga solib turadi. AQSHda, masalan, Federal Zaxira tizimi bitimlar ni
amalga oshirish yilida qimmatli qog‗ozlarni sotib oluvchilar tomonidan foydalanilishi
mumkin bo‗lgan qarz mablag‗lari limitini belgilaydi. Bundan tashqari, markaziy
banklar mamlakat xalq xo‗jaligida bank tizimi tomonidan pul (naqd
pulli va naqd
pulsiz) hisob–kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi, ular ham fond
bozorining holatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Markaziy banklar, "hukumat bankirlari" bo‗lib, qonunlarga muvofiq keladigan,
qimmatli qog‗ozlarni sotib olish orqali chet el investitsiyalarini repatriatsiyalashda
valyutani ayirboshlash mexanizmlarini o‗z ichiga qamrab olgan hujjatlarni ishlab
chiqadi, chet el zaemlarini chiqarish yilida garov operatsiyalarini
amalga oshiradi,
xorijiy kontragentlar bilan fond bitimlarini tuzish yilida xalqaro hisob–kitoblarning
to‗g‗riligi uchun nazoratni ta‘minlaydi.
Markaziy banklarning qimmatli qog‗ozlar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalar bilan bog‗liq bo‗lgan eng muhim vazifalaridan biri – bu pul–kredit
muomalasi orqali iqtisodietni tartibga solib turishdan iboratdir. SHu munosabat bilan
kreditni tartibga solishning mumtoz (klassik) usuli bo‗lgan qayta hisob yuritish
siyosati eng ko‗p tarqalgan siyosat bo‗lib qoldi. Qayta hisob yuritish siyosati
deganda, markaziy bank veksellarni sotib oladigan sharoitlar tushuniladi. Agar
veksellarni qayta hisoblash yilida tijorat banki mustaqil ravishda vekselnr qayta
moliyalay olmasa yoki uning o‗ziga pul kerak bo‗lsa, u birinchi darajali (birinchi
klass) veksellarni markaziy
bankka taklif etishi mumkin, markaziy bank
veksellarning ishonchliligiga shubxa qilmasa, ularni hisobga oladi. Biroq markaziy
bank tijorat bankiga vekselda ko‗rsatilgan barcha summani emas, balki hisobga olish
stavkasi miqdorida kamaytirilgan summani to‗laydi. Hisobga olish stavkasi – veksel
markaziy bankka qo‗yilgan yildan boshlab uni to‗lash muddati kelguniga qadar
saqlangan yil uchun beriladigan foiz summasidir. Boshqacha aytganda, hisobga olish
stavkasi veksellarni sotib olish uchun markaziy bankdagi foiz stavkasidir.
Markaziy
bank qayta hisoblash stavkasini pasaytirgan yilda, u tijorat banklari zaxira
176
hisobraqamlarini to‗ldirishini osonlashtiradi va bu bilan kredit ekspansiyasini
rarbatlantiradi. Markaziy bank hisobga olish stavkasini pasaytirib yoki ko‗paytirib,
muomaladagi pul massasiga ta‘sir ko‗rsatishga harakat qiladi. Tijorat banki
tomonidan ushlab qolinadigan foiz summasi bu yilda
markaziy bankning hisobga
olish stavkasidan 0,5 – 1,5 foiz yuqori bo‗ladi. Ayni mana shu farq hisobiga tijorat
banki xara – jatlari qoplanib, ularning foyda olishi ta‘minlanadi. Biroq markaziy
bankda hisobga olingan veksel qayta hisoblangan yoki rediskontlangan taqdirda,
tijorat bankining foydasi veksel oddiy hisobga olingan yildagiga nisbatan ancha kam
bo‗ladi.
Qayta hisoblash siyosati XIX asr oxiri –
XX asr boshida juda keng
ommalashgan bo‗lib, keyinchalik uning ko‗lami anchagina qisqardi. Ssuda kapitallari
bozorida moliyaviy kapital va yirik banklar xukmronlik qilgan sharoitlarda foiz
stavkalari bozor qatnashchilarining o‗zaro stixiyali kurashlari natijasida emas, balki
monopolistik kelishuv natijasida belgilanadi. Bu foiz me‘yori darajasiga ta‘sir
ko‗rsatishni o‗ziga maqsad qilib olgan qayta hisoblash siyosatining samaradorligini
cheklaydi. 30–40 – yillarda markaziy banklar J.Keyns tavsiya etgan "arzon pullar"
siyosatini, ya‘ni past foiz stavkalari va ko‗plab kreditlar berish siyosatini olib bordi.
Qayta hisoblash stavkasi Angliyada 1932–1951-yillarda 2 %
darajasida, AQSHda
1937–1948 yillarda 1% darajasida saqlanib turdi. XX asrning 50–yillarida ko‗pgina
mamlakatlarda yana faol qayta hisoblash siyosati yuzaga keldi. Ammo umuman
olganda, tartibga solishning bu usuli boshqa usullarga nisbatan sustlashdi
Dostları ilə paylaş: