O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Tijorat banklarining qimmatli qog„ozlar bozorida ishtirok etish



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

2. Tijorat banklarining qimmatli qog„ozlar bozorida ishtirok etish 
maqsadlari 
Qayd etib o‗tilganidek, qimmatli qog‗ozlar bozorining barcha qatnashchilari 
orasida banklar shu bilan farqlanadiki, ular bir yilning o‗zida fond bozorining 
qonunchilik bilan ruxsat berilgan deyarli barcha moliyaviy vositalarida: aksiya, 
obligatsiya, depozit sertifikatlari va veksellarda emitentlar sifatida qatnashishi 
mumkin. 
Banklar faoliyatida o‗z shaxsiy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish bilan 
bog‗liq bo‗lgan ish katta o‗rin tutadi. Tijorat banki ustav kapitalida bir aksiyadorning 
ulushi 2000-yil 1-yanvardan boshlab – ustav kapitalining 20 foizidan, 2001-yil 1-
yanvardan boshlab – 13 foizidan va 2002-yil 1-yanvardan boshlab – 7 foizidan 
oshmasligi kerak (davlat ulushi, shuningdek, chet el sarmoyasi ishtirokidagi banklar 
va xususiy banklar bundan mustasno). Yangitdan ro‗yxatga olinayotgan banklarning 
bank ustav sarmoyasida ishtirok etishiga yo‗l qo‗yilmaydi, chet el sarmoyasi 
ishtirokidagi banklar va shu‘ba banklar ochilayotgan hollar bunga kirmaydi. 2001-
yilga qadar tijorat banklari o‗zlariga tegishli bo‗lgan, ishlab turgan boshqa 
banklarning aksiyalar paketini sotgan bo‗lishlari kerak edi. 
Har bir bank emissiya siyosati (qimmatli qog‗ozlarni chiqarish) to‗g‗risida 
ishlab chiqilgan va Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizomiga ega bo‗lishi 
kerak, unda majburiy tartibda qo‗yidagi masalalar aks ettirilgan bo‗lishi lozim: 
bank emissiya faoliyatining strategiyasi va maqsadlari (ustav kapitalini 
shakllantirish, likvidlikni qo‗llab – quvvatlash, qarz mablarlarini jalb etish); 
bank tomonidan chiqarilishi rejalashtirilayotgan qimmatli qog‗ozlar turi va 
xillari, emissiya muddatlari; 


168 
qimmatli qog‗ozlar likvidliligi va aylanishini qo‗llab – quvvatlash; 
qarz majburiyatlarining o‗z yilida to‗lanishini ta‘minlash. 
Tijorat banklarining o‗z aksiyalarini chiqarish va ularni ochiq bozorda 
joylashtirishdan manfaatdorligi bir qancha shart–sharoitlar bilan izohlanadi. Eng 
avvalo bu – bank passivlarini shakllantirish zaruriyatidir. O‗z kapitallarini doimiy 
ravishda qadrsizlantirib turadigan inflyasiya, banklarning o‗zoq muddatli depozitlarni 
jalb etish imkoniyatidan maxrum qiladi. SHu sababli nisbatan o‗zoq muddatli 
qo‗yilmalarni amalga oshirish uchun banklar o‗sib borayotgan miqdorlarda o‗z 
kapitalidan foydalanishiga to‗g‗ri keladi. Yana shuni qayd etish kerakki, tijorat 
banklari tomonidan ustav sarmoyasini ko‗paytirish va qo‗shimcha aksiyalarni 
chiqarish, qayta tuzilmaviy o‗zgarishlar qilish – aksiyadorlarning ulushini o‗zgartirish 
uchun foydalaniladi. Nixoyat, ilgari qayd etilganidek, tijorat banki ustav 
sarmoyasining eng kichik miqdoriga qo‗yiladigan talablar, shuningdek, tegishli 
tartibga solib turuvchi tashkilotlar (Vazirlar Maxkamasi, Markaziy bank) tomonidan 
banklar uchun belgilangan iqtisodiy me‘yorlar mavjud bo‗lib, ularga rioya etish 
shartdir. 
MDH davlatlarida tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‗ozlarni chiqarish 
tartibi, odatda, qo‗yidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 
1. Emitent–bank tomonidan qimmatli qog‗ozlar chiqarish to‗g‗risida qaror 
qabul qilish. Qimmatli qog‗ozlar chiqarish to‗g‗risidagi qaror tegishli vakolatga ega 
bo‗lgan bank boshqaruv organi tomonidan qabul qilinadi. Odatda, bu 
aksiyadorlarning umumiy majlisidir. Bunda bank o‗zining so‗nggi uch moliya yili 
davomida zarar ko‗rmay ishlagan bo‗lishi, oxirgi uch yil mobaynida amaldagi 
qonunchilikni bo‗zganlik uchun davlat organlari tomonidan jazo olmagan bo‗lishi, 
kreditorlarga muddatidan o‗tgan qarzlari va budjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzi 
bo‗lmasligi kerak. Bankning ushbu talablarga javob berishini tasdiqlaydigan 
ma‘lumotlar qimmatli qog‗ozlar emissiyasi prospektida ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. 
2. Qimmatli qog‗ozlar emissiyasi prospektini tayyorlash. Qimmatli qog‗ozlar 
emissiyasi prospekti bank boshqaruvi tomonidan tayyorlanib, uning raisi va bosh 
buxgalteri tomonidan imzolanadi.Emissiya prospektida bank, uning moliyaviy ahvoli 


169 
hamda bo‗lg‗usi qimmatli qokozlarni chiqarish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar (qimmatli
qog‗ozlar to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar, ularni tarqatish shartlari va tartibi, 
qimmatli qog‗ozlarni chiqarish hisob–kitob shartlariga oid ma‘lumotlar, qimmatli 
qog‗ozlar bo‗yicha dividendlar yoki foizlarni olishga tegishli ma‘lumotlar) aks 
ettiriladi. 
3. Qimmatli qog‗ozlar va emissiya prospektini chiqarishni ro‗yxatdan 
o‗tkazish. Ushbu operatsiyani emitent–bank qonunchilikda belgilangan tartibda 
vakolatli davlat organida amalga oshiradi. 
4. Emissiya prospekyashni nashr etish va qimmatli krrozlar chiqarish 
to‗g‗risidagi xabarni ommaviy axborot vosshpalarida chop etish Buning uchun 
emitent–bank, odatda, prospektni alohida risola(broshyura) shaklida, ko‗pchilik 
xaridorlarni xabardor qilish uchun yetarlicha miqdorda nashr ettiradi. 
5. Qimmatli qog‗ozlarni sotish. Emitent–bank qimmatli qog‗ozlarni chiqarishni 
ro‗yxatdan o‗tkazib, emissiya prospekti va qimmatli qog‗ozlarni chiqarish 
to‗g‗risidagi xabarni tarqatganidan keyingina ularni sotishni boshlashi mumkin. 
Emissiya prospekti ro‗yxatdan o‗tkazilmaguniga qadar o‗z qimmatli qog‗ozlarini 
reklama qilish man etiladi. Aksiyalarni joylashtirish xaridor bilan tuzilgan muayyan 
miqdordagi aksiyalarni oldi–sotdi shartnomasiga asosan so‗mlarga sotish yo‗li bilan 
amalga oshirilishi mumkin.Bunda bank vositachilar – brokerlik firmalari bilan 
maxsus vositachilik va topshiriq shartnomalari tuzib, ularning xizmatidan 
foydalanishi mumkin. Sotilgan aksiyalarning soni chiqarilishi mo‗ljallangan va 
ro‗yxatga olish hujjatlarida ko‗rsatilgan aksiyalar sonidan oshmasligi shart. 
6. Qimmatli qog‗ozlarni chiqarish yakunlarini ro‗yxatdan o‗tkazish. Bu jarayon 
qimmatli qog‗ozlarni sotish tugallanganidan keyin amalga oshiriladi. Bank sotuv 
natijalarini tahlil qiladi va qimmatli qog‗ozlarni chiqarish yakunlari to‗g‗risida 
hisobot tuzadi, bu hisobot raxbariyat tomonidan imzolanib, bank muxri bilan 
mustaxkamlanadi (tasdiqlanadi) va ro‗yxatga oluvchi organga taqdim etiladi. Ushbu 
organ qimmatli qog‗ozlarni chiqarish yakunlari to‗g‗risidagi hisobotni ko‗rib chiqishi 
lozim, agar bu organning e‘tirozlari bo‗lmasa, hisobot va yakunni ro‗yxatga qayd 
etadi. Bordi–yu, ro‗yxatdan o‗tkazuvchi organ bankka hisobotni ro‗yxatga olishni rad 


170 
etsa, u emitentga bu haqida xat orqali ma‘lum qilishi lozim. Xatda rad etishning 
sabablari (masalan, qimmatli qog‗ozlarni chiqarish jarayonida amaldagi qonunchilik, 
bank qoidalari, yo‗riqnomalari bo‗zilgani, hisobot o‗z yilida taqdim etilmagani) aniq 
ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. 
7. Qimmatli qog‗ozlarni chiqarish yakunlarini chop etish ularni chiqarish 
to‗g‗risidagi xabar bosib chiqarilgan matbuot organida amalga oshirilishi lozim. 
Banklarning bu sohadagi strategiyasiga bank qonunchiligi katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Buyuk Britaniya, Italiya kabi mamlakatlarda qonun bank portfelida mavjud bo‗lgan 
qimmatli qog‗ozlar kurs qiymatining o‗sishi hisobiga vujudga keladigan yashirin 
zaxiralarning shakllantirilishini taqiqlaydi. Bu davlatlarda banklar o‗z balanslarida 
o‗z aktivlarining qiymatini, ularni qayta baholashni hisobga olgan xodda, albatta 
ko‗rsatishlari shart. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Yaponiya, AQSHda aktivlar 
xarid yoki nominal qiymati bo‗yicha balanslarda aks ettirilishi sababli, yashirin 
zaxiralar katta miqdorlarga etishi mumkin, bu esa, bankni shunday investitsiyalarni 
ko‗paytirib borishga da‘vat etadi. 
O‗zbekistonda banklar o‗zlarining qimmatli qog‗ozlar portfelini shakllantirishda 
ushbu 
ikkala 
usulni 
qo‗llaydilar. 
Biroq 
O‗zbekiston uchun umuman 
investitsiyalashning nisbatan qisqaroq muddatlari xosdir. 
Agressiv (tajovuzkor) siyosat kurslar va foizlarning bozorda o‗zgarib (tebranib) 
turishidan daromad olish imkoniyatlaridan eng ko‗p darajada foydalanib qolishga 
yo‗naltirilgan. Bunday strategiyani faqat katta investitsiya portfeliga ega bo‗lgan 
yirik banklargina qo‗llashi mumkin. Agressiv strategiyani muvaffaqiyatli olib borish 
uchun bank kundalik bozorni holisona baholay oladigan va unda vaziyatning 
o‗zgarishiga oid taxminlar tuzishni ta‘minlaydigan tegishli tahliliy imkoniyatlarga 
ega bo‗lishi lozim. 
Har bir bank investitsiya portfelining muayyan qismini bank tomonidan 
qo‗shma va shu‘ba korxonalarga kiritilgan paylar va ulushlar tashkil etadi. Ushbu 
qo‗yilmalardan keladigan daromad ba‘zan katta miqdorlarga etishi, ammo ayrim 
hollarda umuman bo‗lmasligi ham mumkin. Turlicha bozor tuzilmalarining 
ta‘sischilari bo‗lmish banklar ularga katta mablarlarni qo‗yilma qiladi. Masalan, 


171 
banklar investitsiya muassasalari va birjalarning ta‘sischilari bo‗lishi mumkin. 
Amalda O‗zbekistondagi xar bir bank turli yo‗nalishdagi bir yoki xatto bir necha 
investitsiya muassasalari – investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari va 
h.k 
larning 
ta‘sischisi 
bo‗ladi. 
O‗zbekistonda 
banklarga 
institutsional 
sarmoyadorlarning, ya‘ni o‗z ish faoliyatining xususiyatiga ko‗ra doimiy va katta 
miqdordagi pul mablag‗lariga ega bo‗lgan hamda ularni qimmatli qog‗ozlar 
portfeliga qo‗yilma qilishga qurbi etadigan tashkilotlarning ta‘sischilari bo‗lish uchun 
ruxsat berilgan. Banklar institutsional sarmoyadorlarning aksiyalarini sotib olib, pul 
mablaklarini jamg‗arish (akkumulyasiyalash) uchun qo‗shimcha imkoniyatga ega 
bo‗ladi, shuningdek, mijozlarning qimmatli qog‗ozlar portfelini boshqarish bo‗yicha 
o‗z operatsiyalarini kengaytiradi 
Banklar anderrayting bo‗yicha operatsiyalarni bajarayotgan yilda mablag‗larni 
qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalashga doir operatsiyalarni amalga oshiradi, ya‘ni 
bank–emitent mijozning qimmatli qog‗ozlarini joylashtira olmagan yilda, o‗z 
majburiyatlarini bajarish va mijozning ustav sarmoyasini o‗z yilida shakllantirish 
uchun bankning o‗zi mijozning qimmatli qog‗ozlarini sotib olishiga to‗g‗ri keladi. 
Ammo ushbu operatsiyalar ko‗proq nochorlik xususiyatiga ega Keyinchalik bank 
bunday qimmatli qog‗ozlarni sotib olib, ularni sotishga harakat qiladi yoki u foyda, 
shu bilan birga, dividendlar keltira boshlashi uchun emitentni boshqarishda ishtirok 
etadi. 
Banklar korxona aksiyalariga ega bo‗lib va unga kreditlar berib, o‗z 
investitsiyalarini ximoya qilish maqsadida kreditlashni davom etgirishga jalb etilishi 
mumkin. Ular o‗z obro‗sini saqlab qolish uchun korxonaning moliyaviy 
barqarorligini quvvatlab turishga majburdir qimmatli qog‗ozlarga investiyalashni 
amalga oshirishda baikning yo‗qotishlari bo‗yicha mavjud xatar asosan qisqa 
muddatlidir, lekin u bankning asosiy kapitaliga nisbatan juda yuqori bo‗lib qolishi 
ham mumkin. Bank emitent – korxonaning bankrot bo‗lishi bilan bog‗liq holda uning 
aksiyalariga ega bo‗lgani uchun zarar ko‗rishi ham mumkin, ammo bunday 
yo‗qotishlarning eng ko‗p tarqalgan sababi, bozor qiymatini noto‗g‗ri baholash va 
qim matli qog‗ozlarni o‗zoq yil davomida saqlab turishdan iboratdir. Mana shuning 


172 
uchun ham banklar uchun qimmatli qog‗ozlarga qo‗yilmalar qilishni amalga oshirish 
bo‗yicha cheklanishlar mavjud bo‗lib, ular qo‗yidagilardan iborat: 
1. bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, shu korxonaning 
boshqa qimmatli qog‗ozlariga qo‗yilmalari miqdori birinchi darajadagi bank 
regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi shart; 
2. bankning barcha emitentlar ustav kapitali va boshqa qimmatli qog‗ozlariga 
investitsiyalari miqdori birinchi darajadagi bank regulyativ kapitalining 50 foizidan 
oshmasligi kerak; 
3. bankning oldi–sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‗ozlarga qo‗yilmalari 
birinchi darajadagi bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim. 
Bank to‗g‗ridan–to‗g‗ri bevosita va bilvosita (masalan, shu‘ba korxonalar 
orqali) har qanday korxona (moliyaviy muassasalardan tashqari) ustav kapitalining 20 
foizdan ortiq qismiga ega bo‗lishi mumkin emas. 
Ammo bank qo‗yilmalariga belgilangan ushbu cheklashlar kredit ta‘minoti 
uchun taqdim etilgan qimmatli qog‗ozlarga berilgan garov huquqini amalga oshirish 
natijasida bank tomonidan olingan qimmatli qog‗ozlarga nisbatan qo‗llanmaydi. Ayni 
yilda, agar bank qimmatli qog‗ozlarni garov huquqlari amalga oshirilgan holda olgan 
bo‗lsa, ularni bir oy mobaynida sotishi kerak. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin