158
3. Хаlqаrо mоliya bоzоridаgi оpеrаtsiyalаr
Moliya bozori transparentligi deganda moliya bozori va uning barcha
qatnashchilari faoliyati to‗g‗risidagi informatsiyalarni (ma‘lumot va hisobotlarni)
ochiqligi, oshkoraligi,
aniqligi, to‗liqligi, o‗z vaqtida (belgilangan muddatlarda)
berilishi va to‗g‗riligi, umuman olganda informatsion shaffofliligi tushuniladi.
Ma‘lumot va hisobotlarlarni ihtiyoriy (zarurat asosida) va majburiy ravishda
transparentlilikning ma‘lum sifat darajasida berilishi mumkin bo‗lganlari mavjud.
Moliya bozori transparentligining bosh maqsadi investorlarning huquqlarini
himoyalash va qonuniy manfaatlarini hamda risklarini pasaytirilishini ta‘minlashga
qaratilgan bo‗lib, o‗z ichiga sifatli ochib berilishi majburiy va ihtiyoriy bo‗lgan
informatsiyalar hamda ularga qo‗yilgan qonuniy sifat talablari tizimini oladi.
Transparentlikning bosh vazifasi moliya bozorida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan har
turdagi risklar, tovlamachiliklar va qonunbuzarliklarni informatsiyalar tizimi orqali
oldini olish va pasaytirish.
Transparentlik usullari va shakllari moliya bozoriga oid qonunchilik hujjatlari
bilan belgilanadi.
Informatsiyani ochib berish shakllari turli bo‗lishi mumkin, masalan, moliya
bozori qatnashchilari to‗g‗risidagi hisobotlar va informatsiyalarning
standart
shakllari. Bunday standart shakllarda tuzilgan va to‗ldirilgan hisobot va
informatsiyalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan sifat darajasida,
muddatlarda, hajmlarda va tartibda ochib berilishi va taqdim etilishi talab qilinadi.
Transparentlilikni ta‘minlash borasida administrativ va jamoatchilik chora-
tadbirlariga asoslangan usullar qo‗llaniladi, ya‘ni,
informatsiyani ochib berishlik mos ravishda davlatning
qonunchilik hujjatlari va jamoatchilik (o‗zini o‗zi
tartiblashtiruvchi tashkilotlar) me‘yorlari
asosida
amalga oshiriladi. Ammo, bu usullarning ichida eng
ustuvori va zaruri administrativ usul hisoblanadi,
chunki jamoatchilik me‘yorlari davlat qonunlariga
to‗liq asoslanadi.
159
Informatsion
shafffoflikni
ta‘minlashga
asoslangan
tartiblashtirish
konsepsiyasiga binoan moliya bozorining barcha qatnashchilarini har qanday
faoliyati va natijalari sifat darajasida oshkora qilinishi zarur.
Shu munosabat bilan tranparentlilikning sifat
mezonini moliya bozorining
barcha qatnashchilariga nisbatan qo‗llash mumkin, ya‘ni qatnashchilarning
transparentlilik darajasi (ya‘ni adekvat informatsion transparentililik)
A(T)
Q
uning
barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, o‗zaro
adekvatliligi (to‗g‗riligi, aniqligi, o‗z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan belgilanadi.
Mos ravishda bu kriteriy (mezon) quyidagicha ifodalanadi:
min A(T)
Q
= A
T
(qonun bilan va moliya bozori tomonidan o‗rnatilgan
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‗paytmasi) –
A
R
(qatnashchi tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori
ko‗paytmasi).
Bunda informatsiyaning sifat miqdori qatnashchining
moliya bozoridagi
imidjini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ
boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko‗rsatkichlari asosida baholanishi
mumkin bo‗lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar
soni esa qatnashchi tomonidan berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar
miqdoridan kelib chiqadi.
Ta‘kidlash joizki, umuman olganda, ideal holatda mamlakatdagi
investorlarning faollilik darajasi (
F), ya‘ni (5.2 paragrafga qaralsin):
min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg‗arma hajmi va investitsiyalar
likvidliligi
ko‗paytmasi) –
PI (investitsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan
investitsiyalar hajmi ko‗paytmasi) qatnashchilarning transparentlilik darajasiga
(
A(T)
Q
) nisbiy miqdorda teng bo‗lishi lozim.
Agar bunday tenglik ta‘minlangan bo‗lsa, unda mamlakat moliya bozoridagi
investitsion muhit adekvat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: