O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


  O„zbekistonda fond birjasining rivojlanish tarixi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

3. 
O„zbekistonda fond birjasining rivojlanish tarixi 
Ayni paytda birjalarning soni asta-sekin o‗sib bordi. Ayrim ma‘lumotlarga 
ko‗ra, faqat O‗zbekistonning o‗zida 1992-yilning yoziga kelib ularning soni 36 taga 
etdi. Respublikada qabul qilingan "Birjalar va birja faoliyati to‗g‗risida"gi qonun 
birjalarga nisbatan zarur majburiy talablarni belgilagan holda, ularning faoliyatiga 
sezilarli o‗zgartirishlar kiritdi. Qonunga binoan birjaning ustav fondi 50 mln. rubldan 
kam bo‗lmasligi lozim edi. Birjalar hech qanaqa tijorat tuzilmalarini tashkil qilishi 
mumkin emas edi. Vazirliklar, idoralar, davlat qo‗mitalari va shu kabi tashkilotlar 
birjaning muassislari bo‗lishi mumkin emas edi. Ustav sarmoyasining miqdoriga 
ko‗ra "Toshkent" birjasi qonunchilik talablariga javob berdi. Biroq o‗sha yilda bu 
birja ancha nomdor bo‗lgan gijorat tuzilmalari katta miqdorining asosiy ta‘sischisi 
bo‗lib, bir necha yirik vazirliklar va idoralar birjani o‗zining muassisi edi Bu birjalar 
to‗g‗risidagi yangi qonunga zid keldi 1992-yilning oxirida "Toshkent" birjasi 
"O‗zbekinvest" – O‗zbekiston moliya–investitsiya kompaniyasi" aksiyadorlik 
jamiyatiga aylantirildi va u yangi birja – "Toshkent" O‗zbekiston Respublikasi tovar–
fond birjasi" mas‘uliyati cheklangan jamiyatning muassisi bo‗lib qatnashdi. Yangi 
birjaning tarkibida Fond bo‗limi tashkil etilib, bu bo‗lim tashkiliy–me‘eriy jihatdan 
hech bir o‗zgarishlarga duch kelmadi. Yangi birja amaldagi qonunchilikning barcha 


194 
talablariga javob berdi. Ta‘sis hujjatlarining shartlariga ko‗ra eski birjaning barcha 
a‘zolari to‗g‗ridan-to‗g‗ri yangi birjaning a‘zolari maqomini oldi. 
Fond bo‗limining "solnoma"sida quvonchli va ayanchli saxifalarni uchratish 
mumkin. Biroq O‗zbekiston qimmatli qog‗ozlar bozorining tarixidan u joy oldi, 
chunki O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil yanvardagi Farmoniga 
muvofiq, 1994-yil 8-aprelda uning negizida uning nomini, avvalgi belgisini – bir 
o‗rkachli tuya (matonatlilik va chidamlilik ramzi), fond birjalari faoliyat 
ko‗rsatishining mumtoz tamoyillariga asoslangan operatsiyalarni amalga oshirish 
qoidalariga amal qilish an‘analarini saqlab qolgan "Toshkent" Respublika fond bijasi 
tashkil etiddi. 
O‗z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab birja tarmoq dasturiy 
mahsulotlarini yaratishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish bilan 
savdolarning elektron birja tizimini barpo etish, shuningdek, aksiyalashtirish va 
aksiyalarni xarid qilish orqali mablag‗larni milliy iqtisodiyotga investitsiya qilishni 
tashviq etish bo‗yicha faol ishlarni boshlab yubordi. 
Barcha fond birjalarida bo‗lgani kabi, savdolarda ishtirok etish uchun faqat 
Moliya vazirligining qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish 
huquqini beruvchi maxsus litsenziyasiga ega bo‗lgan birja a‘zolariga ruxsat etiddi. 
Faoliyatining dastlabki yilida "Toshkent" RFB o‗z qo‗l ostiga 250 nafar a‘zolarni, shu 
jumladan, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston davlatlarining vaqillarini 
birlashtirdi, ularning deyarli to‗rtdan bir qismini xususiy shaxslar tashkil etdi. Birja 
a‘zoligiga kirish shartlari brokerlik joyining sotib olinishini va muntazam a‘zolik 
badallarining to‗lanishini nazarda tutdi. Qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar qilish 
qoidalarida savdolarda birjada ro‗yxatga olingan har bir brokerlik idorasidan uning 
to‗rtta vaqili ishtirok etishiga ruxsat berildi, ushbu vaqillardan ikkitasi bitimlarni 
tuzishda imzo chekish huquqiga ega edi. Sarmoyadorlar va jamoatchilik narxlar 
kotirovkasi to‗g‗risidagi axborotni informatsion lavxa va birja axborot bulletenlari 
yordamida olishi mumkin edi. Umumiy va maxsus birja xizmatlaridan tashqari, fond 
birjasi doirasida malaka, ekspert, kotirovka, nizolar bo‗yicha komissiyalar va 
makleriat faoliyat ko‗rsatdi. Malaka komissiyasi brokerlarning malakasini va ularga 


195 
qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar o‗tkazish uchun ruxsat etilishi mumkinligini 
belgilab berar edi. Kotirovka komissiyasi qimmatli qog‗ozlar kotirovkasini o‗tkazish 
bilan birga, birja axborot bulletenlarini tuzar edi. Nizolar bo‗yicha komissiya esa, 
savdolar o‗tkazilishi yilida yuzaga kelgan tortishuvlarni, shuningdek, bitim 
tuzilganidan keyin, birja shartnomalarining bajarilishi jarayonida sodir bo‗lgan 
bahslarni xal qilib berardi. Makleriat savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o‗tkazish 
ishlarining bajarilishini ta‘minlab turdi. 
O‗sha yilda Ekspert komissiyasi alohida rol o‗ynadi. YA‘ni u aksiyalarga 
ekspert bahosini berish bilan birga, ularning kotirovkaga va birja savdolariga 
kiritilishiga ruxsat etilishini amalga oshirdi. "Toshkent" Respublika fond birjasida 
savdolar o‗tkazishning qoidalariga binoan, barcha emitentlarning moliyaviy–xo‗jalik 
faoliyati va investitsion jozibadorligi puxta tahlil qilinib, uning natijalariga ko‗ra 
ekspert komissiyasi mazkur emitentning aksiyasini savdolarga taqdim etilgan 
qimmatli qog‗ozlar ro‗yxatiga kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qilardi. 
Qimmatli qog‗ozlar savdolariga ruxsat berish tadbiri quyidagi tarzda amalga 
oshirildi. Emitent birjaga uning qimmatli qog‗ozlarini ro‗yxatning ma‘lum bo‗limiga 
kiritish to‗g‗risidagi ariza bilan murojaat etib, ushbu arizaga listing bo‗yicha 
komissiya uchun korxona faoliyati bilan tanishib chiqish va uning moliyaviy axvolini 
baholash imkonini beruvchi hujjatlar to‗plamini ilova qilardi. Listing bo‗yicha 
komissiya tarkibiga birja a‘zolarining vaqillari, shuningdek, chetdan jalb etilgan 
buxgalterlik hisobi va moliyaviy–xo‗jalik faoliyatini tahlil qilish, bank ishi, fond 
bozorini qonun jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspertlar kiritiddi. 
Barcha emitentlar to‗rt guruhga bo‗linadi: 
13. "A" ro‗yxat – birja tomonidan talab etiladigan ko‗rsatkichlar darajasiga 
ega bo‗lgan emitentlar. 
14. "V" ro‗yxat – "A" guruhi uchun ro‗yxatdagi darajadan past 
ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan, lekin listing to‗g‗risidagi iltimosnoma bilan murojaat 
etgan va ma‘lum muddat ichida o‗z ko‗rsatkichlarini "A" guruhi darajasiga 
yetkazishga qodir bo‗lgan emitentlar. 
15. "S" ro‗yxat – "V" guruhi uchun ro‗yxatdagi darajadan past 


196 
ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan, lekin ma‘lum muddat ichida o‗z ko‗rsatkichlarini "V" 
guruhi darajasiga etkazishga qodir bo‗lgan emitentlar. 
16. "V" ro‗yxat – qimmatli qog‗ozlari yilicha, bir martalik tartibda birjada 
muomalaga chiqarilishi mumkin bo‗lgan boshqa emitentlar. 
Bunday ro‗yxatning mavjud bo‗lishi respublikada qimmatli qog‗ozlar bozori 
endigina rivojlana boshlangani bilan izohla nardi. Shuning uchun "O" ro‗yxatga "A", 
"V" va "S" ro‗yxatlariga kiritilmagan emitentlarning aksiyalari kiritilishi lozim. 
Qo‗yidagi ko‗rsatkichlar listingning mezonlari hisoblanadi: 
17. birjada qimmatli qog‗ozlar sotilishining tezligi va miqdori, 
18. real aktivlar miqdori; 
19. qimmatli qog‗ozlar soni yoki aksiyalar (aksiyalar paketlari)egalarining 
soni; 
20. jalb etilgan sarmoyaning umumiy qiymati; 
21. daromadlilik (foydalilik); 
22. daromadlilik (foydalilik); 
23. emitentning moliyaviy axvoli. 
Bunda listing ro‗yxatiga kiritilgan emitentlar ular faoliyatining o‗ziga xos 
xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‗yidagi guruhlarga bo‗lingan: 
a) ishlab chiqarish korxonalari; 
b) tijorat banklari; 
v) investitsiya fondlari (kompaniyalari). 
Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy axvoli va investitsion jozibadorligi 41 ta 
ko‗rsatkich asosida amalga oshirildi. Bunga umumiqtisodiy ko‗rsatkichlar, balans 
likvidligining ko‗rsatkichlari, likvidlik koeffitsientlari, moliyaviy barqarorlik ko‗r 
satkichlari, moliyaviy koeffitsientlar, aktivlarni boshqarish ko‗rsatkichlari, foydalilik 
(rentabellik) ko‗rsatkichlari, aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligining 
ko‗rsatkichlari. Tahlil qilish uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan edi. Tahlil 
natijalariga ko‗ra "Toshkent" Respublika fond birjasining birja axborot bulleteniga 
kiritiladigan, "A" va "V" guruhidan joy olgan emitentlardan tarkib topgan 


197 
aksiyadorlik jamiyatlarining ro‗yxati tuzilib, bu ro‗yxat "Biznes–Vestnik Vostoka" 
gazetasida har xaftada e‘lon qilinib borildi. 
1995-yilda "Toshkent" RFB Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida, 
keyinchalik esa respublikaning boshqa viloyatlari markazlarida o‗zining shu‘ba 
bo‗linmalari tarmoqlarini tashkil etdi. Bu bo‗linmalar mintaqalarda birjaning 
manfaatlarini namoyon qilish, brokerlik joylarini mustaqil ravishda sotish va 
bitimlarning 
mahalliy 
ishtirokchilari 
tomonidan 
to‗lanadigan 
vositachilik 
yig‗imlaridan tushadigan daromadlarning bir qismiga egalik qilish huquqini qo‗lga 
kiritishdi. 1995-yilning yozida birja savdolarini o‗tkazish tizimi tubdan o‗zgardi. 
Fond birjasining viloyatlardagi hududiy bo‗linmalarining soni o‗sishi munosabati 
bilan savdolar Toshkent shaxridagi Markaziy telegrafda buning uchun maxsus 
jihozlangan aniq yil mobaynidagi selektor so‗zlashuvlar zalida o‗tkazila boshlandi. 
Selektor tizim tufayli savdolarda respublikaning deyarli barcha viloyatlari brokerlari 
ish tirok etishdi. Bunda birjaning mintaqaviy bo‗linmalari mintaqadagi savdolar 
ishtirokchisining bitimni tuzish bo‗yicha amaldagi harakatini tasdiqlovchi savdolar 
tashkilotchisi rolini bajardi. 
1996-yilning mart–aprel oylarida "Toshkent" Respublika fond birjasi o‗z joyini 
o‗zgartirdi va yangi binoda faoliyat ko‗rsata boshladi. Ushbu yilga kelib Birja 
savdolarining elektron tizimini yaratish bo‗yicha ishlar tugatilib, 1996-yilning 
bahoridayoq 
birja 
uning 
mintaqaviy 
bo‗linmalaridagi 
maydonchalarining 
terminallarini qo‗shish bilan bevosita asosiy savdo zalidagi 84 ta terminaldan 
foydalangan holda aniq yil mobaynida savdolarni o‗tkaza boshladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin