O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


  «Toshkent» RFB bo„limlarining vazifalari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

4. 
«Toshkent» RFB bo„limlarining vazifalari 
"Toshkent" Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil 
etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o‗ziga xos xususiyatga ega. 
Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat 
investitsiya muassasalari bo‗lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishlari 
oralig‗idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuvchi kengash shug‗ullanadi. 
Kengashning a‘zolari Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan saylanadi. 
Birjaning joriy faoliyatini boshqarishni birja a‘zolaridan tarkib topgan Boshqaruv 


198 
amalga oshiradi, unga Rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi 
organ Taftish komissiyasi bo‗lib, uning xulosalarisiz aksiyadorlarning umumiy 
yig‗ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas. 
"Toshkent" RFBning barcha funksional bo‗linmalarini ikki guruhga bo‗lish 
mumkin. Birinchi guruh – bu oddiy korxonalarga xos bo‗linmalardir. Bunga 
qo‗yidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, birjaga to‗lanishi lozim bo‗lgan yirimlar va 
to‗lovlarning o‗z yilida kelib tushishini nazorat qiluvchi hisob–kitob to‗lovining 
moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriet xizmati, ommaviy axborot 
vositalari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi. 
Mazkur bo‗linmalarning vazifalari barchaga ma‘lum, ya‘ni istalgan boshqa xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan bir xil. Ikkinchi guruh – bu muayyan birja 
xususiyatlariga ega bo‗lgan faqat fond birjalariga xos bo‗lgan bo‗linmalar. Ularga 
qo‗yidagilar kiradi: 
24. savdolarni. tayyorlash va o‗tkazish boshqarmasi, u savdolarni tashkil 
etishga doir amalga oshiriladigan butun chora–tadbirlar majmuasiga – brokerlarni 
tenglashtirishdan tortib, to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlarni 
rasmiylashtirish bo‗yicha operatsiyalarning to‗liq tugallanishigacha javob beradi. 
Unga qo‗yidagilar kiradi: 
25. savdolarni tayyorlash va o‗tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil 
etish va o‗gkazish ishlarining to‗liq jarayonini, ya‘ni brokerlardan qimmatli qog‗ozlar 
oldi–sotdisiga doir talabnomalarni qabul qilishdan tortib, to maxsus dasturiy–texnik 
savdo majmuasi yordamida o‗tkaziladigan savdolarga xizmat ko‗rsatish ishlarini 
amalga oshiradi; 
26. bitimlarni ro‗yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati, u birjada tuzilgan 
bitimlarni ro‗yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovchi bosqichida ularning 
rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi; 
27. -XIFlar dasturiga xizmat ko‗rsatish xizmati, u maxsus kompyuter 
dasturidan foydalangan holda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini 
XIFlarga sotish bo‗yicha elektron kimoshdi savdolarining o‗tkazilishini tashkil 
etishning o‗ziga xos vazifalarini amalga oshiradi; 


199 
28. aksiyadorlar, 
birja 
a‘zolari bilan o‗zaro hamkorlik qilish va 
shu‘ba xo‗jalik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, u aksiyadorlar 
bilan 
ishlash, 
birjaga 
a‘zolikni 
rasmiylashtirish, 
brokerlik 
idoralarini 
akkreditatsiyalash, ularning pasportlarini yuritish, tashkiliy talablarga rioya etishini 
nazorat qilish (brokerlarda shaxodatnomalarning mavjudligi, a‘zolik badallarining o‗z 
yilida to‗lanishi, yil davomida brokerlik joyidan foydalanish), brokerlik joylarining 
ijara shartnomalarini, birja a‘zolarining tarkibidan chiqishni rasmiylashtirish 
vazifalarini 
amalga 
oshiradi, 
shuningdek, 
birjaning 
mintaqaviy 
shо‗ba 
korxonalarining faoliyatini nazorat qiladi; 
29. texnikaviy ta‘minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati, agrotexnikadan 
foydalanish va unga xizmat ko‗rsatish xizmati hamda aloqa xizmatidan tarkib topgan. 
Birja tizimlari xizmati qimmatli qog‗ozlar bilan savdo qilishning amaldagi 
tizimining tegishlicha ishlashini ta‘minlaydi, uning faoliyat ko‗rsatishini nazorat 
qiladi, takomillashuvi ustida ish olib boradi. Birja savdo tizimlarining rivojlanishini 
birjani faoliyat ko‗rsatishining boshlang‗ich bosqichidan (u yilda savdolar bitta 
binoda "ovoz orqali" o‗tkazildi (1994–1995y.y.)), oraliq bosqichidan (unda savdolar 
"ovoz orqali", lekin selektor aloqasi orqali birjaning viloyatlardagi mintaqaviy 
bo‗linmalarini qo‗shish bilan (1995–1996 y.y.)) boshlab va to hozirgi bosqichgacha 
(unda savdolarning elektron tizimi mavjud bo‗lib, uning faoliyat ko‗rsatishi 
zamonaviy asbob–uskuna va aloqa vositalari, shu jumladan, yo‗ldosh aloqasi bilan 
jihozlangan yagona savdo majmuasini ta‘minlaydi) ko‗zatish mumkin. 
Orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‗rsatish xizmati murakkab birja 
savdo tizimi hamda fond birjasining turli bo‗linmalarida mavjud bo‗lgan kompyuter 
parkini ta‘minlaydi. 
Ekspert–kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va metodologiya xizmatini o‗z 
ichiga olgan ekspert–tahliliy boshqarma tegishli ravishda qimmatli qog‗ozlar 
narxining birja kotirovkasi, qimmatli qog‗ozlari birja savdolarida kotirovka 
qilinayotgan yoki kotirovkaga taqdim qilingan emitentlarning moliyaviy–xo‗jalik 
faoliyatini tahlil qilish; o‗tgan savdolar haqida turli xil hisobotlar va ma‘lumotlarni 
tayyorlash (birja aylanmalarini viloyatlar, tarmoqlar, uyushmalar, konsernlar, 


200 
birlamchi hamda ikkilamchi bozorlar va shu kabilar bo‗yicha guruhlash) bilan bog‗liq 
ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va o‗zoq xorij fond birjalarining ish 
tajribalarini ham qonuniy, ham texnikaviy nuqtai nazardan, shuningdek, uni mahalliy 
sharoitlarda qo‗llash imkoniyatlarini tadqiq qilish. 
Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alohida o‗rin tutadi. 
Ular, odatda, fond birjasining xodimlari – yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan 
tarkib topadi. 
Ekspert–kotirovka komissiyasi qimmatli qog‗ozlarning birja savdolarida 
kotirovka qshshnishiga ruxsat etilishi imkoniyatlarini aniqlaydi, listing, delisting, 
relisting va shu kabi tadbirlarni amalga oshiradi. 
M a l a k a komissiyasi tegishli imtixonlarni o‗tkazish yo‗li bilan brokerlarga 
birja savdolarida qatnashish uchun ruxsat berish imkoniyatlarini aniqlaydi. 
N i z o l a r bo‗yicha komissiya savdolarni o‗tkazish, bitimlarni ijro etish 
jarayonida brokerlar o‗rtasida, brokerlar va ularning mijozlari o‗rtasida, mijozlar va 
birjaning mutaxassislari o‗rtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal etish bilan 
shu g‗ullanadi. 
Intizomiy komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va birjaning boshqa asosiy 
hujjatlari bo‗zkunchilarining aybdorlik darajasini aniqlaydi hamda tegishli jazolarni 
tayinlaydi, jazolarning ijro etilishini nazorat qiladi. 
"Toshkent" Respublika fond birjasi respublikaning har bir viloyatida o‗zining 
shо‗ba bo‗linmasiga ega. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin