O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

1. Valyuta birjalari tushunchasi 
Xorijiy valyuta bu yangi g‗oya emas. Har xil pullarni ayirboshlash dastlabki 
tanga pullar paydo bo‗lgan paytdan boshlab pulning asosiy funksiyalaridan biri 
sanaladi. Xorijiy valyuta bilan bitimlarning boshlanishi sifatida 1550-yillarda 
Lombardiyada pul ayirboshlashni hisoblash mumkin. Biroq xorijiy valyutani sotib 
olish Oltin standarti vujudga kelgan 1880-yilgacha shaklan umuman boshqacha, 
bugungiga o‗xshamagan ko‗rinishda bo‗lgan. 
XX asrda xorijiy valyuta bilan bog‗liq masalalar ikkita bir-biriga qarama-
qarshi tizim: qat‘iy belgilab qo‗yilgan tizim yoki o‗zgaruvchan valyuta kursi tizimi 
nuqtai nazaridan, ko‗proq ikkala tizimni hisobga olgan holda yechilgan. 


203 
Valyuta birjasi – milliy valyutalarning tashkillashtirilgan bozori. Unda milliy 
valyutalar o‗rtasidagi talab va taklif ta‘siri ostida vujudga keladigan kurs nisbatidan 
(kotirovka) kelib chiqib valyutalar erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Valyuta 
birjasida kotirovka ayirboshlanadigan valyutalarning xarid layoqatiga bog‗liq, u esa, 
o‗z navbatida, emitent mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat bilan belgilanadi. Valyuta 
birjalaridan operatsiyalar u yerda ayirboshlanadigan valyutalar konvertatsiyalanishiga 
bog‗liq. Birjalarning bu turiga klassik birja savdosining barcha elementlari xosdir. 
Xorijiy valyuta birjasi bu – valyuta sotuvchi va xaridorlarining katta, butun dunyoni 
qamrab oladigan, ko‗p sonli moliya markazlarida harakat qiladigan tarmoqdir. Butun 
dunyoda kuniga taxminan 500 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi bitimlar amalga 
oshiriladi. Biroq real (jismoniy) valyuta ayirboshlash kamdan-kam hollarda ro‗y 
beradi. Telefon, teleks va kompyuterlar axborotni lahzada yetkazish va bitimni 
hujjatlar bilan rasmiylashtirgan holda tartibga solishga imkon beradi. 
Xorijiy valyuta savdosining uchta asosiy markazi bu London, Nyu-York va 
Tokio shaharlari hisoblanadi. hajmi bo‗yicha eng katta operatsiyalar Londonda kun 
yarmiga etgan paytga to‗g‗ri keladi, bu paytda Yevropa va Amerikada ish kuni bir-
biriga to‗g‗ri keladi. 
Asosiy valyuta birjachilari quyidagilar hisoblanadi:
- Banklar, o‗ziga xos «ichki bank birjasi» tashkil qilgan holda. Banklar xorijiy 
valyuta sotish yoki sotib olish istagida bo‗lganlar o‗rtasidagi tabiiy vositachilar 
hisoblanadi va butun dunyo bo‗ylab o‗z mijozlari uchun himoyalovchi valyuta 
bitimlarini amalga oshiradi.
- Sotuvchi va xaridor o‗rtasida bitim samaradorligini ancha oshirib, vositachi 
sifatida ishtirok etadigan xorijiy valyuta brokerlari.
- Jahon savdosida ishtirok etadigan kompaniyalar bitimlarni amalga oshirish 
uchun xorijiy valyutaga ehtiyoj sezadi. Kompaniyalar xorijiy valyuta bilan bog‗liq va 
odatiy birja operatsiyalarining natijasi hisoblangan riskni chegaralashga harakat 
qiladi, ba‘zida chayqov maqsadlarida valyuta operatsiyalarida ishtirok etadi. 


204 
- Xalqaro kapital qo‗yilmalar sohasidagi menejerlar ularning qimmatli 
qog‗ozlari maksimal foyda keltirishini doimiy kuzatib turgan holda, qimmatli 
qog‗ozlarni bir valyutadan boshqasiga o‗tkazadilar.
- Markaziy banklar mamlakat xorijiy valyutasining asosiy egasi hisoblanadi va 
zarurat tug‗ilgan hollarda mamlakat hukumatini moliyalashtiradi. Markaziy banklar 
milliy valyuta qiymatining tebranishlarini yumshatish maqsadida ko‗pincha valyuta 
birjasida vositachi sifatida qatnashadi, ba‘zida esa milliy valyutaning qadrsizlanishi 
bilan bog‗liq salbiy jarayonlarni ortga qaytarishga harakat qiladi. 
Valyuta bitimlari bilan birja operatsiyalari orasida AQSH dollari bilan 
operatsiyalar eng katta hajmga ega. Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan 
mamlakatlarnning valyutalari konvertatsiyalanadigan valyuta deb ataladi va butun 
dunyoda faol qo‗llanadi. Qisman konvertatsiyalanadigan valyutalar jahon 
iqtisodiyotiga jalb etiladi, faqat milliy bozordan tashqarida o‗ta cheklangan hajmda. 
Konvertatsiyalanmaydigan valyutalar hukumat tomonidan nazorat qilinadi, bunday 
valyutalarni sotish yoki juda cheklangan, yoki umumna taqiqlangan bo‗ladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin