O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


  O„zbekistonda fond birjasining vujudga kelishi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

2. 
O„zbekistonda fond birjasining vujudga kelishi 
1991-yilning bahorida O‗zbekiston hukumatining qarori bilan respublikaning 
eng yangi tarixida birinchi "Toshkent" O‗zbekiston Respublikasi tovar–xom ashyo 
birjasi tashkil etildi. O‗sha yilning yoziga kelib u tovar seksiyasida savdolarni o‗tkaza 
boshladi, qatiy davlat narxlarining belgilanishi amaliyotidan voz kechishni nazarda 
tutgan bozor munosabatlariga o‗tish, xar bir korxona qat‘iy belgilangan xomashyo 
yyetkazib beruvchilar va mahsulot iste‘molchilariga ega bo‗lgan sobiq Sovet Ittifoqi 
rejali iqtisodiyotining o‗sha davrda barbod bo‗la boshlaganligi xo‗jalik yurituvchi 
subyektlar o‗zlari uchun eng ma‘qul bo‗lgan xomashyo yetkazib beruvchilar hamda 
mahsulot iste‘molchilarini mustaqil ravishda topa oladigan yangi iqtisodiy vositani 
barpo qilish zaruratini keltirib chiqardi Tez orada yuz bergan sobiq SSSRning 
tarqalib ketishi davlat tomonidan tartibga solinadigan muayyan qoidalar bo‗yicha 


192 
tashkil etilgan mustaqil ichki bozorni jadallik bilan yuzaga keltirishning maqsadga 
muvofiq ekanligini tasdiqladi Dastlab birja mas‘uliyati cheklangan jamiyat shaklida 
barpo etildi. Qator vazirliklar, idoralar, respublikaning yirik korxonalari uning 
ishtirokchilari bo‗lishdi. Birjaning ustav fondi 10 mln. rublni tashkil etdi. Biroq, 
1991-yil bahor oylarining oxiri va yoz oylarining boshida birja savdolarining shiddat 
bilan o‗sishi birja ustav sarmoyasining oshirilishi, uning ishtirokchilari tarkibining 
kengaytirilishi zaruratini keltirib chiqardi O‗sha yilning avgustida "O‗zbekiston 
tovar–xomashyo birjasi" mas‘uliyati cheklangan jamiyat "Toshkent" O‗zbekiston 
respublika universal tovar–fond birjasi (qisqartirilgan nomi – "Toshkent" birjasi)ga 
aylantirildi va uning tarkibida qimmatli qog‗ozlar bozorining dastlabki rasmiy 
tashkiloti – Fond bo‗limi ochildi Fond bo‗limi zimmasiga qimmatli qog‗ozlarning 
uyushgan bozorini tashkil etish (fond boyliklari bilan birja savdolarini tashkil qilish), 
birjaning brokerlik o‗rinlarini sotish, birjaning ustav sarmoyasini shakllantirish 
maqsadida uning aksiyalarini joylashtirish vazifalari yuklatildi. 
1991-yilning sentabrida Biznes milliy universiteti bazasida "Toshkent" birjasi 
"Aksiyalashtirish. qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar" maxsus o‗quv kursini 
tashkil etdi. Savdo zalining fond seksiyasida ishlashni xoxlovchi barcha brokerlar 
ushbu kursda o‗qishlari lozim edi. Bir yilning o‗zida Fond bo‗liminint tarkibi 
shakllandi. Brokerlik joyining narxi 100 ming rublni tashkil etdi. O‗sha yilning ko‗z 
oylari mobaynida me‘eriy hujjatlar paketini ishlab chiqish bo‗yicha jiddiy ishlar olib 
borildi va bu ishlar 1992-yilning boshiga kelib tugatildi O‗sha yilda "Toshkent" 
birjasi Fond bo‗limi to‗g‗risida, brokerlik joyi to‗g‗risida, Fond bo‗limining a‘zolari 
to‗g‗risida, Ekspert, Malaka, Kotirovka, Nizolar bo‗yicha komissiyalar to‗g‗risida 
tasdiqlangan nizomlarga va eng asosiysi boshqa respublikalar, shuningdek, g‗arbiy 
Yevropa davlatlari hamda AQSH fond birjalari tajribalarini inobatga olgan holda 
ishlab chiqilgan qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga 
ega edi. 
1992-yilning yanvarida "Toshkent" birjasining Fond bo‗limi respublikada 
birinchi bo‗lib qimmatli qog‗ozlar bilan muntazam savdolarini o‗tkazishga kirishdi. 
O‗sha 1992- yilda "Toshkent" birjasi Fond bo‗limining qimmatli qog‗ozlar bilan 


193 
operatsiyalar bo‗yicha aylanmasi 26 mln. rublni tashkil qildi, bu Rossiyani dongdor 
fond birjalarining xuddi shunday ko‗rsatkichlari bilan taqqoslanadigan darajada edi. 
Savdolarga banklarning aksiyalari, turli birjalarning fond boyliklari toifasiga 
kiritiladigan brokerlik joylari, shuningdek, ishlab chiqarish tijorat yo‗nalishidagi 
dastlabki aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‗la boshlagan aksiyalari qo‗yildi. 
Fond bo‗limi o‗sha yilda qimmatli qog‗ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyatini 
tartibga soluvchi me‘eriy hujjatlar bo‗lmagan sharoitda va o‗zi yaratgan qoidalar 
asosida ish olib bordi Fond bozorining respublika miqesidagi dastlabki yirik 
muassasasi bo‗lgan Fond bo‗limi nafaqat dastlabki emitentlar va sarmoyadorlarning, 
balki Moliya vazirligining ham e‘tiborini tortdi Moliya vazirligi o‗sha yil endigina 
fond bozoriga nisbatan o‗z munosabatini belgilay boshlab, uni tartibga solishga urinib 
ko‗rdi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin