211
birja operatsiyalari o‗tkazishda o‗z nomidan va o‗zining hisobiga, o‗z nomidan
va mijozlar
hisobiga ishtirok etish;
birja savdosi bo‗yicha hisob-kitoblar tizimidan foydalanish;
direksiya va Birja kengashidan birja a‘zolarining bevosita birja faoliyatiga
aloqador qarorlari haqida axborot olish;
Birja kengashiga birja faoliyati masalalari bo‗yicha ko‗rib chiqish uchun
takliflar kiritish.
Birja a‘zolarining majburiyatlari:
birja Nizomi qoidalari, birjada valyuta operatsiyalarini o‗tkazish
Qoidalari,
birjaga a‘zolar qabul qilish Qoidalari, birjada valyuta bitimlari bo‗yicha hisob-
kitoblar tartibiga amal qilish;
Birja kengashi va direksiyasining birja savdosi qatnashchilari faoliyatini
tartibga
solishchi qarorlarini bajarish;
birjada tuzilgan bitimlar bo‗yicha majburiyatlarni o‗z vaqtida bajarish;
yillik faoliyat natijalari haqidagi malumotlar va yillik balansni ochiq matbuotda
e‘lon qilish;
birja a‘zolari o‗z dilerlarining faoliyati uchun to‗liq javobgar hisoblanadi.
Birja savdolari yakunlangach, kurs makleri savdo qatnashchilariga birja
guvohnomalari va operatsion varaqlar taqdim etadi, undan bo‗lib o‗tgan
savdo
natijalari qayd etiladi.
Forex bu – nima?
FOREX (Foreign Exchange Market yoki FX) bozori – xalqaro banklararo
valyuta bozori. Mazkur bozorning qatnashchilari tijorat banklari, valyuta birjalari,
brokerlik kompaniyalari, markaziy banklar, xedj va investitsiya fondlari hisoblanadi.
Forex da sutkaning 24 soati mobaynida kundalik 3 trln. AQSH dollari miqdoridagi
aylanma bilan valyuta savdosi amalga oshiriladi.
Forex bu – qanday?
Bu savolga javob berishdan oldin ayrim jihatlar va ta‘riflarga to‗xtalib o‗tish
lozim.
Birinchi navbatda, Forex ga katta foyda keltiradigan yangi biznes sohasi
sifatida qaraymiz.
212
Bugungi kunda, qanchalik qayg‗uli bo‗lmasin, kapitalni jamg‗arish dastlabki
davri yakunlangan va an‘anaviy biznesning istalgan sohasida foyda me‘yori asta-
sekinlik bilan tenglashada, so‗ngra pasayadi va pirovardida yakuniy xulosaga olib
keladi: an‘anaviy biznesda ko‗p pul ishlab topib bo‗lmaydi.
Tabiiyki, biz kichik
biznes haqida gapiryapmiz, biz realistmiz va pulini ko‗paytirish uchun hech bo‗lmasa
unga ega bo‗lish kerakligini tushunamiz.
Forex – tentaksifat boshliqlar va dangasa xodimlarsiz, har doim kimdir tortib
olishni istaydigan asosiy vositalarsiz, ko‗p
sonli tekshiruvlarsiz, raqobatsiz va yana
ko‗p narsalarsiz, nisbatan yangi biznes turidir.
Forex da hamma narsani aql, iroda, tahlil qila olish va qaror qilish qobiliyati
hal qiladi. YUqorida aytib o‗tganimizdek, Forex bu – xalqaro banklararo valyuta
bozori. Umuman olganda bu bozorda istalgan valyuta juftliklari
kotirovka qilinishi
mumkin. Aytaylik, masalan, «belorus quyonchasi»/mongol tugrigi juftligi. Xo‗sh,
bundan nima?
Forex bozorining boshqa bozorlar oldidagi ko‗p sonli afzalliklaridan biri bu
uning likvidligidir (chuqurligi bo‗yicha, moliyaviy ma‘noda, Mariana cho‗kmasidan
chuqurroq bo‗ladi). Kotirovka qilish kam, hali sizning tugrik/quyonchalaringizni
kimdir va aynan sizni qoniqtiradigan narxda sotib olishi ham kerak. SHuning uchun
biz «yonayotgan va qimirlayotgan» narsa bilan emas,
balki bozorda kotirovka
qilinadigan narsalar bilan shug‗ullanamiz.
Dostları ilə paylaş: