2.-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining
cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.
4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan
investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof
foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri
bog’liqlik bor.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar
quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. YAlpi daromadlarning o’zgarishi.
Investitsiyalar hajmining YAMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini
akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YAMM (Y)ning funksiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
I = I reja Q гY bu yerda:
Д I It –I t-1 г = ----------- = ------------------ Д Y Yt - Yt-1 I
reja
– rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YAIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha
yozish mumkin:
I = ye - dR + гY YAIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi.
Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda
investitsiya xarajatlari oshadi..
O’zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat
natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va
iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor
infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk
foiz stavkalarining pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar
tizimining
yaratilganliga
mamlakatimiz
iqtisodiyotiga
jalb
qilinayotgan
investitsiyalar hajmining o’sishiga olib keldi
2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro’y berganligiga qaramasdan
asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2007 yilga nisbatan 128,3 foizga o’sdi.
2009 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 24,8 foizga o’sdi.