3.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi.
4.
Taklifning elastikligi.
1. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari
O‘tgan mavzulardagi talab va taklifning tahlili narxga bog‘liq va narxga
bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida vujudga keladigan talab va taklifning umumiy
o‘zgarishlarni yuzaga chiqarishga turtki bo‘ldi. Bular orqali talab va taklifning
asosiy bazaviy qonuniyatlari shakllantirildi.
Biroq, tadqiqotchi uchun bularning
hammasi ham yetarli emas, u doimiy
ravishda yanada aniqroq tahlillarga ehtiyoj sezadi.
Narxlar, daromad yoki bozor kon’yunkturasining boshqa ko‘rsatkichlarini
o‘zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun maxsus
ko‘rsatkichidan - elastiklik koeffisientidan foydalaniladi.
Elastiklik konsepsiyasi
iqtisodiy nazariyada ancha kech muomalaga kiritildi, lekin, qisqa muddatda
fundamental
konsepsiyaga
aylandi.
Elastiklikning
umumiy
tushunchasi
iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi.
“Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885
yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi.
Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Jumladan,
-
bir
tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda
keng qo‘llaniladi;
-
boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi
iqtisodiy tahlilning muhim
vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o‘lchash, hisoblash balki,
olingan
natijani tushuntirish, tahlil qilishni ham bilish kerak.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning har bir bo‘limida elastiklik tushunchasidan
foydalaniladi. U yoki bu darajada elastiklik koeffisienti bozor muvozanati tahlilida,
bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi
monopoliyalarni aniqlashda, iqtisodiy
sikllar nazariyasida keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: