O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 Daromad bo‘yicha talab elastikligi



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

3. Daromad bo‘yicha talab elastikligi 
Aksariyat kategoriyadagi tovarlarning bozordagi sotuv hajmi darajasi 
iste’molchilarning pul daromadlari dinamikasiga qarab o‘zgarishi mumkin. 
Daromad o‘zgarishiga bo‘lgan talab hajmining sezuvchanligi daromad bo‘yicha 
talab elastikligi koeffisienti bilan aniqlanadi.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi koeffisienti Ed – iste’molchilik 
daromadlarini bir foizga o‘zgarishi natijasida talab hajmining son jihatidan 
o‘zgarishi darajasi hisoblanadi. 
Bir tovarga bo‘lgan daromad bo‘yicha talab elastikligi qisqa va uzoq 
muddatli davr mobaynida har xil bo‘lishi mumkin. Har kuni foydalaniladigan 
tovarlar uchun qisqa muddatli davr mobaynida daromad bo‘yicha talab elastikligi 
nisbatan past, bu tovarlarga bo‘lgan iste’molchilarning ta’blari nisbatan sekin 
o‘zgaradi. Bunga qarama-qarshi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar 
(avtomobillar, ko‘chmas mulk, maishiy texnika) qisqa muddatli davr mobaynida 
elastikliligi, uzoq muddatga qaraganda yuqoriroq, iqtisodiyotning siklli 
o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.
4.Taklifning elastikligi 
Ishlab chiqaruvchilarni bozor kon’yunkturasidagi ayrim omillarning 
o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksariyat hollarda narx 
bo‘yicha taklif elastikligi koeffisientidan foydalaniladi.
Narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisienti Yes – narxning bir foizga 
o‘zgarishi natijasida taklif hajmining son jihatidan foiz bo‘yicha o‘zgarishini 
bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati ijobiy bo‘ladi, chunki, ishlab 
chiqaruvchilar uchun yuqori narx ularni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga 
rag‘batlantiradi.


Aniq tovarga bo‘lgan bozor taklifi alohida firmalarning individual 
takliflarining yig‘indisidan shakllanadi. Buning natijasida bozordagi taklifning 
elastiklik hajmi alohida firmalarning bozordagi ulushi va ular taklifining 
elastiklikligiga bog‘liq.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin