O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Tovar va xizmatlarni taqsimlash jarayoni



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Tovar va xizmatlarni taqsimlash jarayoni – bu ma’lum bir 
bosqichlar ketma-ketligini, harakat va usullar majmuasini, iste’molchini 
tanlash va ularni jalb qilish, shartnoma shartlariga ko‘ra yetkazib 
berishning ratsional yo‘llarini tanlash, tovarlarni saqlash va taxlash kabi 
vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar 
va xizmatlarni yetkazib berish, bu borada barcha qarorlarni qabul qilish 
bilan bog‘liq.
Tovarlar harakatlanishi (marketining logistikasi) ni tashkil 
etish. 
Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi bo‘yi-
cha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste’molchiga 
yetib kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash, 
tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar 
harakati, deyiladi. 
Tovarlar harakatlanishi (marketing–logistikasi) – iste’molchilar 
ehtiyojlarini qondirish uchun foyda ko‘rish maqsadida materiallarni va 


306 
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilgan joylaridan iste’mol joyiga 
yetkazish faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy 
joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir. 
Tovarlar harakatining maqsadi — minimal imkoniyatli xarajat bilan 
zarur tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.
Tovarlarni harakatlantirishning asosiy chiqimlari tovarlarni 
transportlarga yuklash – tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar – 
moddiy zaxiralarni saqlash, tovarlarni olish, tushirish, qadoqlash, 
ma’muriy xarajatlar va buyurtmachilar bilan ishlash bo‘yicha 
xarajatlardan yig‘iladi. 
Tovarlar harakati – bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek, 
talabni yaratishning potensial ko‘rinishi ham. Tovarlar harakati tizimini 
mukammallashtirish hisobiga qo‘shimcha mijozlarni jalb etish, yaxshi 
xizmat ko‘rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin. 
Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning o‘zida 
mijozlar uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlarni taqsimlash 
sarfini minimumga tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal 
servis katta tovar–moddiy zaxiralarining saqlashni, nuqsonsiz 
transportirovka xizmatini va ko‘plab omborlar bo‘lishini ko‘zda tutadi, 
bu esa xarajatlar ortishiga olib keladi. 
Sotuv tizimi raqobatdoshligini aniqlovchi omillardan biri 
marketing–logistikasi bo‘lib, marketing kommunikatsiyasi samaradorligi 
vositasi hisoblanadi. 
Logistika fani sohasi bozor sharoitida tovar hamda xizmat oqimini 
optimallashtirish bo‘yicha uslublar, nazariyalar majmuasi bo‘lib, 
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va kommunikativ jarayonda tovar oqimini 
tashkil etish, aylantirish, iste’molni samarali tashkil etish bilan shug‘ul-
lanadi. 
1970-yillarda logistika sanoat tarmoqlariga kirib kelib, kompleks 
ta’minot, ishlab chiqarish omborxonalarida saqlash, iste’molchilarga 
yetkazib berishni nazarda tutdi. 
1980-yillarga kelib logistikaning ahamiyati shunchalik ortdiki, 
ishlab chiqarish korxonalarida logistika bo‘limi tashkil etildi. AQSh va 
Yevropa oliygohlari logistika bo‘yicha mutaxasislar tayyorlay boshladi. 
1990-yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda logistika jarayonlari 
qo‘llanib, savdo-sotiq, iqtisodiy erkin savdo zonalarida logistika xizmat-
lari joriy etildi. 
Ketma-ket bajariladigan jarayonning samarali bajarilishi logistika-
ning asosiy maqsadidir. 


307 
Logistika obyekti bo‘lib – tovarlar, shaxslar, axborotlar, texnolo-
giyalar, energiya, moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tarmoqlar oziq– 
ovqat sanoati, metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo sanoati, 
qog‘oz-selluloza sanoati, qog‘oz ishlab chiqarish, elektron sanoat, tekstil 
sanoati, mashinasozlik bo‘yicha xarajatlar ulushi turlicha. 
Logistika 
Ta’minot 
Ishlab 
chiqarish 
Sotish 
Savdoni 
tashkil 
etish 
Taqsimlash 
 
 
11.5-rasm. Ishlab chiqarish jarayonida logistika integratsiyasi 
1991-yilda Butunittifoq logistika Assotsiatsiyasi tashkil etilgan 
bo‘lib, u 1993-yil “Logistika ishlanmalar Fondi”ga o‘zgartirildi. 
Yevropa va AQShda Logistik injenerlar jamiyati va assotsatsiyasi mav-
jud. 
11.3-jadval 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin