O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

10-o‘rin. Yangi mahsulot–kartoshkaga bo‘lgan salbiy munosabatlar 
Fransiyada oddiy va amaliy usulda “sindirilgan”: Vazir Tyugo kartoshka 
ekilgan dala atrofiga qo‘riqchilar qo‘yishni buyurgan. “Qo‘riqla-
nayaptimi, demak, qimmatbaho narsa”, deb o‘ylagan xalq. 
9-o‘rin. 1797–yilda Napoleon Bonapart o‘zining milliy valutasini 
a’lo darajada reklama qilgan. Unda “5frank qiymatidagi tangalardan 
birini “topgan odamga million frankli bank cheki beriladi”, deyilgan edi. 
Fransuz banki ko‘rsatilgan summani to‘lashga hozirgi kunda ham 
kafolat beradi. 
8-o‘rin. Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita 
o‘ringa bilet sotishga bekorga uringanlari yo‘q. Gap shundaki, 
yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun avialiniyalar 
har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar. 


380 
7-o‘rin. Amerikan Airlines aviakompaniyasi 1987–yilda birinchi 
klass salonida uchuvchi yo‘lovchilarga beriladigan salatlarga 
solinadigan zaytun miqdorini kamaytirib, 40000 dollar tejadi. 
6-o‘rin. Disney o‘z muvaffaqiyatlari uchun o‘sha paytlarda rangli 
plyonka ishlab chiqarish bo‘yicha hamma huquqlar egasi va uni ishlab 
chiqaruvchisi bo‘lgan yagona shaxs oldida qarzdor. Chunki, uzoq yillar 
davomida rangli plyonka ishlab chiqargan bu odam bilan tuzilgan 
shartnoma sharofati bilan, u uzoq yillar davomida yagona rangli 
multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan. 
5-o‘rin. Maykl Jordan Nike krossovkasi reklamasidan bu mahsu-
lotni chiqaradigan Malayziyadagi kompaniyaning hamma ishchilariga 
nisbatan ko‘proq pul topadi. 
4-o‘rin. Mahsulotingiz yaxshi sotilishini xohlaysizmi? Jeyms Bond 
haqidagi filmga tushing! BMW konserni o‘z mahsulotini “Oltin kuz” 
filmiga joylashtirgandan keyin 300 million dollarlik buyurtma oldi, 
Omega Seamaster soatining sotilishi esa 90 % ga o‘sdi. 
3-o‘rin. Jahondagi eng qimmat savdo markalari bu Marlboro, Coca-
Cola va Budweiserdir. Ya’ni ulardan ikkitasi sog‘lik uchun zararli 
mahsulot ishlab chiqaradi. Darvoqe, Marlboro kompaniyasining birinchi 
egasi o‘pka rakidan vafot etgan. 
2-o‘rin. Donald Tramp o‘zining birinchi “nomdor” osmono‘par 
binosini qurayotib, u aynan Tiffany do‘koni qarshisida bo‘lishi kerak, 
deya qaror qilgan. Chunki Tiffany o‘z do‘konlari uchun hamisha 
shahardagi eng yaxshi joylarni tanlagan, bundan tashqari bu do‘konlar 
atrofida hamisha badavlat odamlar yurgan. Darvoqe, Tramp o‘zining 
ko‘p qavatli ofisi uchun inqiroz paytida ham ijara pulini 
arzonlashtirmagan yagona odam bo‘ldi. Uning adolatli fikricha, haqiqiy 
boylar uchun status pulga nisbatan muhimroq. 
1-o‘rin. Insoniyat tarixidagi eng be’mani epizodlardan biri ham 
tijorat bilan bog‘liqdir. Ancha pul to‘lash uchun tovarga nisbatan 
qanchalik istak bo‘lishi lozim?! 1635– yilda, lola guliga ishtiyoqmandlik 
avjiga chiqqanda, lolaning bitta piyozi krovat, to‘rtta buqa, 12 ta qo‘y, 
to‘rtta cho‘chqa, to‘rt tonna bug‘doy, sakkiz tonna javdar, ikki tonna 
yog‘, kumush, kiyimlar to‘plami, 300 litr vino, 4 tonna pivo va 300 kg 
pishloqqa almashtirilgan. 


381 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin