O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing bo‘yicha qiziqarli faktlar



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Marketing bo‘yicha qiziqarli faktlar 
 
1. Ko‘pincha kompaniyalar, masalan Hall Mark kompaniyasi
tovarlari sotilishini tezlashtirish maqsadida ma’lum bir kelishilgan 
(belgilangan) davrda ma’lum bir tovarlariga yuqori narx belgilaydi va 
xaridorlar ushbu tovarlarni qimmat tovar, deb hisoblaydi. Kompaniya 
biroz vaqt o‘tgandan so‘ng chegirma narx qo‘yadi. Shopogoliklar(tovar 
sotib olishga ishtiyoqmand odamlar) esa ana shunday chegirmalarni 
qidirib yuradi va tovarlarni arzon sotib olyapmiz, deb hisoblaydi. Sotish 
qiyin bo‘lgan tovarlar shu yo‘l orqali sotiladi. Masalan, tovar qiymati
50 $ ni tashkil etsa, maksimal darajada 75 $ deb narx belgilab qo‘yadi va 
xaridor ushbu qimmat tovarni narxi arzonlashtirilgan, deb hisoblaydi va 
50 % chegirmadan so‘ng ulgurji sotadi.
2. Kompaniya tovar sotilishini tezlashtirish uchun ma’lum bir vaqt 
ichida sun’iy defitsit bunyod etib sotiladigan mahsulot hajmini 
kamaytirilgan miqdorda belgilaydi va narx bir necha baravar ko‘tariladi. 
Ma’lum belgilangan davr kelgandan so‘ng tovar hajmi ko‘paytiriladi va 
oldingi narx bilan sotiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tovar xaridining oshishiga 
olib keladi (masalan, 1 oy belgilanib, shu davr ichida 45000 dona tovar 
3$ sotilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ma’lum davrda belgilangan vaqtdan 
so‘ng 80000 dona tovarni bozorga oldingi arzon narxda 1,5 $ lik narxda 
chiqaradi, tovar sotilish hajmi ko‘payadi.
3. Marketologlar tomonidan supermarketlarda tajriba sinovi 
o‘tkazilganda aravacha (kard)larni 1,5 baravarga kattalashtirilganligi 
sababli xarid savati 19,1% ga ko‘tarilgan. 
4. Kompaniyalar o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘zaro 
nisbatda 3 ta tur bilan pozitsiyalaydi. 
GOLD 
BRONZA SILVER 
a) GOLD – oltin. Maksimal narx. Bu tovar qimmat, omborda yo‘q. 
Ushbu tovarni kompaniya faqat namuna uchun sotib oladi. 


379 
b) SILVER-kumush. O‘rtacha narx-kompaniyaning o‘zi ishlab 
chiqargan tovar bo‘lib, xaridor qabul qiladigan narxga ega, bu tovarlar 
omborda bor. “Bizning tovarni sotib olishadi”shiorida harakat qilinadi. 
c) BRONZA-bronza. Juda past narx. Sifatsiz tovar. 
5. Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar sotib 
oladigan bo‘limlarda, masalan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan 
bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z 
navbatlari yetib kelgunga qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib 
oladilar. 
6. Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan past,
yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib, ayniqsa 
ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib, 
tovarlarni sotib oladilar. 
7. Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin joyda 
yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin makkajo‘xori) 
issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga xushbo‘y hid taratib 
savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi. 
8. Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni 
xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik 
baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun 
sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2 
baliqni yeganidan so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab 
harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin