114
Savdoning bo‘lg‘usi bozori tahlili – biznes-reja tayyorlashning eng
muhim bosqichlaridan, bunday ishdan mablag‘ni ham,
kuchni ham
ayamaslik kerak. Tajribalar ko‘rsatadiki, vaqti kelib, barbod bo‘lgan
ko‘pchilik tijorat loyihalarining sababi bozorni sust o‘rganish va uning
sig‘imini yaxshi baholay olmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Bozorning jozibadorligi (jalb etuvchanligi)ni baholashda quyidagi-
larni ko‘rsatish muhim:
- korxona tovar (xizmat)lari realizatsiyasi amalga
oshiriladigan
hududni;
- bozorning natural va qiymat ko‘rinishida ifodalangan sig‘imini;
- bu bozorning o‘sishga yoki turg‘unlikka moyilligini;
- bozorning asosiy segmentlari o‘lchamlarini;
- bozorning diversifikatsiyalanganligi;
- bozorning narxlarga, xizmat ko‘rsatish
darajasiga, tashqi omillar
o‘zgarishiga ta’sirchanligi;
- davriylikka moyillikni;
- mavsumiylikka moyillikni;
- yetkazib beruvchilarning tuziladigan bitimlar xarakteriga ta’sir
etishi.
Firmangizning strategik holati tahlili quyidagi tariflarni ko‘zda
tutadi:
- raqobatchilarni;
- raqobatchilar egallab
olgan bozorning ulushini;
- bozorning taxmin qilinadigan ulushini;
- bozorning asosiy segmentlarini qamrab olinishini;
- ta’minotchilar bilan munosabatlar xarakterini;
- rejalashtirilayotgan mahsulotning sotilishi bashoratini.
Dasturning bu bo‘limini tuzishda tadbirkor o‘ta obyektiv bo‘lishi,
bozorning holati haqidagi xulosalarini o‘tkazilgan
marketing tadqiqotlari
natijasida olingan ishonchli ma’lumotlarga asoslanishi kerak. Mutaxas-
sislar marketing dasturi (biznes-reja) tuzuvchilarda savdo (o‘tkazish)
bozori imkoniyatlariga, sotish bashoralariga nisbatan ortiqcha optimizm-
ni ta’kidlaydilar. Potensial investorlar savdo
bozorini baholashlarini
so‘ralganda, ko‘pincha, ularga “savdo bozori cheklanmagan”, – deya
standart javob berishadi.
“Taklif qilinayotgan tovarning qadri nihoyatda baland, uni korxona
ishlab chiqarishi bilan iste’molchilar xarid qiladi”, – degan ishonch
chuqur ildiz otgan. Ishlab chiqaruvchi uchun esa yoqimli tashvish –
foydani sanab olishgina qoladi”.
115
Bunday o‘ziga ishonch – bizning yaqin o‘tmishimizdagi,
hamma
narsa o‘ta taqchil bo‘lgan paytdagi qayg‘uli sarqit. Shundan beri ko‘p
narsa o‘zgardi va savdo imkoniyatlari sezilarli yomonlashdi. Iste’mol va
resurslar bozori tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, iqtisod qayta ishlab
chiqarishning talabning jiddiy pasayishi bilan xarakterli klassik inqiroz
chizig‘iga kirib qoldi, demak, tarmoq bozorlari miqdori ham toraydi.
Tadbirkorlar tomonidan bozorni ustuvor
baholanishining yana bir
sababi bor: bu ularning narsalar holatini o‘ta bezab ko‘rsatishga,
biznesning ehtimoliy istiqboli yo‘lidagi hiylasi. Biroq bu zararli,
ishonchni yo‘qotishiga xizmat qiladigan holat.
Dostları ilə paylaş: