109
12. Raqobat sharoitida kompaniyalar
faoliyatiga marketingning
qanday muhiti ta’sir ko‘rsatadi?
13. Firmangizning mikromuhitini tasvirlab bering.
14. Firmangiz makromuhit omillarining o‘zgarishini qanday qabul
qildi?
15. Firmangiz duch kelayotgan raqobatchilar guruhi haqida gapirib
bering.
16. O‘quv yurtingiz yonida yangi oshxona ochishni o‘ylab
yurgan
tadbirkor duch keladigan raqobatning 4 turi haqida gapirib bering. Nima
uchun ular tadbirkorga halaqit berishlari mumkin?
17. Atrof-muhitning ahvoli jamoatchilikni kundan-kunga xavotirga
solmoqda. Aytingchi, plastik qadoqlashdan
foydalanuvchi korxona
faoliyatiga bu tendensiya qanday ta’sir etadi?
18. Yarim fabrikatlar ishlab chiqaruvchi Rossiya oziq-ovqat sanoati
kompaniyasi yutuqlariga yaqin yillarda makromuhitning qanday
tendensiyalari ta’sir etadi?
19. “Kitoblar olami” do‘koniga tashrif
buyuruvchilarning kitob
xarid qilgan qismini foizlarda baholash kerak. Bunday vaziyatda axborot
yig‘ishning qanday usulidan foydalanish maqsadga muvofiq?