111
hisoblanadi. Biznes-reja, ayniqsa, xorijiy firmalar bilan muzokaralar
o‘tkazishda zarur bo‘ladi. Aksariyat ko‘plab firmalar tashqi moliya-
lashtirishga o‘ta ehtiyojmand bo‘ladi. Biroq birorta bank, birorta xorijiy
investor kreditdan
samarali foydalanishini, uni o‘z vaqtida, foizi bilan
qaytara olishini ishonchli isbotlab, talabnomasini asoslay olmaydigan
biznesmenga sarmoya bermaydi.
Boshlovchi tadbirkor uchun biznes-reja – bu u investorlarning
e’tiborini jalb qilishi mumkin bo‘lgan hujjatdir. Biznes-reja faraz
qilinayotgan loyihaning foydaliligini ko‘rsatishga imkon beradi. U
investorlarni, ko‘zda tutilganlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishga
imkon beruvchi, ishlab chiqarishni rivojlantirishni jozibador (jalb
etuvchi) imkoniyatlar topilganiga, korxona loyihaning maqsad va
vazifalarini amalga oshirishning samarali, realistik va izchil dasturiga
egaligiga ishontira olishi mumkin. Investor o‘z
pulini yetarlicha ishonch
bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan loyihagagina qo‘yadi.
Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi:
-biznesning istiqbolini rivojlanishning miqdoriy va sifat ko‘rsat-
kichlari ko‘rinishida tahliliy aniqlashtiradi;
-korxonaning yashovchanligi (gullab-yashnashi) va kelgusi barqa-
rorligi darajalarini aniqlaydi, tadbirkorlik faoliyati riskini pasaytiradi;
-e’tiborni jalb etadi va qiziqish uyg‘otadi, firmaning potensial
investorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Tashkilotning an’anaviy rejasidan farqli
ravishda marketing dasturi
tashkilotning ichki maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda
foydasi tegishi mumkin bo‘lgan shaxslarning tashqi maqsadlarini ham
hisobga oladi. Investorlar bilan bir qatorda yangi biznesdan manfaatdor
shaxslar potensial iste’molchilar va firmaning
mol yetkazib beruvchilari
ham hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: