O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
6.2. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi
va vazifalari 
 
Strategik rejalashtirish – bu korxonaga foyda keltiradigan 
marketing strategiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirishdir. 
Marketing menejerlari yangi imkoniyatlarni izlashi lozim. 
Marketing menejerlari ma’lum bir rejalarni tuzish bilan qoniqmasligi 
kerak. Chunki bozor juda tez o‘zgarib turadi (xaridor istaklari, raqobot-
chilar va muhit). 
Firmaning yaqin kelajakdagi muvaffaqiyatini avvalo, uning joriy 
faoliyatidagi turli yo‘nalishlarning moliyaviy jihatdan qay darajada 


128 
muvofiqlashtirilganligi belgilaydi. Uning uzoq kelajakdagi rivojlanishi 
va taraqqiy etishi esa bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan 
ko‘ra bilish hamda o‘z tuzilmasi va tovar portfelining tarkibini tegishli 
ravishda bunga moslashtira olish qobiliyatiga bog`liq bo‘ladi. 
Strategik rejalashtirishning maqsadi – firmaning uzoq muddatli 
taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil 
tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga 
aylanishi kerak. Strategik marketing rejasi moliyaviy rejadir, biroq u 
moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi ma’lumotlar 
bilan boyitilgan bo‘ladi. Amalda u firmaning jami iqtisodiy faoliyatini 
belgilab beradi va uning qolgan barcha funksiyalariga: ITTKI bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Marketingni strategik rejalashtirish jarayoni 6.1-rasmda 
keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.1-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni 
Strategik marketingning vazifasi firmaning barcha faoliyat turlarini 
uning taraqqiyoti va rentabelligini ta’minlaydigan yo‘nalishlarga har 
doim yo‘naltirish va qayta yo‘naltirib turishdan iborat. Uning impulslari 
faqat marketingga emas, balki barcha funksiyalarga ta’sir ko‘rsatadi. 
Korxonaning vazifalarini aniqlash 
Strategik xo‘jalik bo’limlarini vujudga keltirish 
Marketing maqsadlarini belgilash 
Holat tahlili 
Marketing strategiyasini ishlab chiqish 
Taktikani amalga oshihrish 
Natijalarni kutish 


129 
Shuning uchun uning roli an’anaviy marketing boshqaruvining roliga 
qaraganda anchagina keng u funksiyalararo muvofiqlashtirishni ham o‘z 
ichiga oladi. 
Hozirgi davrning asosiy talabi bu ilmiy tadqiqot, tajriba va 
konstruktorlik ishlarining (ITTKI) firmalar strategiyasida hal etuvchi 
sohaga aylanishi bilan belgilanadi. 
Har qanday firmaning rahbari, hatto u rejalashtirish g‘oyasiga qarshi 
bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda uch yo‘nalishdagi istiqbollarni belgilab 
olishga majbur: 
- bozor evolutsiyasiga tegishlicha moslashish yoki yangi tovar 
bozorlariga kirib borish uchun kerak bo‘lgan investitsiyalar; 
- ko‘zda tutilayotgan buyurtmalar hajmi bilan moslashtirilishi kerak 
bo‘lgan ishlab chiqarish dasturi, buyurtmalar hajmi o‘z navbatida
talabning mavsumiyligi, tovarlarni ilgari surish va hokazolarga bog‘liq 
bo‘ladi; 
- moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan aylanma 
mablag‘lar, ular daromadlar va xarajatlarning mo‘ljallari asosida 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin