O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

O‘sish strategiyasi uchta turli xil guruhlarga ega. Birinchi guruhni 
konsentratsiyalashgan (jamlangan) o‘sish strategiyasi tashkil qiladi. 
Ba’zan ularni jadal – asta-sekin o‘sish strategiyasi, deb ham ataladi. 
Ushbu guruh strategiyalari firma hozirgi faoliyati ko‘lamida foydalana 
olishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlashni ko‘zda tutadi. 
Jamlangan o‘sish firma hozirgi tovarlari va bozorga kerakli 
imkoniyatlardan oxirigacha foydalanmagan hollarda oqlanadi. Ushbu 
o‘sishning imkoniyatlarini aniqlash uchun I.Ansoff firmaning bozordagi 
imkoniyatlarini kengaytirishning uch xil turini ko‘rsatuvchi va unga mos 
keluvchi jamlangan o‘sish strategiyasining uchta turli xilini o‘z ichiga 
oluvchi “tovar va bozorning rivojlanish turi”, deb nomlanuvchi 
metodikadan foydalanishni taklif qilgan. Bu strategiyalarni iqtisodchi 
marketologlar ishchanlik faoliyati matritsasi ko‘rinishida ifodalaydi. 
Birinchi guruh strategiyalarining aniq turlari quyidagilar: 


124 
bozorning rivojlanish strategiyasi, bunda firma ushbu tovar 
bilan ushbu bozorda eng yaxshi pozitsiyani egallash uchun barcha xatti 
harakatlarni amalgam oshiradi. Strategiyaning bu turi realizatsiya uchun 
marketingning juda katta kuchini talab qiladi. Bunday hollarda ishlab 
chiqarish xarajatlarini va muomala xarajatlarini qisqartirish, bozor 
ulushini ko‘paytirish, reklama kompaniyasini kuchaytirish, narx 
siyosatini o‘zgartirish hamda ishlab chiqariladigan tovardan foydalanish 
sohalarini kengaytirish hisobiga uni amalga oshirish ko‘zda tutiladi; 
bozorga yorib kirish strategiyasi, bunda ishlab chiqarib 
bo‘lingan tovarlarga geografik yangi bozorlar qidirib topish ko‘zda 
tutiladi, shuningdek, firma savdosi sezilarli o‘sishini ta’minlovchi 
bozorlarning yangi demografik segmentlarini ham qidirib topish kerak 
bo‘ladi; 
tovarni ishlab chiqish strategiyasi, bunda o‘sish masalasini 
firma egallab bo‘lgan bozor uchun innovatsion tovar siyosati hisobiga, 
ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotni mukammallashtirish, uning 
iste’mol xossalarini yaxshilash, chiqarilayotgan mahsulotlarning 
assortimentlari uyg‘unligi, mahsulotlarning yangi modellari va turlarini 
yaratish, qadoqlarini o‘zgartirish, ushbu bozor uchun yangi tovar ishlab 
chiqish va chiqarish yo‘li bilan hal qilish ko‘zda tutiladi. 
Ikkinchi guruhni integratsiyalangan o‘sish strategiyasi shakllan-
tiradi, u yangi strukturalar qo‘shish orqali firmani kengaytirish bilan 
bog‘liq. Firma mulk sotib olish yo‘li bilan ham, ichdan kengayish yo‘li 
bilan ham integratsiyalangan o‘sishni amalga oshirishi mumkin. Bunda 
ikkala holatda ham firmaning holatida tarmoq ichidan o‘zgarish yuz 
beradi. Integratsiyalangan o‘sish strategiyasining uchta turi ajratiladi: 
teskari vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning mahsulot 
yetkazib beruvchi firmani sotib olishi yoki ularning ustidan nazoratni 
kuchaytirishi hisobiga o‘sishiga yo‘naltirilgan. Bu strategiyani amalga 
oshirish narxlar o‘zgarishining butlovchilar va mahsulot yetkazib 
beruvchilar so‘rovlariga bog‘liqligini kamaytiradi; 
oldinga yuruvchi vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning 
savdo va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi mahsulot yetkazib beruvchi 
firmalarni sotib olishi yoki ular ustidan nazoratni kuchaytirishi bilan 
o‘sishiga yo‘naltirilgan. Integratsiyaning bu turi vositachilik xizmatlari 
o‘ta kengayganda yoki firma ish sifati yuqori bo‘lgan vositachilarni topa 
olmaganda, juda foydali; 


125 
gorizontal integratsiyalash strategiyasi yoki raqobatchi 
firmani mag‘lub etish yoki qo‘shilish yoxud xorijiy kapital bilan ham-
korlikda tashkilot yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin